This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Jurabek Rasulov
Хушнудбек ука, сизга маслаҳатим икки-уч йил олдингидек шашт билан шу масалада халқ фикрини ўрганиб "чиқиш" қилсангиз яхши бўларди. Мени олий таълим билан боғлиқ жойим йўқ. Шунчаки фикримни билдирдим.
Assalamu-alaykum hammaga bugungi boshlagan kuningiz hayrli va barokatli bo'lsin
Shu yil joriy qilinmasin, biza bilmagan edik-ku bunaqa qaror qabul qilinishini . Kelasi yildan joriy qilinsin abituriyentlar shunga qarab o'qishga topshirishadi. Nimaga 1oy qolganda bunday qaror chiqdi o'zi. Shu yil perevodga ruhsat berishsin chunki bilmagan edik-ku bunaqa qarorlar chiqishini.
Talabalar hiyla qilishvotgan boʻsa yoʻnalishi bir xil boʻgan joylaga ruxsat bersin
Shu yildan joriy qilinmasin biza bilmagan edik-ku bunaqa qarorlar qabul qilinishini.Kelasi yildan joriy qilinsin abituriyentlar ham shunga qarab o'qishga topshirishadi.Nimaga 1oy qolganda bunday qarorlar chiqdi o'zi.Shu yil perevodga ruhsat berishsin , chunki bilmagan edik-ku perevodga o'zgartirishlar kiritilishini.
Bu qarorga ozgina o'zgartirish kiritish kerak edi.Hech bo'lmasa o'z yo'nalishi bo'yicha ko'chirishga ruhsat berganda maqsadga muvofiq bo'larmidi.Viloyatdan o'z viloyatiga ko'chirsa ne qilibdi, biz talabalarni A.Toshqulovga nima zararimiz tegyapdi
это должны сообщить перед экзаменом (для уже будущих студентов)чтобы абитуриенты понимали что у них не будет выбора перевестись в другой вуз
исаков.🕊️
Bugun Toshqulib bilan ovozli chat boladi
исаков.🕊️
20:30 da boshlanadi
Assalomu alaykum. Bugun 11.06.22 20.30da bòladigan video chatga savol qoldirmoqchi edim. Lekin izohlar bòlimi yòq-ku qayerda yozib qoldiraylik.
Nega davlat odamlari yoshlarni talabarni tyshunishmaydi. Axir sharoiti yetadigan sharoiti yetmaydiganlar bor. Ular ham óqishni xoxlashadi ular ham odam chekka qishloqdagilar nima qilsin maktabda bilim darajasi 0 bolsa kursga borib tayyorlanolmaydi agar ularni yurtboshim tushunmasi bundaylarni kelajagi uchun sharoit yaratib bermasa nimaga kerak boshqa narsalar uchun qilgan harakatlari shaxsan men ham qishloqdan man shu ketish bolsa yoshlar davlatga qarshi chiqishi tayin
Assalomu alaykum.Bu ovozli chatda zaushniy uqishga ko'chirib beriladi deyishdi lekin Ingliz tilida zaushni uqish yuq ularni shu holatida qoladimi Ingliz tilidan ingliz tiliga ko'chirmoqchi bo'lganlarga ruxsat bersalaringiz yaxshi bo'lardi.Chunki Ingliz tilida uqigan talaba boshqa yunalishga ko'chirib utkazmaydi
Samandar Mamanazarov
Biz talabalar bu chiqqan qarorga qarshi emasmiz faqat bu yildan emas 2023-yildan boshlab joriy etilsin Biz talabalar qancha rejalar tuzganmiz Hozirgi faqtda o'qishni tashlashimga to'g'ri kelayabdi sharoitimiz umuman to'g'ri kemayabdi Qancha qiyinchiliklar bilan kirganmiz Iltimos biz talabalarni ham fikrini ham inobatga olaszlar degan umiddaman
Show next 14 comments