This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Shu yildan joriy qilinmasin biza bilmagan edik-ku bunaqa qarorlar qabul qilinishini.Kelasi yildan joriy qilinsin abituriyentlar ham shunga qarab o'qishga topshirishadi.Nimaga 1oy qolganda bunday qarorlar chiqdi o'zi.Shu yil perevodga ruhsat berishsin , chunki bilmagan edik-ku perevodga o'zgartirishlar kiritilishini.
Bu qarorga ozgina o'zgartirish kiritish kerak edi.Hech bo'lmasa o'z yo'nalishi bo'yicha ko'chirishga ruhsat berganda maqsadga muvofiq bo'larmidi.Viloyatdan o'z viloyatiga ko'chirsa ne qilibdi, biz talabalarni A.Toshqulovga nima zararimiz tegyapdi
это должны сообщить перед экзаменом (для уже будущих студентов)чтобы абитуриенты понимали что у них не будет выбора перевестись в другой вуз
исаков.🕊️
Bugun Toshqulib bilan ovozli chat boladi
исаков.🕊️
20:30 da boshlanadi
Assalomu alaykum. Bugun 11.06.22 20.30da bòladigan video chatga savol qoldirmoqchi edim. Lekin izohlar bòlimi yòq-ku qayerda yozib qoldiraylik.
Nega davlat odamlari yoshlarni talabarni tyshunishmaydi. Axir sharoiti yetadigan sharoiti yetmaydiganlar bor. Ular ham óqishni xoxlashadi ular ham odam chekka qishloqdagilar nima qilsin maktabda bilim darajasi 0 bolsa kursga borib tayyorlanolmaydi agar ularni yurtboshim tushunmasi bundaylarni kelajagi uchun sharoit yaratib bermasa nimaga kerak boshqa narsalar uchun qilgan harakatlari shaxsan men ham qishloqdan man shu ketish bolsa yoshlar davlatga qarshi chiqishi tayin
Assalomu alaykum.Bu ovozli chatda zaushniy uqishga ko'chirib beriladi deyishdi lekin Ingliz tilida zaushni uqish yuq ularni shu holatida qoladimi Ingliz tilidan ingliz tiliga ko'chirmoqchi bo'lganlarga ruxsat bersalaringiz yaxshi bo'lardi.Chunki Ingliz tilida uqigan talaba boshqa yunalishga ko'chirib utkazmaydi
Samandar Mamanazarov
Biz talabalar bu chiqqan qarorga qarshi emasmiz faqat bu yildan emas 2023-yildan boshlab joriy etilsin Biz talabalar qancha rejalar tuzganmiz Hozirgi faqtda o'qishni tashlashimga to'g'ri kelayabdi sharoitimiz umuman to'g'ri kemayabdi Qancha qiyinchiliklar bilan kirganmiz Iltimos biz talabalarni ham fikrini ham inobatga olaszlar degan umiddaman
Iltimos bu qarorni yangi ôquv yilda joriy qilinglar Bu yerda sirtqida oilali bôlib ikki uchta bolali bôlib ôqiydiganlar nima qiladi
Keyingi yildan qilinglar bu eslatmasdan qaror qabul qilish bizga qimmatga tushyapti mana qishki kanikuldan keyin oʻqishni boshlanishi poyezd kassa va avia kassalarda kunimiz oʻchritta bilet, chipta almashtirish bilan oʻtdi endi bu sizga tegishli emas Hurmatli Abduqodir Toshqulov umumiy olib qaraganda talabalarga jabr deb hisoblayman bu albatta 1 ta meni fikrim emas bu navbattagi bizga boʻlgan turdosh noqulaylik etirozlarga sabab boʻluvchi bir narsa deb oʻylayman Domlajon, Ustoz bu toʻsatdan qarorlar chiqyapti bu hazil takam emas 1 yil roʻl oʻynedi bu yerda agar yana qarorlar chiqarmoqchi boʻlsangiz ogohlantiringlar iltimos, Fikrimda hech kimi qoralamoqchi emasman yurtimiz talabalari nomidan bir yuksalishimiz uchun fikr bildirishga haqliman deb oʻylayman!!!
Ассалому алейкум, бу қарорни аксарият четдан кўчирадиганларга қаратиш керак деб ўйлайман, чунки Ўзбекистонга кираолмаганидан чет элга хужжат топширган, кўчириш ниятида, масалан ўзимизда вилоятдан бўлиб Тошкентга кирганлар талайгина, сабаб 5та олийгохни танлаганда, балки хаммасига йетиб лекин Тошкентга қабул қилинганлари асосан шунақа, грандда ўқидиганлари хам кўп буларни, грантда ўқиб туриб, Тошкентда бир йиллик контрактни пулидан ортиқ сумма маиший эхтийожига кетяпди, бу ўзи яшаш вилоятига кўчиролмаса, ундан чет давлатга хужжат топшириб, бир йил ўқиб ўқимай, бориб бормай асосан умуман бормай, йоки ўша давлатда ишлаб йуриб Ўзбекистонга кўчириши, Ўзбекистонда ўқигандан хам арзон тушяпди, хам вақти кетмай, даромад билан шугулланяпди, кўчириши хам Ўзбекистонда ўқиб кўчиришдан осон бўлаяпди, бу нохақлик, айнан шу масалани шундай эканлигини йуқори ташкилотлар билса-да кўз йумишяпди, Нега? Негаки четдан кўчирса пул ўз йуртимизда қолади, четга пул чиқиб кетмай, бу масалада қанча талаба кўчирса озгина ўқигани бемалол кўчира оляпди, имконият бор буларга, бундай вазиятда олийгохларни талаб сиғимига қаралмаяди, УЧ сименада бўлса хам ўқитаверадими? Бу вазиятда! Нега?
Assalom alaykum men bir narsa tushunmadim òqib turgan joyimda sirtqi bor bolsa bòladimi yoki boshqa viloyatdagi sirtqiga òtkazsam ham bòladimi shunga izoh bering iltimos
Show next 10 comments