Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Лекин "Катта талабалар" ни хам оиласи камида 3-4 тадан фарзандлари бор, шу бн бирга улар урта маълумотли булгани учун йилига 20-25 млн сум ойлик олишади, лекин контракт эса 19.6 млн сум.
Бир йил давомида колган 5 млн сумга яшаш мумкинми?
"Катта талабалар" нинг кантракт тулови нима учун икки баробар ва 5 йил килиб белгиланган?
Хеч булмаса хамма талабалар катори килиб белгилаш мумкинми?
Ха майли сиртки билан тенг булмасин кундузги билан бир хил килиш мумкинку.
Oʻqishga kirishda ʼʼharbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasiʼʼ(harbiy legota)ga ega boʻlgan abiturientlarga imtiyoz tartibi qanaqa boʻlyapdi, grant ham ajratilyapdimi, batafsil maʼlumot bersalaringiz , iltimos!
Men Madaminov Azizbek o'qishni ko'chirish to'g'risidagi loyihaga ozgina taklifim bor edi
Ushbu kunlarda o'qishni ko'chirish to'g'risidagi loyiha qizg'in bahs munozaralarga sabab bo'lmoqda
To'g'ri ko'pchilik qo'shni davlatlardan yurtimizga perevod qilib ta'lim tizimimizga tasir ko'rsatayotgandir lekin ularni shu holga kelishiga kim sababchi?
Ular ham davlatimizga ziyon olib kelamiz deb chetda o'qishmayapti?
U yerda oqiyotganlarni hammasi ham o'qimaganlar emas!
Shularni hisobga olgan holda ularga ozgina yengillik yaratish kerak deb o'ylayman
Yo'nalishlar kesimida o'tish ballarini ozgina bolsada pasaytirish kerak chunki imtihongacha 2 oy qoldi xolos ular tayyorgarlik ko'rishi uchun bu yetarli vaqt emas. O'ylashingiz mumkin ularni hammasi borib o'qiyotganlari yo'q. Ko'pchiligi o'ynab yurishmoqda deb
Afsuski unday emas.Ko'pchilik rossiya yoki qirg'izistonda musofir bo'lib o'qib yurishmoqda.
Misol tariqasida: o'zimni sinfdoshim 175 ball bilan Yuridiskiydan yiqildi. Lekin kallasi bor. Bu yil perevod qilmochi bolsa kamida 181 olishi kerak. Bu degani imkonsiz.
Endi faraz qilin shuncha kallasi bir odam 4 yil qirgiztonda o'qimaydi! Albatta ularni hayoti ham Arosatga tushib bo'ladi.
Yana bir narsa u yerda puli ko'plar oqishmayapti Super kantrakt tololmaydigan qiynalgan oilalar ham majbur bolib chetga topshirishgan
Man bitta narsa tarafdoriman Adolat bolsin lekin hamma uchun teng adolat bo'lsin
Bundan tashqari O'zbekistondagi nodavlat universtetlardan perevod qiladiganlar bor.
Ularning ham ko'pchili yaxshi bilimga ega talabalar. Ularni perevod qilishdan maqsadi moliyaviy jihatdan qiyinchilkga uchrashmoqda
Malumki xususiy universtetlarni kontrakt narxi anchagina qimmat. Ularni ham o'ylash kerak. Hamma ham moliyaviy yaxshi patensialga ega emas
Xullas o'tish bali 100 balldan past yoki tepa bo'lmasa kallasi borlar albatta perevod qiladi deb oylayman
Chunki normal bilimga ega inson albatta bu ballni yig'a oladi
Mayli tibbiyot universtetlariga ball baland bo'la qolsin lekin qolgan yo'nalishlarda o'qiydigan talabalar 2 oy ichida 160 yoki 170 ball olisha olmaydi
Filologiya kabi fakultrtlarga o'tish balini 100 qoysa yetadi deb oylayman
Qisqasi ozim bir oddiy fuqoroman qoshni davlatlarda ham o'qimayman lekin Ularni ham tushunish kerak chunki bizzlarni talimga ular bolta urmayapti bizlarni talimga Super Kontrakt degan narsa bolta uryapti desak to'g'ri bo'laadi.
Ishonamanki bu takliflarim sizlarga ham maqul boladi