Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Shirin
Assalomu alaykum, magistratura imtihonlari sanalari qachon e'lon qilinadi? Negadir e'lon qilinmayapti, iltimos, aniq muddatini e'lon qilsangizlar.
Ассалому алейкум!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендияси тайинланадиган 11 та йўналишнинг “ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИ” йўналишида Президент стипендияси соҳиби бўлмоқчи  бўлган Тошкент давлат аграр университети иқтидорли
магистр талабаларини қийнаб келаётган масала!

          Вазирлар Маҳкамасининг
2008-йил 13-октябрдаги 226-сон
қарорига кўра Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендияси тайинлаш тўғрисидаги низомида кўрсатиб ўтилган меъёрларига қарайдиган бўлсак. 


Президент стипендияси соҳиби бўлмоқчи бўлган магистр
талаба биринчи курс тугагандан сўнг, яъни 2 та семестрни аъло баҳоларга тамомлаганидан сўнг
танловга ҳужжат топшириши мумкин.
Бундан ташқари ҳужжатларни қабул қилиш муддати — 1—15-август, кўриб чиқиш муддати — 10—25-сентябрь этиб белгиланган. Шу сабабли Тошкент давлат аграр университети магистр талабларининг ушбу танловда иштирок этиш имконияти мавжуд бўлмай турибди. Бунга сабаб Тошкент давлат аграр университетида Магистратура босқичи  2020 йилдан бошлаб ўқув йили 4 январь санасидан бошланиши белгилаб қўйилган. Шу сабабли 1 босқич магистр талабаларининг 2 семестр якунийлари декабрь ойига тўғри келмоқда. Бу вақтда эса Ўзбекистон
Республикаси Президентининг давлат стипендиясига ҳужжатлар қабул қилиш муддати тугаган бўлади.

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ АГРАР УНИВЕРСИТЕТИ МАГИСТР ТАЛАБЛАРИГА УШБУ МАСАЛА ЮЗАСИДАН АМАЛИЙ ЁРДАМ БЕРИШИНГИЗНИ СЎРАБ ҚОЛАМИЗ.
Magostratura bo‘yicha aniq malumot berilar turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha yaxshi bo‘lardi
Assalomu aleykum savolni shundan iboratku oqishni ochirish boyicha ballar hamma abuteryentlar qatori belgilanadimi agar shunday bolsa nega yilni boshida hamma yonalish uchun 56 .7 qaror qabul qilinadi kiradigan odam kirib bolgandan kn bu gap chiqdi sizdan biz talabalarni iltimosimiz shuki bizga abuteryentlar qatori bal belgilanmasligini soraymiz
Matluba Adasheva
Assalomu aleykum. Magistratura imtihonlarida bo‘ladigan mutaxassislik bo‘yicha imtihonni ham DTM tomonidan olinsin. Menimcha ushbu imtihonni oliygohlarni o‘ziga berib qo‘yish noto‘g‘ri.
Parvez
Top 1000 talik Universitetlari talabalariga imtiyozlar bormi?
Мавлонов Азиз
Assalom aleykum.Mening savolim oliy talim vazirligiga.Nima sababadan ichki perevodga faqatgina 3ta sabab kirgizilgan.Studentni perevod qilishi uchun bundanda muhim sabablari bo'lishi mumkun ku ahir.Masalan uyida ota-onasi nogiron bo'lib qarovga muhtoj bo'lib qolgan bo'lsa,yoki Toshkentda o'qish harajatlariga imkoniyatlari yetmay o'zining viloyatiga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lsa endi student bechoralar nima qilsin? Perevod payti bunday sabablar inobatga olinadimi?Bizni ham kimdir o'ylaydimi o'zi?
Vazirga savollarimiz bor va albatta ishtirok etamiz, nasib.
Жавохир Тураев
Ассалому алайко'м хурматли Абдукодир Тошкулов мени саволим шундан иборатки 2021 - 2022 о'кув йилида клиник ординатура имтихонига хорижий тил яъни инглиз тили ко'шилади деб эшитдим. Бу хабар канчалик то'гри? Мен шу пайтгача о'зимнинг мутахассислик фанларимдан тайёрланиб келаёткан эдим. Жавоб учун олдиндан рахмат))
Shunday kanal kerak edi raxmat
Assalomu alaykun qanday qilib ishtirok etish mumkin
Nasiba Rustamovna
Musiqiy talim yo'naliwi magistratura un kiriw imtihonlari qanday boladi ?
Nasiba Rustamovna
Ijodiy yoki test
Kim biladi magistratraturaga islom universiteti ga topshirish mumkinmi bakalavr jismoniy tarbiyadan bosa
Assalomu aleykum.Talaba OTM da o'qiyotgan yo'nalishidan boshqa yo'nalishga o'qishini ko'chira oladimi? Ko'chirmoqchi bo'lgan yo'nalishi mos va turdosh bo'lmasa ham.
Mamatov Dilshodbek
Assalom aleykum Mening doyimiy yashash manzilim Andijon viloyati Shahrixon tumani Namangan muxandislik Qurilish Institutda Bino va inshootlar qurilishi yo'nlishi 2 kursi da o'qiman O'qishimni Andijon davlat universiteti matematika yoʻnalishiga ko'chirmoqchiman chunki oʻzim oʻqiyotgan yoʻnalish Andijon da endi ochildi yani qurilish sohasi boʻyicha va yuqori kurs lari hali mavjud emas shu boisdan matematika yoʻnalishiga ko'chirishim mumkinmi javob uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum. Magistra imtixonlarida korrupsion holat kop kuzatiladi. Tòģri bunga barham berish birdaniga qiyindir. Ammo natijalarni tekshirish OTMning òziga qoladigan bòlsa bu 100% natijaga $ aralashadi deganidir. Shu sabab imtixonni baholashda mas'ullar bu narsaga e'tiborli bòlishini sòrardik.
Magistra imtixoni qay shaklda bòladi, testmi yoki yozmami?
Assalomu alaykum .Sizga savolim kam taminlangan oila farzandlariga qanday imkoniyat bor .Otam-onamni ish joyi yoq, onamni sog'lig'i yaxshimas 4 yildan beri kasalini davosini topolmayapmiz bitta nogiron ukam , 4 ta singlim bor .Eng katta qiz farzandman.Ota-onam va ukam, singillarim uchun imkoniyat bering kam taminlangan oilamiz.
Assalom alekum. Kontrakt minimalka ni olib tashash kerak yoki 10%ni qilish kerak kayin abiturientlar bilan bir xil balni ham keyingi yilga qoldiriw kerak. Wunda hamma oldindan bilib harakat qiladi
Asalomalekum, 3kursgacha (5semestr) O'zbekiston Milliy universitedida oqidim, sogligim tufayli Rossiyada davolanishim kerak edi, 1semestr muddatiga oqishimni Rossiyaga kocirdm, xozirda qaytib kelishim uchun imtixon topshiramanmi? wu instutda DTM testidan otkanman, o'z instutimga qayta topshirish bovoti
Saidkarimxonova Dilnozaxon
Assalom alekum.Magistratura imtihoni qaysi sanadan boshlanadi?
Show next 100 comments