Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Мавлонов Азиз
Assalom aleykum.Mening savolim oliy talim vazirligiga.Nima sababadan ichki perevodga faqatgina 3ta sabab kirgizilgan.Studentni perevod qilishi uchun bundanda muhim sabablari bo'lishi mumkun ku ahir.Masalan uyida ota-onasi nogiron bo'lib qarovga muhtoj bo'lib qolgan bo'lsa,yoki Toshkentda o'qish harajatlariga imkoniyatlari yetmay o'zining viloyatiga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lsa endi student bechoralar nima qilsin? Perevod payti bunday sabablar inobatga olinadimi?Bizni ham kimdir o'ylaydimi o'zi?
Vazirga savollarimiz bor va albatta ishtirok etamiz, nasib.
Жавохир Тураев
Ассалому алайко'м хурматли Абдукодир Тошкулов мени саволим шундан иборатки 2021 - 2022 о'кув йилида клиник ординатура имтихонига хорижий тил яъни инглиз тили ко'шилади деб эшитдим. Бу хабар канчалик то'гри? Мен шу пайтгача о'зимнинг мутахассислик фанларимдан тайёрланиб келаёткан эдим. Жавоб учун олдиндан рахмат))
Shunday kanal kerak edi raxmat
Assalomu alaykun qanday qilib ishtirok etish mumkin
Nasiba Rustamovna
Musiqiy talim yo'naliwi magistratura un kiriw imtihonlari qanday boladi ?
Nasiba Rustamovna
Ijodiy yoki test
Kim biladi magistratraturaga islom universiteti ga topshirish mumkinmi bakalavr jismoniy tarbiyadan bosa
Assalomu aleykum.Talaba OTM da o'qiyotgan yo'nalishidan boshqa yo'nalishga o'qishini ko'chira oladimi? Ko'chirmoqchi bo'lgan yo'nalishi mos va turdosh bo'lmasa ham.
Mamatov Dilshodbek
Assalom aleykum Mening doyimiy yashash manzilim Andijon viloyati Shahrixon tumani Namangan muxandislik Qurilish Institutda Bino va inshootlar qurilishi yo'nlishi 2 kursi da o'qiman O'qishimni Andijon davlat universiteti matematika yoʻnalishiga ko'chirmoqchiman chunki oʻzim oʻqiyotgan yoʻnalish Andijon da endi ochildi yani qurilish sohasi boʻyicha va yuqori kurs lari hali mavjud emas shu boisdan matematika yoʻnalishiga ko'chirishim mumkinmi javob uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum. Magistra imtixonlarida korrupsion holat kop kuzatiladi. Tòģri bunga barham berish birdaniga qiyindir. Ammo natijalarni tekshirish OTMning òziga qoladigan bòlsa bu 100% natijaga $ aralashadi deganidir. Shu sabab imtixonni baholashda mas'ullar bu narsaga e'tiborli bòlishini sòrardik.
Magistra imtixoni qay shaklda bòladi, testmi yoki yozmami?
Assalomu alaykum .Sizga savolim kam taminlangan oila farzandlariga qanday imkoniyat bor .Otam-onamni ish joyi yoq, onamni sog'lig'i yaxshimas 4 yildan beri kasalini davosini topolmayapmiz bitta nogiron ukam , 4 ta singlim bor .Eng katta qiz farzandman.Ota-onam va ukam, singillarim uchun imkoniyat bering kam taminlangan oilamiz.
Assalom alekum. Kontrakt minimalka ni olib tashash kerak yoki 10%ni qilish kerak kayin abiturientlar bilan bir xil balni ham keyingi yilga qoldiriw kerak. Wunda hamma oldindan bilib harakat qiladi
Asalomalekum, 3kursgacha (5semestr) O'zbekiston Milliy universitedida oqidim, sogligim tufayli Rossiyada davolanishim kerak edi, 1semestr muddatiga oqishimni Rossiyaga kocirdm, xozirda qaytib kelishim uchun imtixon topshiramanmi? wu instutda DTM testidan otkanman, o'z instutimga qayta topshirish bovoti
Saidkarimxonova Dilnozaxon
Assalom alekum.Magistratura imtihoni qaysi sanadan boshlanadi?
Укишга киришга ва укишни кучиришга кулланадиган табакалаштирилган контракт бу канчалик талим сифатига яхши ва ёмон тасирлари борлигини чукур уйлаб курилиябди. Дейлик 6,0 миллион контрак тулаб укишни бошлаган механик - 50,0 миллион тулаб тарихчи булиб колса... Тарихни тугатиб мактабга дарс хам берса дейлик ОТМ ларини пандемия даврида канчалик сифатсиз билим берадиган кундек равшан хозир. Мактаб укувчилари барчамизни фарзандларимиз ахир. Бозор иктисодиётига утиш даврида Талимга шунчалик узгаришлар керакмикан. Сифатсиз талим учун на укитувчи на талабани айблаб булади хозир. ДТМ тестни таваккал белгилаб 56,7 балл олиб 50,0 миллион контракт тулаб математикага кирган хатто кара кара жадвалини билмайдиган талабаларимиз бор. Университет укитувчиси профессор, доцент шуларни укитиш керакми.
Maxmitova Mavluda
Assalomu alaykum.Bu yil Termiz davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yönalishi bôyicha magistratura ochildi.Kvota 4 etib belgilangan.Meni savolim shundan iboratki bu yil ham magistraturada maqsadli qabul jarayoni amalga oshiriladimi? Yoki 1 yil bôlgani uchun maqsadli qabul bölmaydimi.
Assalomu alaykum. Bu suhbat juda kopchilikni qiziqtigan savoolarga javob bolsa kerak
Muhayyo Egamshukurova
Assalomu alaykum men 14 yildan buyon maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlayman. Har yili oʻqishga hujjat topshiraman lekin kira olmayman. Chunki meni qoʻshimcha dars olishga vaqtim ham imkonim ham yoʻq oila ish bilan boʻlib. Oʻrta maxsus deb har yil ozgina dars beriladi. Tabaqalanishdan zerikib bu Qirgʻiziston ga hujjat topshirdim. Iloji yoʻqligidan. Nimaga hamma yurtoshlarimiz ketayotganda shu qarorlarni chiqarmadilar. Biz bir yil umrimizni oʻtkazib qiyinchiliklarni oʻtkazganimizda bunday qarorlar chiqarasizlar. Nahotki biz uchun hech qanday imkoniyat boʻlmasa. Maxsus sirtqi boʻlimini ham ochmas ekansizlar. Hech kim bizni ohu nolalarimizni eshitmaydi buni ham baribir inobatga olmesizlarku.
Keyin yana bir narsa: uzrli sabab bòlmaganda turdosh yònalishga perevod qilayothanda(ichki) minimal kontrakt ham menimcha bu yil bòlishi biroz notogri keyingi yildan bòlsa yaxwi bòladi hamma yilni bowidan bilib harakatini qiladi
Yana bir savolim bor.Talaba pedagogika yonalishidan tibbiyot yonalishlarining istaganiga o'qishini ko'chira oladimi?
Show next 100 comments