Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
5ta OTM ga topshirish bo'lgani
uchun juda ko'plab yoshlar o'z
viloyatidan ancha uzoqqa o'qishga
o'tdi.Ana o'sha talabalar endi o'z
sohasi bo'yicha o'zining viloyatiga
qaytish niyatida,sababi yana o'sha
moddiy mablag'ga borib taqaladi.
Birinchi yil yiqilib,super kontrakt
qilishdan qochib,keyingi yilda O'z
kuchi bilan 140 balldan yuqori
ball to'plab,viloyatidan uzoqqa
o'qishga o'tgan talaba endi
o'qishini o'z viloyatiga
ko'chirmoqchi bo'lsayu yana falon
summa pul to'lab o'qishini
ko'chirishi,kontraktda o'qiydigan
talabaning ota-onasini ancha
qiynab qo'yishi turgan gap .Axir
U kontraktga o'qiydigan va unga
hech qayerdan foyda kelmaydigan
oddiy bir talaba bo'lsa.TAKLIFIM SHUNDAN IBORATKI,O'z
sohasidan o'z sohasiga uzoq
viloyatdan o'zining viloyatiga
o'qishni ko'chirishda to'lov talab
qilmasligingizni iltimos
qilardim.Negaki ko'plab oilalar
farzandining kontrakt
summasidan tashqari yana to'lov
qilishga qurbi yetmaydi.Va
bundaylar juda ko'p.Natijada Qanchadan qancha
uzoqqa o'qishga o'tgan,iqtidorli
talabalar o'qishini
tashlaydi.Negaki ikki yo'l ham
ularga birdek qimmatga
tushadi,biri perevot uchun qayta
to'lov bo'lsa ikkinchisi boshqa
viloyatdagi harajatlar(poyezdda
20soatlik yo'l haqidan tortib ijara
puligacha.(TTJ ma'sullari viloyatlik talabalarni tezda ttj bilan ta'minlaguncha ko'plab viloyatliklar ijarada yashagan va yashab kelgan bo'lsa)