Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
5ta OTM ga topshirish bo'lgani
uchun juda ko'plab yoshlar o'z
viloyatidan ancha uzoqqa o'qishga
o'tdi.Ana o'sha talabalar endi o'z
sohasi bo'yicha o'zining viloyatiga
qaytish niyatida,sababi yana o'sha
moddiy mablag'ga borib taqaladi.
Birinchi yil yiqilib,super kontrakt
qilishdan qochib,keyingi yilda O'z
kuchi bilan 140 balldan yuqori
ball to'plab,viloyatidan uzoqqa
o'qishga o'tgan talaba endi
o'qishini o'z viloyatiga
ko'chirmoqchi bo'lsayu yana falon
summa pul to'lab o'qishini
ko'chirishi,kontraktda o'qiydigan
talabaning ota-onasini ancha
qiynab qo'yishi turgan gap .Axir
U kontraktga o'qiydigan va unga
hech qayerdan foyda kelmaydigan
oddiy bir talaba bo'lsa.TAKLIFIM SHUNDAN IBORATKI,O'z
sohasidan o'z sohasiga uzoq
viloyatdan o'zining viloyatiga
o'qishni ko'chirishda to'lov talab
qilmasligingizni iltimos
qilardim.Negaki ko'plab oilalar
farzandining kontrakt
summasidan tashqari yana to'lov
qilishga qurbi yetmaydi.Va
bundaylar juda ko'p.Natijada Qanchadan qancha
uzoqqa o'qishga o'tgan,iqtidorli
talabalar o'qishini
tashlaydi.Negaki ikki yo'l ham
ularga birdek qimmatga
tushadi,biri perevot uchun qayta
to'lov bo'lsa ikkinchisi boshqa
viloyatdagi harajatlar(poyezdda
20soatlik yo'l haqidan tortib ijara
puligacha.(TTJ ma'sullari viloyatlik talabalarni tezda ttj bilan ta'minlaguncha ko'plab viloyatliklar ijarada yashagan va yashab kelgan bo'lsa)
Mani savolim quyidagicha
1-Savolim Oilada 2ta yoki undan ko'p farzandla to'lov kantrakt asosida o'qisa Ulardan birining kantrakti to'lab berilishi aytilgandi keyin u gapla qolib kettimi? Yoki unutildimi? Hech kim bu haqida gapirmay ham qoydi.Kim qayerga murojaat qilishni ham bilmaydi.Hokimiyat yoki bankdan so'ralsa Temir daftarga turganlarni kantraktini aytadi vaholanki temir daftarda turadigan,oiladagi deb ahtilmagandi. Bu haqida ham vazir batafsil tushuncha aytsala yaxshi bo'lardi
2 Savol
O'qishni ko'chirishda turdosh bo'lmagan yo'nalishga yoki turdoshda turdoshga ko'chirishda eng minimal kantarkt to'lovi to'lab o'qishni ko'chirish kerakligi aytilmoqda.Noturdosh yo'nalishga ko'chirmoqchi masalan o'zingiz aytganizday pedagogikadan meditsina yo'nalishiga...Nima u o'sha pulni to'lasa hamma ish xal ped yo'nalishdan medga o'qishga kirib yuraveradimi? Bundan aqlliroq biror yo'l yoqmi? Kimdadir shu vaqtida 5ta yo'nalishni tanlagan lekin yozganidan 1-yunalishi ped bo'gan moddiy tomondan qiynalgani sababli o'z hududiga ko'chirmoqchi o'zini hududida esa pedagogik yo'nalish yoq.O'qishni ko'chirishga esa mablag' ham yoq.
Yoki aksincha kimdadir pul bor mablag' bor hammasi joyida o'zi pedagogikada boshqa shaharda uqiydi,o'zini yashash hududiga shunay pul berib bosh og'riqsiz meditsina yo'nalishiga ko'chirdi.? Demoqchimanki shuni to'lovsiz boshqa yo'l bilan deylik suhbat bilan(korrupsiyasiz) hal qilishni iloji yoqmikam?