Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Хулкар
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek. Savolim shundan iboratki, hozirda biror OTM ni o'zida shunchaki bir fakultetdan ikkinchi fakultetga ko'chirish qanday amalga oshiriladi. Masalan, filologiya fakultetidan tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetiga ko'chirish. Iltimos tushuntirish berib o'tsangiz. Oldindan rahmat.
ИРОДА ХОЛТЎРАЕВА
Ассалому алайкум ҳурматли Абдукодир Тошқулов.
Мен 2-мутахасисликка Дефектология (логопедия) йуналишига хужжат топширмоқчиман.2-мутахасисликка қабул қачон бошланади ва юкорида таъкидлаган йуналишим ўтган йили қабул булмаган эди.Бу йил очиладими.Жавоб учун олдиндан рахмат.
Қашқадарёдан.
N.R.Raxmataliyevna
Assalomu alaykum xurmatli Abduqodir Toshqulov kop yoshlar 156ball bilan ozimizga oqishga kirolmay Osh davlat universitetlariga topshirishgan 1-kursni bitirishdi shu yoshlarga xam menimcha yenggillik yaratish kerak ular supper kontraktga puli yoqligi uchun xorijga topshirishgan
Assalomu alaykum. Men Diplomatiyada o'qiyman,universitetimiz kredit modul tizimiga o'tgan shuning uchun o'qishni 2-kurs yoki 3-kursdan chet elga ko'chirishni imkoniyatlari bormi
------------------
Assalomu alaykum. Men SamVMIga uqishga kirganman hozirda samarqand tibbiyot institutiga pervot qilmoqchiman pervot buladimi
Assalomu alaykum Abdulqodir Toshqulov. Men hozirgi kunda Qozoğiston respublikasi shimkent Universitetida óqiyman. Bu yil ózbekistonga óqishimni uzrli sabablarga koʻra kóchirmoqchiman. Ózim buvim bilan buvamni qólida tarbiya olganman ota-onam ajrashishgandan sóng, men 2 yoshligimdan buvijonim tarbiyasida qolganman, Buvam qazo qilganlariga 6 yil bóldi, hozirgi kunda Buvimning asosiy qarovchisi menman, oʻtgan yili Oʻzbekiston universitetlariga topshirib ozroq ball yetmay qoldi super kontrakt tólay olmasligim uchun chet davlatdagi universitetga topshirdim va karantin boʻlib yóllar yopiqligi sababli online talim oldim. Endilikda sizni qaroringizga binoan óqishni kóchirishda ótgan yilgi minimum ballni toplamasak tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlar ekanmiz, bu qanchalik tógri, agar shu gap rost bólsa iltimos qilaman bu qaroringizni ózgartiring bizlar boylarni bolasiga óxshab super kontrakt qilolmaganimiz uchun chetga topshirganmiz, ótgan yili abituriyent boʻlib tóplay olmagan balimizni bu yil qanday qilib student bólib tóplaymiz.
🇸🇱🏅🏃YENGIL ATLETIKA🏃🏅🇸🇱 Saidov Javohir Halim òģli
Assalomu alaykum ,mening murojatim shundan iboratki men Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yengil atletika murabbiysi boʻlib ishlayman muxtaram Prezdentimizning tashabbuslari bilan biz sportchilar uchun juda katta imkoniyatlar yaratildi biz juda xursandmiz lekin xozirgi kunga kelib sportimiz sinish arafasida sportchilar kamida 50% sportni tashlab ketish arafasida bunga sabab sportchilar uchun imtiyozni bekor qilishgani boʻlyapdi bu xodisa OʻZB sportini kelajagiga juda yomon tasir qiladi sportni tashlashadi chet elga pul topish uchun ketishadi xar xil oqimlarga qoʻshilib ketishadi bu imtiyoz sportchilar oldidagi maqsadi, va oliygohga kirgach yanada yuqori natija qilish maqsadlari edi xa xop imtixon orqali oʻqishga kirsa xam ularni ota onalari kantraktni toʻlay olishmaydi pul yoʻq sport yoʻq trenirofka yoʻq tamom boʻldi ular uchun endi xammasi puchga chiqqani ularni sindirdi buni koʻrib oʻrganib chiqib imtiyozni sportchilarga qaytarib berish kerak deb oʻylayman siz nima deb oʻylaysiz ?
------------------
Tabaqalashgan kantirakt miqdorining minimali qancha ?? 4 ballgacha bulgan ball ham tabaqalashgan kantiraktga kiradimi
Assalomu alaykum hurmatli Abduqodir Toshqulov! Men Rossiya Xalqlar Do'stligi Universitetining 1-kurs talabasiman. Sizga TOP 1000 talikdagi OTMlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha savollarim bor. Avvalo siz qilayotgan islohotlar va yurtboshimizning sizga bo'lgan ishonchini yuksak baholagan holda aytaman bu juda katta ADOLATSIZLIK! To'g'ri shunday o'zgarish balki kerakdir lekin hammasi nega o'z vaqtida bo'lmadi? Axir ular talaba abituriyent emasku? Ayni sessiyani yarmida bu xabar chiqyabdi, atestattsiyaga tayyorlanadimi talaba yoki 5 ta fandan o'qishni ko'chirish uchunmi? Yana 1 oy vaqti bor? Bu aqlga sig'maydiku? Bu degani o'qishni ko'chirishni iloji yo'q degani emasmi? Yoki Top 1000 dagi OTMlarda o'qish oson deb o'ylaysizmi? Aksincha bizda judayam qiyin, har bir fandan judayam qiynalib baho olamiz. O'zga yurt, o'zgacha dunyoqarash, o'zga til va umuman o'zgacha metodda dars o'tiladi. Kantrakt puli judayam qimmat. Tanish bilishchilik va korrupsiya nolga teng bu OTMlarda! O'zbek kursdoshlarimizning 40 foizi fanlarni yopolmay otchisleniya bo'lishdi. Yoki dunyo bo'yicha TOP ekanligi tan olingan OTMlarni O'zbekiston tan olmaydimi? O'zbekistonda birorta OTM TOPga kirmaganini lekin dunyo reytingi tan oladiku? Hech bo'lmasa vaqt tomondan ham hech qanday imkoniyatimiz yo'qligini tushunyapsizmi? Chetda yurgan talabalarni hammasi ilojsizlikdan borgan. Bu talabalar deyarli pervoddan umidini uzmoqda endi o'ylab ko'ring nima bo'ladi ularni kelajagi? 60-70%i mardikor bo'ladimi? O'zim guvohi bo'layotgan Rossiyada xo'rlanib yurgan o'zbegimni soni yana ko'payadimi?! Ruslarni ko'chasini supurib musurini tozalaydigan o'zbegimni soni ko'payadimi?! O'zbekiston kelajagi kerak bo'lsa o'qishga kirishni emas o'qishni qiyinlashtirib qo'yish kerak emasmi?! Bilimsizlar o'qiyolmasin ana shunda sifatli kadrlar yetishib chiqadi! Ana shunda kambag'allarni farzandlari orasida qancha qancha iqtidorlar, kashfiyotchilar, olimlaru professorlar borligini ko'rasiz! Pul bn superga kirgan talabani kelajagi bn farqini ko'rasiz! 30 ball bilan o'qishga superkontrakga kirgan talabadan biz qayerimiz kam? Pulimiz kam lekin BILIMIMIZ EMAS! Qani ijtimoiy adolat ijtimoiy tenglik? Ushbu qarorni Tenglik printsipi uchunligi haqida yozishmoqda nega ushbu qaror bn birga superkontrakni bekor qilinmadi? Qani ijtimoiy adolat? Nahotki davlatimiz bizni shunday tashlab qo'ysa? Sizdan juda ko'pchilik talabaning nomidan ushbu qarorni bekor qilinishi barcha omillarni hisobga olgan holda albatta (xorijiy Top 1000 qismini) o'z hissangizni qo'shishingizni iltimos qilamiz! Shaxsan men agar qaror o'zgartirilmasa hattoki o'qishni ko'chirish uchun ariza ham topshirmoqchi emasman. Bu biz uchun yana juda katta xarajat biletni narxi osmonda va imkoniyatimiz nolga teng undan ko'ra shu yerda qolib ishlashni maqul ko'raman! Bu juda ko'pchilik talabalarning fikri. Iltimos ushbu masalaga e'tiborsiz bo'lmang!
Assalomalekum xurmatli xushnudbek men Jizzax politexnika institutida 1-kurs talabasiman savolim shundan iboratki oilamizda 2 ta farzandmiz ikkalamiz ham to’lov kontrakt asosida o’qiymiz navoiy viloyatidanmiz men o’qishimni navoiga moddiy taraflama yetmayotgan sababli navoiga viloyatiga mos va turdosh yunalishlariga uqishimni kuchirsam bo’ladimi
Assalomu alekum men Qirg‘iziston davlat pedagogikalik gumanitarnik unversitetida ingliz tili natsionallniy fakultetida tahsil oldim va u yer nizomi bo‘yicha darslar Qirg‘iz tilida olib borildi. Yangi nizomga muvofiq oshirilgan kontrak to‘lovlari bizlarga ham amal qilishi va biz ham 2020 yil abiturent to‘plagan ballni to‘plab berishimiz kerak. Bu haqida kech bilganligim sababli men faqat IELTS sertifikatiga ega bo‘la oldim xolos. Bu sertifikatim ball qo‘shib bergan taqdirda ham hududimda joylashgan OTM ga bu yil abiturent to‘plagan ballni to‘plab bera olmayman. Shu sababli men o‘qishimni O‘zMU ning ingliz tili yevro fakultetiga o‘qishimni ko‘chirib o‘tkazsam bo‘ladimi? O‘tgan yili ona tili o‘qigan va juda kam ball bilan bu yerdagi talabalardan farq qilganimga qaramay bu yil yana izlandim va rus tili fanidan ikkinchi blok uchun test yechib bemalol o‘tgan yilgi O‘zMU talabasi to‘plagan ballni to‘play olaman. Bundan tashqari O‘zMU reyting bo‘yicha 1-o‘rinda turuvchi sifatli ta‘lim beruvchi OTM hisoblanadi. Agar hujjatim rad etilib mendan o‘z hududimdagi QDPI ga o‘qishimni ko‘chirishim kerakligi talab etilgan taqdirda, men mazkur sabablarni ko‘rsatgan holda unversitet bali va talablarini qondirishga tayyor ekanim, o‘qishni ko‘chirishimga yetarli asos bo‘la oladimi javob uchun oldindan rahmat
Саидмуродовна
Ассалому алеукум,менинг кизим,2020 -йил Узбекистонга укишга кира олмади,кейин киргиз элчихонаси оркали хужжатларни Киргистонга топширдик,сентябрда бориб имтихон топширди ва имтихондан утди,грант асосида кабул килинди ,бу йил перевод олмокчимиз,кизимга имтиезлар бериладими
★FCBARCELONA★
Ichki perevod Noturdoshlar tòlov qilishi kerak ekan. Xòsh, bu summani qachongacha tòlash kerak? Òquv yili mobaynidami yoki sentabrgachami?
Iltimos, vazirlik òquv yìli davomida shu tòlovlarni tòlashga ruxsat bersin.

Iltimos, vazirlik ichki noturdosh yònalishga kòchirayotgan talabalariga, imkoniyat ham yaratsin. Tòlov muddatini òquv yili mobaynida tòlash yoki pul miqdornini kamaytirish orqali biz kabi talabalarga yordam berishsin. Har holda vazirimiz biz kabi talabalarning yonini olishini takidlagandilar
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek. Savolim shundan iboratki, hozirda biror OTM ni o'zida shunchaki bir fakultetdan ikkinchi fakultetga ko'chirish qanday amalga oshiriladi. Masalan, filologiya fakultetidan tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetiga ko'chirish. Iltimos tushuntirish berib o'tsangiz. Oldindan rahmat.
Durdona Atamuradova
Assalomu alaykum hurmatli Abduqodir Toshqulov.Men Jizzax davlat pedagogika instituti 1 bosqich Maktabgacha ta'lim mutaxassisligi magistarantiman.Men o'z yo'nalishimni turdosh bo'lgan Boshlang'ich ta'lim mutaxissligiga ko'chirsam bo'ladimi?Chunki men yashayotgan tumanda shu toifadagi kadrlarga ehtiyoj katta.Bunday ko'chirish ham bormi?Bunday ko'chirishlarni institutning o'zi hal qila bo'ladimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Miracle
Assalomu alikum Xishnudbek aka sizdan iltimos perevot masalasidan ham aytib o'tilsa yaxshi bo'lardi aniq hech qanday aniq javob chiqmayabdi ko'pchilik perevotga pechat kerak diyishepdi chet davlatga bizni karantin deb chaqirishmadi chegaralar ham yopiq bo'ldi oliygohni o'zi karantinga tushdi lekin onlayn zoom dasturida har kuni o'qish bo'ldi lekin bizga talab qilish kerakmi pechat deb yo karupsiyami karantinda chegaralar yopiq edi shu haqida aniq ma'lumot bersalariz iltimos.
Jamila Do'snazarova
Assalomu alaykum meni murojaatim shundan iboratki men 2019-yil Osiyo chempioni bo'lganman.Bu yutuqni egallash uchun bir qancha vaqt hamda mablag' sarf qilganman.Endi rohatini ko'raman deganimda imtiyozni olib qo'yishayabdi.Oz fursat qolganda endi bunday bo'layabdi.Men hamma vaqtimini sportga bag'ishlaganman.Sizdan shuni iltimos qilamanki imtiyozni qaytarib berishingizni so'rayman.
Ассалому алайкум. Мен хозирда Андижон Давлат Унверситети да тахсил оламан. Мен рус тили йуналишидан турдош булмаган йуналиш яьни медицинага кучирсам буладими? Тиббиёт коллежини аьло бахолар бн тамомлаганман. Медицинага кизикишим ута кучли. Турдош булмаган йуналишларга перивотни амалга оширишда, коллеждаги тахсил олган диплом йуналишларини хам эьтиборга олишларингизни хам сураган булар эдим. Жавоб учун рахмат
Assalomu alaykum sportchilar uchun yaqinda chiqgan qarordan e'tirozim bor edi.. Òzbekiston chempioni bulgan sportchilar ikki yil davomida uzlari xohlagan institutga hujjat tayyorlab usha institutga grant asosida kirish imkoniyati bor edi.Lekin yaqinda mana shu qaror bekor qilindi .Nimaga bu qaror oldinroq yilni boshida hechh bulmasa yilli urtasida bekor qilinmadi butun sportchila shokda buyoda manimcha endi faqat yo osiyo chempioni bulgann yoki jahon chempioni bulgan sportchila uqishga grant asosida kirishi mumkin shunaqami nimaga bu qarorni sportchilarni ogohlantirgan holda bekor qilinmadi hozir sportchilar orasida 11yil davomida sport bn shuĝillangan sportchilar bor hammaga malum sportchi un sponsor bulmasa osiyoga chiqishi qiyin agar bu viloyatliklar uchun bulsa undanda qiyin. Manashunaqa sportchilar hozirgi vaziyatda nima qilish kk .manimcha qarorni ogohlantirilmasdan chiqarilishi judayam adolatsizlik qarorni qaytadan kurib chiqishilani surab qolaman.Shunaqa adolatsiz qarorlar chiqishda davom etar ekan hich qanaqasiga uzbek sporti rivojlanmidi chunki bu qarordan kiyin qancha sportchilada sportga bugan mehr qolmadi va sportdan allaqchon kechib bulishdi .Hamma inson ham uzi xohlagan yaxshi kurgan ishi bilan shuĝillanishshi xohlidi kiyin shu xohlagan ishini orqasidan katta yutuqlaga erishishi xohlidi agar usha shuĝillanayotgan ishidan hich qanaqa foyda bumasa nima keragi bor usha ish bilan shuĝilllanib sportni shuncha yil yaxshi kurib endi ota onasi uchun ulani yuzini yoruĝ qilish vaqti keldi deganda bu qarorni qabul qilinishi juda yomon 11yildan beri sport bn shuĝillanib kelayotgan farzandlar va ulani ota onasi qanaqa ahvolda hozir. Endi sportchila nima qilishadi qayerga borishadi qaysi instga topshirishadi.qarorni qaytadan kurib chiqing iltimos....
Assalomu alaykum aka, men Toshkent davlat transport universitetida bakalavriat Sirtqi boʻlimida o'qiyman , 1-kursda,Savolim shundan iboratki, 1-semestr online bo'ldi, deyarli dars juda qoniqarsiz ahvolda bo'ldi, talab yuqori, ta'lim esa past darajada, shu sababli bitta fandan baho qo'yilmagan, qayta topshirish uchun ham qo'ymadi, Sirtqi boʻlimdan so'rasam kredit Moodle tizimida, davlatga o'sha fan uchun alohida kontrakt to'laysan, kegin qaytadan o'sha fanni yopasan deb aytdi, bu qanchalik haqiqat? Kredit Moodle tiziminu o'ziga yarasha qoidalari bor adashmasam. Meni Sirtqida bo'lsa ham Toshkentda o'qishga oilaviy mablag'im yetmaganligi va ta'limga nisbatan talabning yuqoriligi, va kelajakda shu tarzda ketsam, o'z kasbimni yetuk mutaxassisi bo'laolmasligum sababli o'qishni Farg'ona Davlat universiteti kunduzgi taʼlim, Fizika yo'nalishiga ko'chirmoqchiman. Hozirgi yo'nalishim Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ( tarmoqlari boʻyicha) imtixonda birinchi blogim Fizika, ikkinchi blogim Matematika bo'lgan, Fizikaga ko'chirsam bo'ladimi? Shunda turdosh yo'nalish hisoblanadimi? Shu bo'yicha o'z fikr va mulohazalaringizni aytib o'tsangiz iltimos! Iltimos shu yil qanday qilib o'qishni ko'chirish mumkinligini to'g'risida maʼlumot bering. Bu meni taqdirimni yaxshi tomonga oʻzgartirishga katta ahamiyatga ega. Iltimos!
Assalomu alaykum Abdulqodir Toshqulov. Men hozirgi kunda Qozoğiston respublikasi shimkent Universitetida óqiyman. Bu yil ózbekistonga óqishimni uzrli sabablarga koʻra kóchirmoqchiman. Ózim buvim bilan buvamni qólida tarbiya olganman ota-onam ajrashishgandan sóng, men 2 yoshligimdan buvijonim tarbiyasida qolganman, Buvam qazo qilganlariga 6 yil bóldi, hozirgi kunda Buvimning asosiy qarovchisi menman, oʻtgan yili Oʻzbekiston universitetlariga topshirib ozroq ball yetmay qoldi super kontrakt tólay olmasligim uchun chet davlatdagi universitetga topshirdim va karantin boʻlib yóllar yopiqligi sababli online talim oldim. Endilikda sizni qaroringizga binoan óqishni kóchirishda ótgan yilgi minimum ballni toplamasak tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlar ekanmiz, bu qanchalik tógri, agar shu gap rost bólsa iltimos qilaman bu qaroringizni ózgartiring bizlar boylarni bolasiga óxshab super kontrakt qilolmaganimiz uchun chetga topshirganmiz, ótgan yili abituriyent boʻlib tóplay olmagan balimizni bu yil qanday qilib student bólib tóplaymiz.
Show next 100 comments