Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Iltimos, vazirlik òquv yìli davomida shu tòlovlarni tòlashga ruxsat bersin.
Iltimos, vazirlik ichki noturdosh yònalishga kòchirayotgan talabalariga, imkoniyat ham yaratsin. Tòlov muddatini òquv yili mobaynida tòlash yoki pul miqdornini kamaytirish orqali biz kabi talabalarga yordam berishsin. Har holda vazirimiz biz kabi talabalarning yonini olishini takidlagandilar
Oylaymanki mani commentimni ham oqigansiz albatta korib chiqib etiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman. Oldindan raxmat.
Men TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 2 kurs Tibbiy prafilaktika Fakulteti Tibbiy biologiya yonalishi talabasiman. Man sizga murojatim shundan iboratki. Man Toshkent tibbiyot akademiyasidan. FARGONA JAMOAT SALOMATLIGI Instutiga Davolash ishi Fakultetiga . 2 kursdan 3 kursga yani ushbu yil kochirsam boladimi?
Va albatta bolsa qanday tartibda boladi. Ichki turdosh bolgan perevot albatta.
Ushbu savollimga batafsilroq javob olsam sizdan mamnun bólgan bolar edim.
Xushnudbek aka . Raxmat kattakon.
O'zbekiston ichida o'qishni ko'chirish bo'yicha:
1) Uzrli sababi bo'lmagan va noturdosh ta'lim yo'nalishiga o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorining minimal summasi bir mata to'lov qilinadi deyilgan. Bu miqdor oddiy kontraktning 1,5 barobarini tashkil etadimi? Chunki tabaqalashtirilgan kontrakt summasinining minimal miqdori shuncha abituriyentlar uchun.
2) Agarda uzrli sababsiz noturdosh yo'nalishga o'qishni ko'chirmoqchi bo'lsa ikkalasi uchun ham alohida to'lov amalga oshiradimi yoki ikkalasi uchun bitta to'lov amal qiladimi? Ya'ni ikkala holat bir talabada aks etganda.
3) Bir oliy ta'lim doirasida yo'nalishni o'zgartirmagan holatda ta'lim shaklini o'zgartirsa ham to'lov amalga oshiriladimi? Masalan sirtqidan kunduzgiga o'tkazmoqchi o'z oliygoh va yo'nalishini o'zgartirmay. Bunda to'lov qilishi shart emasmi? Agarda shu masala rus guruhdan o'zbek guruhga o'tkazishda bo'lsachi qanday bo'ladi?
4) O'zbekistondagi xorijiy oliygoh filiallari va xususiy oliygohlardan o'qishni ko'chirish bir yil avval test asosida bo'lgan edi. Mana shu tartib bu yil ham amal qiladimi va ular ham abituriyentlar singari 122.500 so'm to'lov amalga oshiradilarmi? Yoki ular ham imihonlarsiz belgilangan to'lov asosida o'qishini ko'chiradilarmi?
5) O'qishni ko'chirish bo'yicha hujjatlar onlayn topshirilishi ma'lum. Talabalar uzrli sababi mavjud bo'lmasa va onlayn ravishda hujjat topshirsa. Saytda uzrli sababsiz yoki noturdosh ta'lim yo'nalishiga o'qishni ko'chirish uchun davlat to'lovi mavjudligi va talaba ushbu to'lovni to'lasa o'qishni ko'chirishi mumkin ekanligi haqida band bo'ladimi? Ya'ni shu narsa saytda ko'rsatilsa "tanishdim va roziman" degan tugma ham bo'lsa arizalarni ko'rib chiqish yanada osonroq bo'lar edi.
6) O'qishni ko'chirish mavzusiga oid huquqiy hujjatlar soni ko'payib ketdi. Barchasini umumlashtiradigan yoki VMning 393-sonli qaroriga barcha o'zgartirishlarni kiritib tahrirlaydigan vaqt kelmadimikin?
Xorijdan o'qishni ko'chirish bo'yicha savollar:
1) Qanday toifadagi talabalar imtihonlardan qatnashish uchun to'lovlardan ozod etiladi? Bunday toifalar abituriyentlar singarimi?
2) Xorijdan o'qishni ko'chirishda boshqa hududga ko'chirish bo'yicha cheklov o'rnatilmadimi, avvalgidek talaba xorijdan o'qishini o'zi yashamaydigan boshqa viloyatga ko'chirib kelishi mumkinmi?
3) Xorijdan o'qishni ko'chirishda bu yil deyarli barcha talabalar onlayn o'qigani sababli "kirdi-chiqdi" vizasi talab etilmaydimi?
4) O'qishni ko'chirish bo'yicha test sinovlari DTM tomonidan olinsa avvalgi yillargidek imtihonlar kompyuter orqali topshiriladimi yoki abituriyentlar singari qog'oz variantda javoblarni titul qog'oziga belgilagan holatdami?
Agarda ovozli chatda savol berish imkoniyati berilsa tushunarliroq va batafsilroq savollarimni bergan bo'lar edim. Loyihaga esa gap yo'q, rahbarlar bilan bundan muloqot qilish har doim ham bo'lavermaydi
ABDUQODIR TOSHQULOV
MAGISTRATURANI DABDALA QILDIZ. OZIZ NIMANI TO'G'RI DEB BILSEZ SHUNI JORIY QILDIZ. 4 - KURS BITRUVCHILAR FIKRI SIZGA BIR TIYIN.
BAKALAVRDA BOSHQA YONALSHDA BO'LSA MAGISTRATURA BOWQASIDA BO'LSA SAVIYASIZ BO'LARMISH USHA YO'NALISHDAN YUQORI BAL TOPLAGAN O'QISHGA KIRGANKU O'TGAN YILIYAM.
QANAQASIGA SAVODIZ BO'LADI EGZAMENINI NIMALAR QILIB TASHLADLARING KULGISI KELADKU ODAMNI.
BIZANI KIM TINGLAYDI.
BIZA ENDI NO TURDOSH YO'NALISH IZLAB CHET EL DAVLATLARIGA KETAYLIKMI TOP 1000 TALIKDEGI INSTITUT QO'LLAB KELGAN METOD BIZDA BOLMASA. QANCHALIK TOGRI.
SIZ BILAN OVOZLI CHAT ORQALI MULOQOT QILISH IMKONI MANGA TUG'ILSA ZO'R BO'LARDI