Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 20 more comments
Assalom alaykum.Otgan yili Samarqand vil,Bulung'ur tumani,Kichik Kildon mahallasi Dexqonobod qishlogini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash boyicha g'olib tashabbusni qolga kiritdik.200millon som deb yozgandik.Noyabr oyida quduq qazuvchilar kovlash ishlarini boshladi,qishloq fuqarolari juda hursand boldi,lekin hursanchilik 2 kunga chozildi,qazuvchilar ozgina qazib tuproqlarni sochib ketvorishdi,hokimiyatga bordik nega boshlamayapsilar deb,muammo ochigi hal bogani yoq,tashabbusga yozgan 200 mln somimiz qayg ketti bilmadim ham,shu orada tuman hokimimiz ham va bazi hokimlik vakillari ozgardi(bazilar kimdir shu orada pulni yeb ketti dedi va dyapti ham),openbudget.uz dagi g'olib tashabbuslar ortidan kimdir surishtiradimi,qaysi tashkilot tekshirsa ham tushuntiring.
OTABEK TESHABAEV
Shuni foyizsiz qilip xalqa berish kerak chunki bank qiynaptashadi xalqti naq korinishta berilsa yaxshi bolardi
✴✴ T A D J I K ✴✴
Nma uchundir man tashabbus qoldira olmayapman
Men tashabbus qoldiraolmayapman
Yangi tashabbus qo’shishga ruxsat berilmadi deb chiqyapti
Men biron marta hali tashabbus kiritganim yo’q lekin
Tshabbus qôshsak qaysi kritriyalarga asoslanib qabul qilinadi yoki rad etiladi ???
Tashabbus qóshib bólmayapti
Tashabbus qôshsak qaysi kriteriyalarga asoslanib qabul qilinadi yoki rad etiladi ???
Tashabbusni qayerga yozib qoldiramiz tushunmadim
Sherzod Ishonqulov
Assalomu alaykum Hushnudjon yaxshimisiz? Men Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Yangi Batosh massivi 2 sotixli namunali uylarda turaman. Ko‘chamiz yog‘imgarchilik paytida botqoqqa aylanadi, yoz faslida esa tuproq, chang yurib bo‘lmaydi, bolajonlar ham o‘ynash uchun joy topa olishmaydi, murojat qilmagan joyimiz qolmadi, shunga bir amaliy kerak, iltimos shu masalada nima qilsak bo‘ladi, maslahat bering iltimos.
Assalomu alaykum savolim shundayki biz taxminiy summa kiritayapmiz. Agarda bizni taklifimizning harajatlari bu summadan oshib ketgan holatda nima bo‘ladi?
2. Gaz ta'minoti bn taminlanish bo‘yicha ham taklif kiritsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum 10-fevral kuni tashabbus qoldirdim talabaman xali ovoz yigʻmadim qolib ketadimi endi
koinot sirlariga qiziqsangiz https://t.me/koinot_tilsimi kanaliga marhamat
Utkir Salaxiddinov
Сайт умуман ишламебди
Utkir Salaxiddinov
3 кун уриндим фойдаси булмади
Динара
Махалла вазирини ИИБ га утказиш бу духтирни уқтувчиликка утказишдек иш бупти👎жиннилик хам бет билан
Ovoz berish qanaqa bo'ladi
Show next 100 comments