Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 29 more comments
Tashabbusni qayerga yozib qoldiramiz tushunmadim
Sherzod Ishonqulov
Assalomu alaykum Hushnudjon yaxshimisiz? Men Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Yangi Batosh massivi 2 sotixli namunali uylarda turaman. Ko‘chamiz yog‘imgarchilik paytida botqoqqa aylanadi, yoz faslida esa tuproq, chang yurib bo‘lmaydi, bolajonlar ham o‘ynash uchun joy topa olishmaydi, murojat qilmagan joyimiz qolmadi, shunga bir amaliy kerak, iltimos shu masalada nima qilsak bo‘ladi, maslahat bering iltimos.
Assalomu alaykum savolim shundayki biz taxminiy summa kiritayapmiz. Agarda bizni taklifimizning harajatlari bu summadan oshib ketgan holatda nima bo‘ladi?
2. Gaz ta'minoti bn taminlanish bo‘yicha ham taklif kiritsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum 10-fevral kuni tashabbus qoldirdim talabaman xali ovoz yigʻmadim qolib ketadimi endi
koinot sirlariga qiziqsangiz https://t.me/koinot_tilsimi kanaliga marhamat
Utkir Salaxiddinov
Сайт умуман ишламебди
Utkir Salaxiddinov
3 кун уриндим фойдаси булмади
Динара
Махалла вазирини ИИБ га утказиш бу духтирни уқтувчиликка утказишдек иш бупти👎жиннилик хам бет билан
Ovoz berish qanaqa bo'ladi
Равон
Ассалому алейкум. Йулларимиз умуман талабга жавоб бермайди, качон йулларимиз равон булади.
ДИЁРАБОНУЙИМ 👨‍👩‍👧
Ассалому алайкум хаммага хайрли кеч, ман бундек лойихада биринчи марта катнашяпман,мангаям ургатворинглар коидаларини илтимос
Булар нима хам хал қилиб беришади олди қошди гапларди гапиришади амалда хеч нима бўлмайди
Assalomu alaykum. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Fayzobod mahallasidan katta ariq (latok) oʻtgan oʻshaning koʻprigi bor edi hozir temir beton plitalar sinib ancha abgor ahvolga kelib qolgan. Oʻshani ustidan mashinalar oʻtar edi hozir oʻta olmayapti oʻshani qaytatdan taʼmirlab berishlarini soʻrab qolaman.
Reply

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
17:25
Assalomu alaykum 10-fevral kuni tashabbus qoldirdim talabaman xali ovoz yigʻmadim qolib ketadimi endi
Javob kutib qolamiz
Assalomu alaykum! Savol bor edi.
Tashabbus loyixa kiritganman. Maxalla va maktabdan kutubxona qurush loyixa qiymati 950000000 so'm 1-bosqich 21-fevralda yakunlanar ekan. 2-bosqichda tuman Deputatlari ko'rib chiqar ekan. Ular maqul topsa 3-bosqichda ovoz to'plash bosqichida ishtirok etar ekan tashabbusim. Savolim shundan iboratki qanday xolatda tashabbus loyixam inkor qilinishi mumkun tartibi bormi. Xaqiqatdan xam Maxalladaxam maktabdaxam kutubxona yo'q. Xali inkor qilinmadi lekin o'tgan 2021-yilda ko'plab tashabbuslar inkor etilgan ekan. Javob uchun oldindan raxmat.
РГФ
ИЛТИМОС БИЗНИНГ ЛОЙИҲАМИЗ ҲАМ ҚОЛИБ КЕТМАСИН
Asanbaev Quwanish
Assalawmaaleykum. Men Asanbaev Quwanish Qoraqolpogiston Respublikasi Qongirot tumanida turaman. Menin tashabushim shundaki va men iltimos qilardimki. Shu pulga yangi ish orni oshsak va 10ta odam bolsin 20ta odam bolsin ishga olsak. Va usha 20taning oilasi puldan qiynalmas edi dep oylayman.Shu bilan hozirda eng mukammal muammo bu ishsizlikdir
Assalomu alaykum! Barcha bosqichlarni sanalari va qanday tartibda òtishi bilan batafsil tanishtirib ketlisin. Biz ham tashabbus kiritganmiz talaba sifatida, qolib ketmaylik. Qòllanmasini òqiganmiz, lekin eshitsak yana ham yaxshiroq bòlar edi
Show next 100 comments