Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Юқорида Обиджон жуда тўғри езибди Ўғил боллар ишга чиқиш мумкин лекин қизлар ишга чиқишолмайди ўқув курсларини айтмаса хам бўлади боришга агар отаонаси ўқимаган бўлса оддий ишда ишласа .......
Hammaga salom. Men Moynoq tumanidan. Maktablarga (televizor oquvchilarga kimyoviy jarayonlarni korsatish juda qulay). Shuni har bir maktabda kimyo xonasida bolsa yaxshidi. Shu loyixani Moynoq tumani 1 maktab dan boshlasak. Ham shuni har bor maktabda bosa kimyobiy jarayonlarni tushintirish yaxshi bolardi.
Assalomu alaykum barchaga! Men Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Bog'olon mahallasidagi Zulfizar ko'chasida turaman. Ko'chamiz 80 yillarda asfalt qilingan. Hozir judayam yomon ahvolda. Gaz masalasiku mayli, toshko'mir-suyultirilgan gaz bor. Hech bolmasa shu ko'chalarni obodonlashtirish, tranfmasfarmator masalasini korib berishini mutassadilardan iltimos qilib qolardik
............................... "63*/*99"
Agar bu mablagʻni yoshlarni ish bilan band qilish uchun biror bir kichikroq biznes loixa orqali tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga ishlatilsa biz kabi hayotda oʻz oʻrnini topishga qiynalib yurgan yoshlarni bandligi taʼminlanib notoʻgʻri gʻoyalar taʼsiriga tushib qolish va yana shunga oʻxshash notoʻgʻri yollarga kirib ketishdan saqlanishiga juda katta yordam boʻlgan boʻlardi . Bizning qishloqda ishlab chiqarish kamligi hissobiga talaygina yoshlar ishsiz boʻlib zabardast oʻgʻlonlar chet el mamlakatiga ishlash uchun chiqib ketishmoqda xotin qizlar esa yollanma ishchi boʻlib qora mexnat orqali oila tebratishmoqda bu yoshlarning deyarli 65 %i qoʻlida xunari bor lekn muqim ish oʻrniga ega emas shu va shunga oʻxshash muammolar sababli yoshlarimiz notoʻgʻri gʻoyalar taʼsiriga tushib qolish xolatlari kuzatilib turipti biz yoshlarga qishlogʻimiz xududida bir sex tashkil boʻlib unda yetarlicha ishchi oʻrni yaratilsa ajratilgan sarmoya besamar ketmagan boʻlardi. Siz koʻz yugurtirib oʻqib chiqqan gʻoya mening orzularimni bir qismi edi eʼtiboringiz uchun raxmat.
Assalamu aleykum! Savolim shundan iboratki, aytilmoqchi bo'lgan muammo qanday tarzda bo'lish kerakligini nizomini ham telegram kanalingizga tashab bersangiz. Yetarlicha ma'lumotlarga ega emasmiz, ochiqroq va tushunarli ma'lumotlar qoldirsangiz! Iltimooooos...
шухрат сиддиков
Мактабларга мини стадион лар куриш зарур хозир. 1500 бола укийдиган мен ишлайдиган мактабда 9/18 спортзал бор холос.
𝑻𝑶𝑮'𝑨𝒀𝑬𝑽 𝑶𝑩𝑰𝑫
Assalomu alaykum Talabalar stipendiyasi kurib chiqilsa yaxshi bular edi. Biz qancha urinmaylik foydasi bulmadi, Men Garand asosida o'qiyman xop tushundikki davlatga kontrakt tulamayman xop keyinchi Bir oyda 5 lik stipendiya 621000 so'm 1.Kvartera turaman 250000 so'm 2. Ingliz tili markazga boraman 300000 so'm 3. 71000 so'm bu 1 oyga Taksiga ham yetmaydi azizlarim. Xop nima qilamiz endi pul yo'q bitta yuli bor o'qishni tashlaymiz Mardikor bozorga chiqamiz keyin pul topamiz bir kunda 150000 so'm topsak, bir oyga 4500000 so'm. Xop shunday pul topar ekanmiz nima qilamiz o'qib. Siz Rahbarlarga tushunmasdan qolyapmiz, oldingi tizim yaxshi ediku. 3, 4, 5 baho tabaqalashgan stipendiya, Menga shaxsan juda yaxshi edi hamma narsaga yetar edi. Yaxshi o'qib 5 yoki 4 ga yopsak hammasiga yetardi. Xozzir nima buldi kontraktlarga o'qishni qizig'i yuq mazza xoxlasa keladi xoxlamasa kelmaydi. Grandlar o'qishi kerak fanlardan 30% ni 3 baho olsa tamom 6 oylik stipendiya yo'q eeeeeee Gap yo'q👏 Ta'lim sifatini uylab kurdinglarmi uzi. Karrupsiyani yo'qotamiz deb karrupsiyani avj olishiga yul bu. Davlat bizga bermaydi Lekin biz ..... mana shu yaxshi to'g'rimi.
Bu shunchaki ,og'izdagi gap bolib qoladi haqiqat hech kimga yoqmaydi berilayotgan talabalarga imkoniyatlarni boriga shukur spendiyalarni oshirish kk yoki kantrakt summasi hop tushurmang yotoqxonani yoki uy egasi bn shartnomani yolga qoyishni sorayman. U pul yana qaysidir tumanlarga beriladi Yana..... Hammayoq tanish bilish🤣
шухрат сиддиков
Интернет оркали муаммо киритиш ва имзо йигиш кийин буляпти соддалаштириш усули йукми
Yoq Xushnudbek botidan bir narsa keldi
Ман ташаббус курстганман овоз бериш качон бошланади
Ассаломалайкум мени саволим бор Эди бу ташаббус факат талабалар учунми ёки бошкалар хам таклиф берса буладими
Assalomu alaykum
Shu portaldan ro'yhatdan o'tishda sms kod kelmayapti.
Yoki qaysidir mobil operatorlarga cheklovlar bormi? Men ums da sinab ko'rdim.
Илтимос жавоб ёзинг
хаммаси курсатилгану овоз бериш качонлиг
бу ташаббус хамма ёшдаги фукоролар учун
ёш танламайди
Assalomu alaykum hurmatli jamoa.Yuqoridagi fikrlarga qo'shilamanalbatta ta'lim sifatini oshirish eng katta muammo,yoshlar o'qib o'rganishi uchun barcha shart sharoit hamma maktablarda ham yaxshi emas.Maktab kutubxonalari talabga javob bermaydi,badiiy adabiyotlar yetarli emas ,bori ham juda sifatsiz imlo xatolarga to'lib yotibdi.Kutubxonachilar maoshi juda kam belgilangan.Darsliklar kutubxona fondining asosiy qismini tashkil qiladi.O'zbek adabiyoti durdona asarlarini ham boshqa tillardagi tarjimalari umuman yo'q, bori ham juda eski.Angren shahar 14-maktabda kutubxonachi vazifasida ishlayman o'quvchi soniga nisbatan badiiy adabiyotlar juda kam.Maktab kutubxonalariga alohida e'tibor berilsa ,bugungi kun kitobxonlariga zarur mavzuga old adabiyotlar ham ajratilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi deb o'ylayman.Maktab kutubxonalariga alohida jixozlar ajratilsa ,kitob javonlari ,o'quvxonalari kengaytirilib kompyuterlar,nusxa ko'chirish uskunalari ajratilsa juda ham yaxshi bo'lar edi .
Man ovoz toʻplomayapman biladiganla lich yozvorila
Turdiboyeva Gulnoza Boymuratovna BT/ 23 BTS 101 BT/23 BTS 101
Assalomu alaykum yuqoruda kutubxona masalasiga qòshilgan xolda talabalarni xam ishga joylashishiga yordam bersalaringiz nur ustiga alo nur bòlardi
Show next 100 comments