Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади
Ёдингизда бўлса,
openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг
1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.
Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам
эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган
50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.
Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага,
13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.
Спикерлар:
—
Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
—
Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори
Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Faqat shaharni emas , qishloq joylardan shaharga boradigan yoʻlni (chunki qishloqda blogger va muxbir yoʻq ahvol esa ogʻir , achinarli, )
Murojaatim shundan iboratki savollarga aniq javob berishlarini va olib qochishlar boʻlmasligini soʻrab qolgan holda savol va oʻz fikrimni aytaman
Hozirgi kunda sportga juda katta etibor berilmoqda , sport uchun koʻp mablagʻlar ajratilmoqda va koʻp etibor berilmoqda lekin dunyo talabi boʻyicha ilmga etibor bergan holda fanlarni yuksaltirish va chet davlatlardan yangi texnologiyalar va gʻoyalar olib kelish uchun koʻproq mablagʻ ajratilsa keyingi va hozirgi yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar yoʻllarini ochishga sabab boʻlishi mumkin deb oʻylayman
Yoshlarni chet davlatlar ga joʻnatish uchun ham ajratilayotgan mablagʻlarni bir necha barobar oshirib grantlarni koʻpaytishlarni taklif qilmoqchiman
Takliflar uchun javoblarni kutib qolaman javoblar uchun rahmat oldindan
Ishlarizga omad va rivoj tilayman
(yuqoridagi postga izoh)
Savol 1 trlyon som tuman byudjetimi
Taklif 1 trlyon tuman budjeti bolsa har bir tuman kesimida tumanda nechta mahalla bolsa shunga teng bolib berilsa va mahallaga tegishli sumani mahalladagi muammoni organib ochiq ovoz berish yoli bilan jhisoblab hal qilinsa yahshi bolardi
Savol 1: tanlov bir hududda (tuman)gi loyihalar o'rtasida bo'ladimi?
Savol 2: loyiha summasi g'olib bo'lgandan keyin tashabbuskor tomonidan oshirishilishi yoki mas'ul shaxslar tomonidan kamaytirilishi mumkinmi?