Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Savol: Tashabbusga ovoz berish tartibini yaxshilab tushintirib berishsa yaxshi bo'lar edi.
Xushnudbek aka bizda o'tgan yili majburiy ovoz berish choralati ko'rilgan. Bu tashabbusga ovoz berish orqali. Bunaqa holatlarni oldini olish chorasi yoki qonuni bormi
Tarix
Hech boʻlmasa yoʻllarni ta'mirlash kerak
Faqat shaharni emas , qishloq joylardan shaharga boradigan yoʻlni (chunki qishloqda blogger va muxbir yoʻq ahvol esa ogʻir , achinarli, )
Maktab uchun informatika sinfiga komplekt komputer va jixozlariga pul so'rab yozganmam shu murojaatim qabul qilinadimi?
Abdulazizxon Abdumalikxon
Assalomu alaykum Xushnud aka sog'liklaringiz yaxshimi sizni muxlisingizman men Jizzax shahri Sh.Rashidov tumanida turaman,bu loyihada ishtrok etishni juda hohlardim hozirda talabaman,2nafar farzandim bor men avvalo onaman taklifim shundan iboratki mahallamiz kattagina orqa ko'chamiz ,,Olmazor city ,,1farzandim yaqinda 4yoshga to'ladi men ona sifatida uni biron bir sport bn shug'ullanishini juda hohlardim ammo bizning mahallamizda ham city da ham bu uchun sharoit yo'q hich qanday yoshlar dam oladigan,sport bn shug'ullanadigan joylar yo'q bu atrofda uzoqlari esa ancha uzoqda agar shu atrofda bo'lsa mahallamiz bolalari juda hursand bo'lishardi hammalari qatnashishardi juda ko'p yoshlar bekor qolishyapti,dam olish kunlari qayerga borishni bilmay hamma har yoqda biz mahalladoshlarimiz bn shu fikrni qo'llab bizga yordam berishlaringni kutip qolamiz.Agarda bundanda muammoliroq masalalar bo'lsa ham biz hafa bo'lmaymiz,hatolar uchun uzur,rahmat.
Assalomu Aleykum Xushnud aka yaxshimisiz men Doston Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasiman
Murojaatim shundan iboratki savollarga aniq javob berishlarini va olib qochishlar boʻlmasligini soʻrab qolgan holda savol va oʻz fikrimni aytaman
Hozirgi kunda sportga juda katta etibor berilmoqda , sport uchun koʻp mablagʻlar ajratilmoqda va koʻp etibor berilmoqda lekin dunyo talabi boʻyicha ilmga etibor bergan holda fanlarni yuksaltirish va chet davlatlardan yangi texnologiyalar va gʻoyalar olib kelish uchun koʻproq mablagʻ ajratilsa keyingi va hozirgi yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar yoʻllarini ochishga sabab boʻlishi mumkin deb oʻylayman
Yoshlarni chet davlatlar ga joʻnatish uchun ham ajratilayotgan mablagʻlarni bir necha barobar oshirib grantlarni koʻpaytishlarni taklif qilmoqchiman

Takliflar uchun javoblarni kutib qolaman javoblar uchun rahmat oldindan
Ishlarizga omad va rivoj tilayman
Pul nimalar qilmaydi deysiz, Xushnudbek
(yuqoridagi postga izoh)
Savol va taklif
Savol 1 trlyon som tuman byudjetimi
Taklif 1 trlyon tuman budjeti bolsa har bir tuman kesimida tumanda nechta mahalla bolsa shunga teng bolib berilsa va mahallaga tegishli sumani mahalladagi muammoni organib ochiq ovoz berish yoli bilan jhisoblab hal qilinsa yahshi bolardi
Ассалому алайкум. Ташаббусли бюджет элчиси бўлиш учун сиртқи таълим шакли талабаси бўлса ҳам ҳисобга олинадими?
Яна бир савол. Ташаббусли бюджетда ғолиб бўлган ташаббусни маблағлари тийин тийинигача МАҚСАДЛИ йўналтирилишини ким, қайси ташкилот назорат қилади. Ўтган йили бизнинг туманда бизнинг маҳаллани асфалтлаш ташвббуси ғолиб чиқди. Ноябр бошларида бир хусусий йўл қурилиш фирма (бу бўйича шаффоф тендер ўтказилганига шубҳам бор, чунки фирма рахбари ҳокимятда маҳаллалар бўйича катта масъул шахсни укаси эди.) Хуллас ажратилган маблағга яраша мен ўзим бошқа фирма мутахасисидан смета, форма т2 қилдириб қўйгандим синаш учун. Ажратилган маблағга ҳамма бошқа харажатлари (ққс, техника, ишчи кучи, ҳом ашё вахоказо)ни ҳисобга олган ҳолда 240 тонна асфальт босиши керак эди. Ва якунда аниқладимки, 200 тонна асфаль босиб кетди. Қалилиги 0.5 см бўлиши керак асфальт 0.3 см бўлди. Мана биринчи қиш фаслидан айрим жойлари кўчишни бошлади.
Baxtiyor Ganiyev
Assalomu aleykum.
Savol 1: tanlov bir hududda (tuman)gi loyihalar o'rtasida bo'ladimi?
Savol 2: loyiha summasi g'olib bo'lgandan keyin tashabbuskor tomonidan oshirishilishi yoki mas'ul shaxslar tomonidan kamaytirilishi mumkinmi?
Тангиров Абдурасул
Эшитишимча,овоз бериш жарайонидан офлайн овоз бериш чикариб ташланар эмиш,таклифим буни колдириш керак,чунки юртимизда хамма жойда 100 фоиз интернет ишламайди,кейин овоз бериш истагида булган отахон ва онахонларнинг барчасида мобиль телефони йук,масалан бит
Тангиров Абдурасул
Эшитишимча овоз бериш жарайонидан офлайн овоз бериш чикариб ташланар эмиш, таклифим буни колдириш керак, чунки юртимизда хамма жойда 100 фоиз интернет ишламайди, кейин овоз бериш истагида булган отахон ва онахонларнинг барчасида мобиль телефони йук, масалан битта оилада 6киши яшаса,иккита телефон б
Тангиров Абдурасул
Иккита телефон булиши мумкин,кишлоги учун овоз эберишни хохласа колган 4 таси нима килсин,ахир овозлар сони хисобга олинаяптику
Assalomu alaykum Xushnud aka, men openbudget' dasturi boʻyicha tashabbus bilan chiqqandim. Murojaatimning mazmuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega yoʻlning abgor ahvolda ekanligi haqida edi. Shu yoʻlni tuzatish haqida yozgandim. Menga bir kundan keyin aloqaga chiqishdi va bu yoʻl davlat tasarrufidagi yoʻl xohlasa taʼmirlaydi xohlamasa yoʻq, Biz shahardagi ichki yoʻllarga javob beramiz, agar bu tashabbusingiz gʻolib chiqsa ham biz buni qilolmaymiz deyishdi. Keyin siz kiritgan summa ham kamlik qiladi deyishyapti. Shu haqida ham maʼlumot bersangiz. Yoʻlimizni shunaqa loyihalar orqali tuzatolmasak, tumanimiz xodimlari bu yoʻlni taʼmirlash bizni qoʻlimizda emas desa, Davlatni oʻzi toʻgʻirlamasa kim bunga javobgar oʻzi, yo chet elliklar koʻp oʻtishadi oʻshalar toʻgʻirlashsinmi?!
Сайдазимова Наима
Тангиров Абдурасулни фикрларига кушиламан
Assalom Xushnudbek aka. Sizga habar yo'llash uchun biron bot yoki akaunt bormi.
Abdurashid
Xushnud aka bu platformaga roʻyhatdan oʻtib taklif qoldira olmayapman. Menimcha xalqqa taklif qoldirishga oddiyroq tizim qilish kerak. Yana Namangan viloyat moliya boshqarmasi telefonlari eʼlon qilindi bu boʻyicha ammo u vallomatlarni telefon go'shagi hech koʻtarilmaydi yo ish vaqtida yo kechqurun. Kimda agar taklif chiqsayu aytolmasa nimaga kerak bu tizim.
Abdurashid
Asli bizaga hech qanday gʻoliblik kerak emas obodlikka hissa qoʻshamiz deb intilamiz lekin faqat internet orqali nega oddiy Call tizim orqali taklif berib boʻlmaydi. Oʻzgartirish kerak tizimni
_______
Avazbek
Яна бир савол. Ташаббусли бюджетда ғолиб бўлган ташаббусни маблағлари тийин тийинигача МАҚСАДЛИ йўналтирилишини ким, қайси ташкилот назорат қилади. Ўтган йили бизнинг туманда бизнинг маҳаллани асфалтлаш ташвббуси ғолиб чиқди. Ноябр бошларида бир хусусий йўл қурилиш фирма (бу бўйича шаффоф тендер ўтказилганига шубҳам бор, чунки фирма рахбари ҳокимятда маҳаллалар бўйича катта масъул шахсни укаси эди.) Хуллас ажратилган маблағга яраша мен ўзим бошқа фирма мутахасисидан смета, форма т2 қилдириб қўйгандим синаш учун. Ажратилган маблағга ҳамма бошқа харажатлари (ққс, техника, ишчи кучи, ҳом ашё вахоказо)ни ҳисобга олган ҳолда 240 тонна асфальт босиши керак эди. Ва якунда аниқладимки, 200 тонна асфаль босиб кетди. Қалилиги 0.5 см бўлиши керак асфальт 0.3 см бўлди. Мана биринчи қиш фаслидан айрим жойлари кўчишни бошлади.
ака бизда хам худди шундай булди 1ойга бормай бузила бошлади ,мен
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТРАНСПОРТ ВАЗИРЛИГИ ҲУЗУРИДАГИ ЙЎЛ-ҚУРИЛИШ ИШЛАРИ СИФАТИНИ НАЗОРАТ ҚИЛИШ ИНСПЕКЦИЯСИ ариза бн чиккандим кайта устидан асфальт бостиришди
Show next 100 comments