Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
OYLIK QACHON OSHADI?
OYLIK QACHONDAN KOTARILADI?
Assalamu aleykum men shu dasturda ozmahallamni obod mahallaga kirgizish taklifi bilan chiqdim endi unga qanday ovoz berishadi shu haqida batafsil tushuntirib otishsa taklifni kim korib kim ovoz beradi va saytda yoriqnoma ham bolish kere sal tushuncha hosil bolishi uchun kopchilik bu tizim haqida bilmayda nega OAV bu haqida kop gapirilmayapti
Ассалому алайкум хаммага бизда муамоларни кул билан санаб охирига йетаолмайсиз енг кизиги бизни кишлокда якинда асфалт ёткизилди лекин мактабдан 500 метр ёткизилди кучани бошигача 1,5 км жой йул бузилиб ётибди у 500 метр асфалтни кимга кераки бор 🙏🙏🙏
Qishloqqa asfalt qilish kerak deb yozmoqchi edim ammo pulni qancha yozishni bilmayapman. 5-6 km asfaltga qancha mablag kerak deb yozsam buladi
Tizim shafof ishlavotganiga kim kafil
Mardiyeva Jumagul
Assalomu alaykum men bu tizim boyicha royhatdan otmadim lekin murojaatim bor . Bizning qishlogimiz Samarqand viloyati Qoshrabod tumani jonbuloq mahallasi kokqovga qishloģi . U qishloqda boģcha yoqligi sababli bolalar qiynalishayabdi iltimos bizaga ham boģcha qurib berilishini tashkil qilib bersalariz. Men ozim SamDU 2- bosqich talabasiman men u qishloqqa kelin bolib tushdim shu yil ahvol juda oģir qishloqda makdabdan boshqa hech nima yoq. Iltimos bizaga ham yordam qilizlar.
Oqituvchilar oyligini ham alohida oshirmoqchiydi. Yoq bob ketti bu gap sozlar
2021-yil openbudjetdan maktab tamiri uchun 500.000 mln so‘m yutgan edik,lekin shu puldan 100.000 mln so‘m ajratildi, shuni sababini tushuntirib berilar
Ассалому алейкум Хушнудбек ака. Ман бир жиянимнинг муаммоси бўйича ёрдамиз керак. Шу йил Бухоро медицина институтига энг юқори балл билан ўқишга кириб президент стипендиясида номи чиққанди. Лекин халигача стипендиядан дарак йўқ. Президент стипендияси қанча, қачон, қай тартибда, ким томонидан берилади. Шу саволлар бўйича бир мавзу тайёрлаб эълон қилсангиз. Рахмат
Nega beriladigan summa 1mlrd belgilangan shu summa bitta mahallani obod qilishga yetadimi
Bizani mahallaga ajrayilvotgan mablaglarni dasturdan qanday kuzatamiz
Va mablaglar qayerga qancha kim javobgarligida sarflanganligini qsnday bilamiz
Qishlogimizni yo'llari achinarli ahvolda SSSR dan beri asfalt nimaligini bilmaydi bu yollar bizdan oldingi va keyingi qishloqlar obod mahallaga tushdi biz qolib ketdik hammasi korrupsiyani ishi buni korib bilib turib koz yumyatganlar qancha lanatilar.
Кейинги вақтларда шу Хушнудбек ҳам пахтачи бўлиб қолди.....ғалати-ғалати лойиҳалар қиладими-ей
Anora Xursanova
Assalomu alaykum men Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani Keskak qishlig'ida yashayman. Bizning qishloqdagi QVP Juda tamirga muhtoj. Shuni tamirlashga ham pul ajratsalariz
Hujjatlarni kim tekshiradi harajatlar suniy ravishda oshirilib korsatilsa qsnday bilamiz yoki aksi kamaytirib beriladigan summani kam bersachi
Mablagʻlar qayoqqa va nima uchun sarflanayotgani biz uchun muhim albatta shaffof boʻladi degan umiddaman
Koʻproq ishchi oʻrnini koʻpaytirish kerak
Show next 100 comments