Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Oqituvchilar oyligini ham alohida oshirmoqchiydi. Yoq bob ketti bu gap sozlar
2021-yil openbudjetdan maktab tamiri uchun 500.000 mln so‘m yutgan edik,lekin shu puldan 100.000 mln so‘m ajratildi, shuni sababini tushuntirib berilar
Ассалому алейкум Хушнудбек ака. Ман бир жиянимнинг муаммоси бўйича ёрдамиз керак. Шу йил Бухоро медицина институтига энг юқори балл билан ўқишга кириб президент стипендиясида номи чиққанди. Лекин халигача стипендиядан дарак йўқ. Президент стипендияси қанча, қачон, қай тартибда, ким томонидан берилади. Шу саволлар бўйича бир мавзу тайёрлаб эълон қилсангиз. Рахмат
Nega beriladigan summa 1mlrd belgilangan shu summa bitta mahallani obod qilishga yetadimi
Bizani mahallaga ajrayilvotgan mablaglarni dasturdan qanday kuzatamiz
Va mablaglar qayerga qancha kim javobgarligida sarflanganligini qsnday bilamiz
Qishlogimizni yo'llari achinarli ahvolda SSSR dan beri asfalt nimaligini bilmaydi bu yollar bizdan oldingi va keyingi qishloqlar obod mahallaga tushdi biz qolib ketdik hammasi korrupsiyani ishi buni korib bilib turib koz yumyatganlar qancha lanatilar.
Кейинги вақтларда шу Хушнудбек ҳам пахтачи бўлиб қолди.....ғалати-ғалати лойиҳалар қиладими-ей
Anora Xursanova
Assalomu alaykum men Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani Keskak qishlig'ida yashayman. Bizning qishloqdagi QVP Juda tamirga muhtoj. Shuni tamirlashga ham pul ajratsalariz
Hujjatlarni kim tekshiradi harajatlar suniy ravishda oshirilib korsatilsa qsnday bilamiz yoki aksi kamaytirib beriladigan summani kam bersachi
Mablagʻlar qayoqqa va nima uchun sarflanayotgani biz uchun muhim albatta shaffof boʻladi degan umiddaman
Koʻproq ishchi oʻrnini koʻpaytirish kerak
Bu ovozli chatda ham saroy blogeri oʻzi ishtirok etadim
Chekka hudud aholi bandligini oshirish kerak
Assalomu aleykum
Meni taklifim shuki chekka qishloqlarga ham sport boʻyicha etibor qaratilsa yahshi boʻlardi futbol va boshqa sport turlariga shahsan bizani qishloqda sport yoʻnalishlari uchun umuman sharoit yoʻq, Lekin iqtidorli qiziquvchi yoshlar koʻp.
Assalom aleykum yaxshimisizlar sog'liqlariz yaxshimi mahalladan kantirakda o'qiydigan chin yetimlarga yordam bo'ladimi kantiraktiga
Salom Xushnudbek salomatmisiz bizni agbor tumanimizga xam bu mablag yonaltirilsa bolarmikan...bizni agbor yollar sssrdan qolgan bizni kottalar toymayapti shekilli Sirdaryo v Sardoba tumani...
Qishloqlardagi muammolarni organic chiqib pulni o'shanga sarflash kerak deb oylayman.
Keldiyor
Qashqadaryo viloyati chiroqchi tumani Taragʻay qishlogʻiga bitta kutubxona ochib bersalaringiz
Show next 100 comments