Бугун барча ходимлар 1 соат вақтли кетиши керак!

Меҳнат кодекси 121-моддасига биноан, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага ишланмайдиган байрам куни, яъни 9 май - Хотира ва қадрлаш куни. Демак, бугун - барча ходимлар одатдагидан 1 соат вақтлироқ уйига кетишига қонуний ҳаққи бор.

Ҳурматли иш берувчилар, йиллар давомида Меҳнат кодексининг ушбу нормаси кўп жойларда ишламаган бўлиши мумкин, аммо карантин вақтида қонунларга қатъий амал қилиб, барча ходимларингизга 1 соат вақтли жавоб бериб юборишингиз ҳам қонундан, ҳам инсофдан, ҳам виждондан бўлар эди!


👉 @xushnudbek 👈

114 comments

Show 84 more comments
Azizbek
Конун буйича Сиз айтгандек булиши лозим. Аммо амалда факат орзу килиш мумкин.
Ⓑⓐⓗⓞⓓⓘⓡ Ⓡⓐⓗⓜⓞⓝⓞⓥ
Iltimos mehnat kodeksi elektron variantini kanalga qo'ysangiz
Ertaga dam olsak ham shukr qilardik, bugun doimgidek ish vaqti bilan ishlab..
1 soat erta ketgan bilan nima o'zgaradi?
1 соат майлику ишқилиб эртага ишга чақиришмаса хам шукур қилардим.
Assalom alekum Xushnudbek aka men Qashqadaryodanman , òqiw uchun tayyorlanaman , sizga malumki 15 -martdan uzb da karantin elon qilindi . Biz narsalarimizni kvartiraga tawlab uyga qaytdik yuklarimiz qoldi 2 kun oldin kvartirani egasi tel qilib kvartirani pulini berelar dip telefon qilibdi , rosa wantaj qilibdi xullas pul olmoqchi , bu xolatda biz uni sudga beriwimiz mumkinmi yoki insofini bersin dep quyamizmii ? Iltimos javob bersayiz
Kim biladi Xushnudbek akani uzi bn qanday boģlansam bòladi ? Yoki wu yerga yozsam ham òqiydimi
Iloji bormikan ? Siz xar safar yozasiz lekin foydasi bolsa qani
Hushnud aka har safar erinme shu mehnat huquqi boyicha post qilasiz. Biroq bu huquqlar faqat qogozda bolsa nima keregi bor))))) Fransiyada ish vaqtidan song rahbar xodimiga tel qilsa javobgarlik bor. Sababi bu holat xodim asablariga qattiq tasir qilar ekan. Fursatdan foydalanib ozbek ishchilari asablariga kuch quvvat tilab qolaman😄😄😄😊😊😊
Assalomu alaykum! Raxmat aka haqiqatni koʻtarganiz uchun! Amalda...
Х.Н Мусаевич
Хаммаси эртак ким шундай талап килаолади
O'KTAM
Ertaga dam bersa ham mayli bugundi quyivring
hammaga dam bo‘lsa ham Bank xodimlariga dam yo‘q bu aniq chunki bankirlar dam olsa maxallada kim yuradi, soliqlarni kim yig‘adi, axolini tomorqasini kim monitoring qiladi
Bugun amallab uyga yetib olarmiz lekin erta-indin...😅robotlashib ketmasak bo'ldi.
NEVER GIVE UP
Qaysi zamonda ekanbu
Qahramon Norqobilov
1 soat oldin ketib qolsang
1 Ishdan ketasan
2 Boshliq senga qarshi chiqadigan bo'lib qoladi xullas nima salbiy narsa bo'lsa senga yog'lishni boshlaydi
Эрта кетсанг бошлиққа ёмон кўринасан.у бу десанг айб излаб ишдан бўшатиш пайига тушади.шу СССР нинг одамларини амалга қўйсанг шу ахвол мустақиллик дан кейинги ёшларга хам имкон бериш керак.(СССР деганим хаммага хам тегишли эмас.)
A.B.O
Avvallari ketsa boladi deb yozardi Xuwnudbek

Zerikdi wekilli ketiw kere deb yozib qoldi
Bo‘ladigan gapni yozing aka......, shunday yozingki (agar dux yetsa), shu yozilganlar biron narsani o‘zgartirsin! Afsus bunga sizu bizda dux qayda....Hamma ochko yig‘ish bn ovvora. Eh, aylanay sendan Yangi O‘zbekistonim!
Salom Xushnudbek. Savolim bor edi. Kamolot ipoteka kreditini olib, shu paytgacha daromad solig'i to'lamay keldik. Endi aprel oyidan oylik ish haqimizdan bu soliqni ushlanadigan bo'ldi deyishdi, bu to'g'rimi. Karantinning shunga ta'siri bo'ladimi. Ba'zilar kodeksning muddati o'tgan deyishyapti.
Uzr, murojaat uchun boshqa joy topmadim. Javob uchun oldindan raxmat. Omad yor bo'lsin.
Show next 9 comments