Бугун барча ходимлар 1 соат вақтли кетиши керак!

Меҳнат кодекси 121-моддасига биноан, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага ишланмайдиган байрам куни, яъни 9 май - Хотира ва қадрлаш куни. Демак, бугун - барча ходимлар одатдагидан 1 соат вақтлироқ уйига кетишига қонуний ҳаққи бор.

Ҳурматли иш берувчилар, йиллар давомида Меҳнат кодексининг ушбу нормаси кўп жойларда ишламаган бўлиши мумкин, аммо карантин вақтида қонунларга қатъий амал қилиб, барча ходимларингизга 1 соат вақтли жавоб бериб юборишингиз ҳам қонундан, ҳам инсофдан, ҳам виждондан бўлар эди!


👉 @xushnudbek 👈

114 comments

Show 92 more comments
Iloji bormikan ? Siz xar safar yozasiz lekin foydasi bolsa qani
Hushnud aka har safar erinme shu mehnat huquqi boyicha post qilasiz. Biroq bu huquqlar faqat qogozda bolsa nima keregi bor))))) Fransiyada ish vaqtidan song rahbar xodimiga tel qilsa javobgarlik bor. Sababi bu holat xodim asablariga qattiq tasir qilar ekan. Fursatdan foydalanib ozbek ishchilari asablariga kuch quvvat tilab qolaman😄😄😄😊😊😊
Assalomu alaykum! Raxmat aka haqiqatni koʻtarganiz uchun! Amalda...
Х.Н Мусаевич
Хаммаси эртак ким шундай талап килаолади
O'KTAM
Ertaga dam bersa ham mayli bugundi quyivring
hammaga dam bo‘lsa ham Bank xodimlariga dam yo‘q bu aniq chunki bankirlar dam olsa maxallada kim yuradi, soliqlarni kim yig‘adi, axolini tomorqasini kim monitoring qiladi
Bugun amallab uyga yetib olarmiz lekin erta-indin...😅robotlashib ketmasak bo'ldi.
NEVER GIVE UP
Qaysi zamonda ekanbu
Qahramon Norqobilov
1 soat oldin ketib qolsang
1 Ishdan ketasan
2 Boshliq senga qarshi chiqadigan bo'lib qoladi xullas nima salbiy narsa bo'lsa senga yog'lishni boshlaydi
Эрта кетсанг бошлиққа ёмон кўринасан.у бу десанг айб излаб ишдан бўшатиш пайига тушади.шу СССР нинг одамларини амалга қўйсанг шу ахвол мустақиллик дан кейинги ёшларга хам имкон бериш керак.(СССР деганим хаммага хам тегишли эмас.)
A.B.O
Avvallari ketsa boladi deb yozardi Xuwnudbek

Zerikdi wekilli ketiw kere deb yozib qoldi
Bo‘ladigan gapni yozing aka......, shunday yozingki (agar dux yetsa), shu yozilganlar biron narsani o‘zgartirsin! Afsus bunga sizu bizda dux qayda....Hamma ochko yig‘ish bn ovvora. Eh, aylanay sendan Yangi O‘zbekistonim!
Salom Xushnudbek. Savolim bor edi. Kamolot ipoteka kreditini olib, shu paytgacha daromad solig'i to'lamay keldik. Endi aprel oyidan oylik ish haqimizdan bu soliqni ushlanadigan bo'ldi deyishdi, bu to'g'rimi. Karantinning shunga ta'siri bo'ladimi. Ba'zilar kodeksning muddati o'tgan deyishyapti.
Uzr, murojaat uchun boshqa joy topmadim. Javob uchun oldindan raxmat. Omad yor bo'lsin.
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek aka sizga bir savolim bor edi . Man oshirilgan kontrak asosida institutda 1 kursda o'qiyapman. Oilada yolg'iz onam ishlashligi otam vafot etganliklari uchhun To'lovga oziroq qiynalganligimiz uchun viloyat hokimiga homiylik yoki turli jamg'armalar asosida to'lab berilishini iltimos qilgan edik manga viloyat hokimini 1 o'rinbosaridan javob xati keldi ,,siz vazirlar mahkamasing 2001 yil 26 iyuldagi 318 sonli qaroriga asosan viloyatdagi banklarga murojat qilib talim krediti olishingiz mumkin" deb javob xati berdi Viloyat bankining boshlig'i esa ,, vazirlar mahkamasing 2001 yil 26 iyuldagi 318 sonli qaroriga asosan sizga oshirilgan kontrakda o'qiyotganligiz uchun talim krediti berilishi mumkin emas " deb javob xati beryapdi iltimos menga qonuniy javob bering manga berilgan qaysi javob xati qonuniy kuchga ega chunki ikki yuqori tashkilot ham bir biriga zid javob beryapti. Man aslida homiylik yoki turli jamg'armalar hisobidan to'lab berilishini iltimos qilgan edim. Xushnudbek aka sizdan iltimos qonuniy maslahat bering. Maslahatiz uchun oldindan katta rahmat.
A.A. 𝓤𝓶𝓪𝓻𝓴𝓾𝓵𝓸𝓿
Mexnat kodikisni bir titkilab 1 xaftada uzogi 40 soat ishlatishdan oshig’idan xaqi yoqligi xaqida davlat tekshiruvlarini o’tkazishsa yaxshi bol’larmidi asasan xususiy korxonalarda
Сизни эслатмаларингиздан иш берувчилар анча сергакланиб колишган
Raxmat yaxshi post bulibdi
A.A. 𝓤𝓶𝓪𝓻𝓴𝓾𝓵𝓸𝓿
Budjet tashkilotlar ozgina uyodan buyodan qilib summa qoshib beradi lekin xususiyda birtiyinxam qoshmidi i ish voxting shu voxtgacha deb turvoladida budjet tashkilotda osha atchotlani oz voxtida qilolseng ketor diydi lekin xususiyda buni birortasi qiziqtirmidi i qonunxam qiziqtirmidi ulani
Ra'no ...
Rahbarlar hech qanaqa qonunni inobatga olmay bugun ham ayrim joylarda majburlab ishga jalb qilishyapti. Mana misol uchun "Obodonlashtirish"ga ishga olingan oddiy xalq vakillarini paxta yerlariga olib ketishganini guvohi bòldim. 1ta avtobusda 40 ga yaqin odamni joylab. "Ijtimoiy masofa" degan tushuncha kambaģallarga taaluqli emasmi yoki deb òylab qoldim...
Show next 1 comment