❗️Овозли чатимиз бошланди!

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан тест жараёнларига бағишланган овозли чатимизни бошладик.

Қуйидаги ҳавола орқали тинглашингиз мумкин:

📲 https://t.me/xushnudbek?voicechat


(Телеграм версияси эски бўлса уланмаслиги мумкин, дастурни янгилашингиз сўраймиз)

448 comments

Xolidaxon Rahimjonovna
Xolida:
❓Кимё ва биология, информатика ва ахборот технологиялари йўналишини “қизил”га битирганлар магистратурага имтиҳонсиз кирадими?
#abituriyent

✅ ЖАВОБ: Ҳа, улар имтиҳонларсиз тўлов-контракт асосида қабул қилинади.

2020 йил 12 августдаги ПҚ-4805-сонли Президент қарори билан ОТМларнинг кимё ва биология таълим йўналишлари бўйича имтиёзли дипломга эга бўлган битирувчилари мазкур ОТМларнинг магистратура мутахассислигига қўшимча имтиҳонларсиз тўлов-контракт асосида қабул қилиниши белгиланган.

2020 йил 6 октябрдаги ПҚ-4851-сонли Президент қарори билан эса ОТМларнинг информатика ва ахборот технологиялари билан боғлиқ таълим йўналишлари бўйича имтиёзли дипломга эга бўлган битирувчилари мазкур ОТМларнинг магистратурасига кириш имтиҳонларисиз тўлов-контракт асосида қабул қилинади, дейилган.

Талабалардан шу бўйича саволлар келиб тушаётганлиги учун, мазкур масалага ойдинлик киритиш мақсадида Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан боғландик ва тегишли тушунтириш олдик.

Демак, ушбу имтиёзлар жорий йилдан амалга киритилади. Тартиби қуйидагича бўлади:

1️⃣ кимё ва биология, информатика ва ахборот технологиялари йўналишини имтиёзли дипломга эга бўлган талабалар ўзлари тугатган ОТМ магистратурасининг тегишли мутахассислигига ҳужжат топширади;

2️⃣ сўнгра улар белгиланган тартибда имтиҳонга киришади. Чунки юқоридаги имтиёзлар фақат тўлов-контракт асосида ўқишга кириш имкониятини беради холос. Ваҳоланки, ўша абитуриент балки ўз кучи билан давлат грантига ҳам кириши мумкин. Шу сабабли уни бундай имкониятдан маҳрум қилиш мантиқсизлик бўлади;

3️⃣ абитуриентнинг имтиҳон натижасига қаралади. Агар у давлат грантига кирган бўлса, унда давлат гранти асосида ўқийди ва ўз-ўзидан Президент қарорида белгиланган имтиёз қўлланмайди. Агар у тўлов-контрактга кирган ёки умуман имтиҳондан йиқилган бўлса ҳам, Давлат қабул комиссиясининг қарори билан у ўша магистратура мутахассислигига тўлов-контракт асосида қабул қилинади, яъни унга имтиёз қўлланади.

P.S.: ҳозир шу маълумотларни ёзиш асносида бошқа бир нарсани ўйлаб қолдим, ушбу имтиёз қўлланганда абитуриент квота ичида қабул қилинадими ёки қўшимча квота биланми? Президент қарорида қўшимча квота дейилмаган, демак катта эҳтимол билан улар квота доирасида қабул қилинади. Яна ҳам бу масалага аниқлик киритишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

Shu bo'yicha men o'tgan yili olganman qizil diplomni nima bo'ladi
Biologiyani bitirganman
Oldindan Rahmat javob uchun
Р.Т.К
Asalomalekum yaxshimisiz otish balli nechchi boladi
Assalomu alaykum. Meni savolim shuki, 22-kunlik qancha abituriyentlar OTM larga hujjat topshirganliklari haqidagi statistika nega e'lon qilinmadi. Oxirgi statistika 21-iyul 18:00 da berildi holos. Barcha abituriyentlarni shu savol qiziqtiryapti va barchada shubha uyg'otyapti. O'tgan yili har bir yo'nalishni statistikasini ko'rsatilgan edi. Nega bu yil yo'qb
Асалому алейкум. Узбекистанда 2та университетда бирданига укиш мумкунмт. 1курс тугатдим. Яна бошкасида укимокчиман
❗Iltimos, Xushnudbek aka DTM barcha test sinovlari bo'lib o'tadigan joylarning lakatsiyalarini tashkillashtirib bersin. Navigatorda ham, google xaritada ham aynan topolmayabmiz. Mana shuning dastidan testga o'zvaqtida yetib borolmay, kechikib qolsak nima bo'ladi??? Iltimos savolimni e'tiborga olingizlar. Bu narsa barcha uchun kerak !
Assalomu alaykum. Ushbu savolim Abduqodir Toshqulovga. Iltimos savolimni albatta o'qing. 2021-yil 19-iyulda Muxtaram Prezidentimiz tomonidan 5188 son qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga imtixonsiz o'qishga kirish imkoniyati berildi. Ushbu qarorda 1-avgustgacha oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'quvchilarni o'z yo'nalishlarida o'qishlari uchun Agentlik bilan birgalikda ta'lim yo'nalishlarini belgilash ishlari amalga oshirilishi yozilgan edi. Lekin bugun 3-avgust bo'lishiga qaramasdan ushbu qaror ijrosi haqida biror bir yangilik yoki ma'lumot e'lon qilinmayapdi. Nima uchun? Shu qaror ijrosi yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Shu haqida ham ma'lumot bersangiz. Javob uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum Xushnudbek oka sirtqi talimda miliiy universitetga òqishga kirish uchun òrtacha necha ball tòplash kere shuni sòravorsez oldindan raxmat oka charchamen
Xushnudbek assalomu alaykum. Oliy ta'limda faoliyat yuritayotgan pedagoklar muammolarini ham bir őrganishga xarakat qiling.
Хurshidbek
Titulda boʻyashda chiqib ketsa kod yoki tilda yoki variant raqamida nima bo'ladi
Ee jonga tegdilaring boru ovoz chat kimga kerak, qayerdan a’zo bo’ldim shu gruppaga
Хушнудбек илтимос мени изохимни вазир жанобларига укиб эшиттиринг!!! Assalomu alaykum. Yaqinda magistraturaga imtihonlar boshlanadi. O'zim 2021 yilda magistraturaning "Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi" yo'nalishini tamomladim. Bira to'la ikkinchi magistraturani ham o'qib olish maqsadida magistraturaning "iqtisod" yo'nalishiga topshirdim. Biroz vaqtdan keyin ariza holatini tekshirsam menga shunchaki arizam rad etilganligi haqida xabar qoldirishibdi.
"Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларида иккинчи ва ундан кейинги таълимни олиш тартиби тўғрисидаги низом" ning 2- punktida shunday deyilgan:
"magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o'qishlari mumkin."
Yuqoridagidan bilish mumkinki ikkinchi marta magistraturada o'qishga qonun to'sqinlik qilmaydi.
Bakalavriatrning turdosh yo'nalishlari (o'qishni tiklash va ko'chirish uchun) yoki bakalavriatdan keyin magistraturaga kirishda turdosh yo'nalishlar www.edu.uz saytida berilgan.
Qonunda ko'rsatilgan "turdosh magistratura mutaxassisliklari" qayerda e'lon qilingan? Nahotki men O'zbekiston respublikasida bunday yo'l tutayotgan birinchi fuqaro bo'lsam? Nega magistarturada ikkinchi (va hokazo) marta ta'lim olish ssenariysi haqida o'ylab ko'rilmagan?

Undan tashqari, magistraturada ta'lim kamida ikki yil ekanligi qonunda ko'rsatib o'tilgan. Agar mantiqan o'ylab, men tamomlagan magistarturaga turdosh yo'nalish sifatida qandaydir shartli "Metallurgiya"ni olsak, ikkinchi ta'lim sifatida shu yo'nalishga kirganimda, magistratura ta'lim jarayonida "Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi", "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi", "Amaliy xorijiy til" va "Eksperimentlarni rejalashtirish" kabi umumiy fanlarni yana bir bor o'qishim kerak bo'ladi. Bu menimcha vaqtni (boshqa resurslarni ham) behuda sarflanishi. Shunday ekan, qonunda magistraturani kamida ikki yil ekanligi haqidagi jumlani olib tashlash kerak va o'xshash fanlarni hisobiga yo'qotiladigan bir yilni qisqartirib, "Ikkinchi marta magistraturada o'qiyotganlarga" deb alohida o'qish reglamentini ishlab chiqish kerak.

Undan tashqari, "Milliy rivojlanish modeli"ni yaratayotkan ekanmiz, boshqa MDH davlatlaridan ajralib turish uchun (yoki shunchaki gumanizm nuqtayi nazaridan) bakalavr va magistraturani ikkinchi marta o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga byudjet hisobidan o'qish uchun imkoniyat berish kerak deb o'ylayman. Ya'ni ular o'z xoxishiga ko'ra avgust oyida o'tkaziladigan sinovlarda qatnashishlari kerak. U holda, birinchi marta davlat byudjeti hisobidan ta'lim olgan bo'lsa 3 yil ishlab bergan bo'lishi kerak, shartnoma asosida bo'lsa cheklovsiz ishtirok etishi mumkin bo'ladi.
Statistika qachon chiqadi
Xurshid
Xushnud aka imtihon kuni pasport o'rniga xarbiy guvohnoma bilan borsa bo'ladimi
Show next 100 comments