❗️Овозли чатимиз бошланди!
Олий ва ўрта махсус таълими вазири
Абдуқодир Тошқулов билан тест жараёнларига бағишланган овозли чатимизни бошладик.
Қуйидаги ҳавола орқали тинглашингиз мумкин:
📲 https://t.me/xushnudbek?voicechat(Телеграм версияси эски бўлса уланмаслиги мумкин, дастурни янгилашингиз сўраймиз)
"Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларида иккинчи ва ундан кейинги таълимни олиш тартиби тўғрисидаги низом" ning 2- punktida shunday deyilgan:
"magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o'qishlari mumkin."
Yuqoridagidan bilish mumkinki ikkinchi marta magistraturada o'qishga qonun to'sqinlik qilmaydi.
Bakalavriatrning turdosh yo'nalishlari (o'qishni tiklash va ko'chirish uchun) yoki bakalavriatdan keyin magistraturaga kirishda turdosh yo'nalishlar www.edu.uz saytida berilgan.
Qonunda ko'rsatilgan "turdosh magistratura mutaxassisliklari" qayerda e'lon qilingan? Nahotki men O'zbekiston respublikasida bunday yo'l tutayotgan birinchi fuqaro bo'lsam? Nega magistarturada ikkinchi (va hokazo) marta ta'lim olish ssenariysi haqida o'ylab ko'rilmagan?
Undan tashqari, magistraturada ta'lim kamida ikki yil ekanligi qonunda ko'rsatib o'tilgan. Agar mantiqan o'ylab, men tamomlagan magistarturaga turdosh yo'nalish sifatida qandaydir shartli "Metallurgiya"ni olsak, ikkinchi ta'lim sifatida shu yo'nalishga kirganimda, magistratura ta'lim jarayonida "Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi", "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi", "Amaliy xorijiy til" va "Eksperimentlarni rejalashtirish" kabi umumiy fanlarni yana bir bor o'qishim kerak bo'ladi. Bu menimcha vaqtni (boshqa resurslarni ham) behuda sarflanishi. Shunday ekan, qonunda magistraturani kamida ikki yil ekanligi haqidagi jumlani olib tashlash kerak va o'xshash fanlarni hisobiga yo'qotiladigan bir yilni qisqartirib, "Ikkinchi marta magistraturada o'qiyotganlarga" deb alohida o'qish reglamentini ishlab chiqish kerak.
Undan tashqari, "Milliy rivojlanish modeli"ni yaratayotkan ekanmiz, boshqa MDH davlatlaridan ajralib turish uchun (yoki shunchaki gumanizm nuqtayi nazaridan) bakalavr va magistraturani ikkinchi marta o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga byudjet hisobidan o'qish uchun imkoniyat berish kerak deb o'ylayman. Ya'ni ular o'z xoxishiga ko'ra avgust oyida o'tkaziladigan sinovlarda qatnashishlari kerak. U holda, birinchi marta davlat byudjeti hisobidan ta'lim olgan bo'lsa 3 yil ishlab bergan bo'lishi kerak, shartnoma asosida bo'lsa cheklovsiz ishtirok etishi mumkin bo'ladi.