Шавкат Мирзиёев: олийгоҳларда плагиатликка чек қўйиш зарур

ЎзА мухбирининг хабар беришича, янги ўқув йилидан бошлаб барча олийгоҳларда плагиат ва илмий ғояларни ўзлаштиришни аниқлайдиган илғор ахборот дастурлари жорий қилинади.

Президент бу борада Олий ва ўрта махсус таълим ҳамда Ахборот-коммуникация технологиялари вазирликлари мутасаддиларига топшириқлар берди.

Яна бир муҳим масала – бирорта олийгоҳ нуфузли халқаро адабиётлар базасига уланмаган, улардаги адабиётларнинг электрон кўринишга келтириш даражаси эса 35 фоизга етмайди. Масалан, Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институти, Наманган муҳандислик-қурилиш институтида – 17 фоиз, нуфузли ҳисобланган Тошкент кимё-технология институти ва Тошкент молия институтида – 18 фоиз адабиётлар электрон шаклда.

Шунинг учун, 1 августдан бошлаб олийгоҳларга ўзларининг кенгашлари тавсиясига кўра, хорижий давлатлардан ўқув ва илмий адабиётларни тўғридан-тўғри харид қилиш ваколати берилади.

Йиғилишда хориждан олиб келинадиган ўқув ва илмий адабиётларни божхона тўловларидан озод қилиш бўйича таклиф киритиш, йил якунигача 102 та олий таълим муассасалари кутубхона фондидаги 4 миллионга яқин адабиётларни тўлиқ электрон шаклга ўтказиш ва мутахассислик ўқув дарсликларини 2 бараварга кўпайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Шунингдек, 1 сентябрга қадар барча олийгоҳлар кутубхоналари ягона тизимга уланиб, талабалар ва тадқиқотчилар учун туну кун фойдаланиш имконияти яратилади.


👉 @xushnudbek 👈

158 comments

Show 13 more comments
Oliygoh so'zi xato deb olib tashlangan edi-da. Shuni o'zgartirgan yaxshi emasmikan...
O'zbekiston Terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqibdi va Chempion bo'libdi shuning bilan ertagimiz tugadi degan ekan Uyg'onib ketibman😆 bu yaramaslar tuwimdayam erte bo'lib kiriwimdi))


mavzuga qaytse Plagiatlini yo'qotish uchun o'zimizda tizim yaxshi bo'lish kere
Malika
Assalomu aleykum
Perevodlar haqida malumot beroliszmi
Lekn tan olish kerak 80 foiz uquvchilar kutubxonadan foydalanishmaydi
Kasimova.
Kvotalar qachon e'lon qilinada ?????
Sardor Kabilov
Zör
Яхши янгилику. амалда корсак жуда яхши буларди.
ᅠ ᅠᅠᅠᅠ
Ҳаммаси бир тийин
yaxshi qaror bo`libti albatta amalda ishlasa
Bu yilgi bitiruvchilarga qanday imtiyozlar berdi
Allohga shukrki nihoyat shu qarorlar ham boʻlibdi yaqinda Algoritm va Data structures fanlarini o'rganish (FAANG kompaniyalariga kirish uchun) uchun manba qidirishni boshladim lekin bir kitob 53 $ edi Amazon booksda men uni sotib olishga qurbim yetmasdi agar olmoqchi boʻlsak ham u o'zbeksitonga yetkazib berilmaydi. Endi shu paytda shunday bir tizimda oqiyotganimdan afsuslandim hatto bizni universitetda bu mashhur kitobni bilishmasa ham kerak bizni AQSHlik talabalardan nima kam joyimiz bor ular uchun bu kitoblarni topish juda oson biz uchun imkonsiz shu masalasini chuqur oʻrganish kerak bu kelajakda 1 qadam.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka mana bu elonda aytilgan 9 ta nodavlat oliygohlari haqida kanalizga malumot bering 👇
"Бу йил илк маротаба 9 та нодавлат олийгоҳларда 22 та йўналишда талабаларни ўқитиш учун 500 та давлат гранти ажратилади."
Assalomu alaykum. Yangiliklar juda kattaku, inshoolloh talabalarimizning xorijiy adabiyotlarni o'rganish orzusi amalga oshadigan bo'libdi!!!!

Manashu yangi qaror loyihasini ishlab chiqqan insonlardan juda minnatdormiz. Ilohim barchalarini olloh panohida asrasin, martabalarini yanada baland qilib, doimo xalq xizmatida bo'lishliklarini nasibu ro'z aylasin!!!!
Endi óqimishlilarning zamoni keldi
Man tushunmadm qabul jarayonlari 5 kun muddatda bowlanadi deyishibdi qabul jarayoni faqat 5 kunmi yoki 5 kundan keyin boshlanadimi
Yo bizaga hokimlarimiz maza qisa boldi
MYU & Real Madrid
Yaxshi fikrlar bo'libdi
Ammo Xushnudbek aka yotoqxona bilan ta'minlash yechimi hali ham maqbul emasku? Toshkent shahrida ijarada turadigan talabalarga yarim narxi to'lab beriladi deyishgandi. Ammo unda avvalo daftarga kirgan, ijara shartnomasi bor va u ham belgilanmagan summadan oshmagan bo'lishi kerak va falon talablar qo'yilibdi. Men masalan 3 ta kontrakt uqiydigan oiladanman lekin daftarga kirmayman, Toshkentda ijarada turaman, ammo qonuniy shartnoma yo'q, chunki shartnoma qilinsa yanada kvartira narxi oshib ketadi, Shunday qilib bizga ajratilmadi ham. Auksion orqali yer ajratilib xususiy yotoqxona qursalar ham u qachon bitadi ? Yoki unday xususiy yotoqxonalar bizda qiynalgan talabalarga nima foyda bera oladi ? Umuman qimmat bo'ladi qaytamga.
Show next 100 comments