Шавкат Мирзиёев: олийгоҳларда плагиатликка чек қўйиш зарур

ЎзА мухбирининг хабар беришича, янги ўқув йилидан бошлаб барча олийгоҳларда плагиат ва илмий ғояларни ўзлаштиришни аниқлайдиган илғор ахборот дастурлари жорий қилинади.

Президент бу борада Олий ва ўрта махсус таълим ҳамда Ахборот-коммуникация технологиялари вазирликлари мутасаддиларига топшириқлар берди.

Яна бир муҳим масала – бирорта олийгоҳ нуфузли халқаро адабиётлар базасига уланмаган, улардаги адабиётларнинг электрон кўринишга келтириш даражаси эса 35 фоизга етмайди. Масалан, Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институти, Наманган муҳандислик-қурилиш институтида – 17 фоиз, нуфузли ҳисобланган Тошкент кимё-технология институти ва Тошкент молия институтида – 18 фоиз адабиётлар электрон шаклда.

Шунинг учун, 1 августдан бошлаб олийгоҳларга ўзларининг кенгашлари тавсиясига кўра, хорижий давлатлардан ўқув ва илмий адабиётларни тўғридан-тўғри харид қилиш ваколати берилади.

Йиғилишда хориждан олиб келинадиган ўқув ва илмий адабиётларни божхона тўловларидан озод қилиш бўйича таклиф киритиш, йил якунигача 102 та олий таълим муассасалари кутубхона фондидаги 4 миллионга яқин адабиётларни тўлиқ электрон шаклга ўтказиш ва мутахассислик ўқув дарсликларини 2 бараварга кўпайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Шунингдек, 1 сентябрга қадар барча олийгоҳлар кутубхоналари ягона тизимга уланиб, талабалар ва тадқиқотчилар учун туну кун фойдаланиш имконияти яратилади.


👉 @xushnudbek 👈

158 comments

Show 28 more comments
Assalomu alaykum. Yangiliklar juda kattaku, inshoolloh talabalarimizning xorijiy adabiyotlarni o'rganish orzusi amalga oshadigan bo'libdi!!!!

Manashu yangi qaror loyihasini ishlab chiqqan insonlardan juda minnatdormiz. Ilohim barchalarini olloh panohida asrasin, martabalarini yanada baland qilib, doimo xalq xizmatida bo'lishliklarini nasibu ro'z aylasin!!!!
Endi óqimishlilarning zamoni keldi
Man tushunmadm qabul jarayonlari 5 kun muddatda bowlanadi deyishibdi qabul jarayoni faqat 5 kunmi yoki 5 kundan keyin boshlanadimi
Yo bizaga hokimlarimiz maza qisa boldi
MYU & Real Madrid
Yaxshi fikrlar bo'libdi
Ammo Xushnudbek aka yotoqxona bilan ta'minlash yechimi hali ham maqbul emasku? Toshkent shahrida ijarada turadigan talabalarga yarim narxi to'lab beriladi deyishgandi. Ammo unda avvalo daftarga kirgan, ijara shartnomasi bor va u ham belgilanmagan summadan oshmagan bo'lishi kerak va falon talablar qo'yilibdi. Men masalan 3 ta kontrakt uqiydigan oiladanman lekin daftarga kirmayman, Toshkentda ijarada turaman, ammo qonuniy shartnoma yo'q, chunki shartnoma qilinsa yanada kvartira narxi oshib ketadi, Shunday qilib bizga ajratilmadi ham. Auksion orqali yer ajratilib xususiy yotoqxona qursalar ham u qachon bitadi ? Yoki unday xususiy yotoqxonalar bizda qiynalgan talabalarga nima foyda bera oladi ? Umuman qimmat bo'ladi qaytamga.
Tadbirkorlar mazza qilarkanda yerlar olib yotoqhonalar qurib
Xushnud aka bu yil qayta OTM ga hujjat topshirayotganlar uchun davlad boji bormi pul bilan hujjat topshiramizmi yana
Doniyor
Иложи бўлса биттагина замонавий бўлган кутубхонани янги китоблар билан жихозлаб, уни 24/7 хизматга ўтказсак, шуни ўзи биринчи қадам бўларди.
Gʻoyalarni oʻgʻirlashlarini bilibsilar bu yaxshi shu paytgacha prafessorlar moqola yozdi kitob chiqardi u kitoblarni kim tekshiradi oʻsha kitob boʻshqa bir davlatdagi prafessor ishlaridan oʻgʻirlanmaganligini kim tekshiradi silar aytishlaring mumkin endi tekshirishadi deb oldin tekshirishmadimi bundan keyin ham tekshirishmaydi bu haqiqat
Yana bitta achiq haqiqat bor oʻsha bir nechta kitoblardan oʻgʻirlab yoʻzilgan kitobni egasi oʻsha kitobda nima yozilganini oʻzi bilmaydi 😔😔
Edit name
Xushnudbek aka bu yil sheklanmagan migdorda oliygohlarga hujjat topshirsh mumkin degan fikirga aniqlik kiripitip otsangz albatta kanalda berip borsangiz shunki bu narsani hali hesh Kim aniq bilmayapti oldinnan rahmat
To'g'ridan-to'g'ri kitob sotib olish Buhoro tibbiyot institudagi dvijeniye boshqa OTMlarda xam bo'lmasligiga kim kafolat beraoladi?
Show next 100 comments