Шавкат Мирзиёев: олийгоҳларда плагиатликка чек қўйиш зарур

ЎзА мухбирининг хабар беришича, янги ўқув йилидан бошлаб барча олийгоҳларда плагиат ва илмий ғояларни ўзлаштиришни аниқлайдиган илғор ахборот дастурлари жорий қилинади.

Президент бу борада Олий ва ўрта махсус таълим ҳамда Ахборот-коммуникация технологиялари вазирликлари мутасаддиларига топшириқлар берди.

Яна бир муҳим масала – бирорта олийгоҳ нуфузли халқаро адабиётлар базасига уланмаган, улардаги адабиётларнинг электрон кўринишга келтириш даражаси эса 35 фоизга етмайди. Масалан, Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институти, Наманган муҳандислик-қурилиш институтида – 17 фоиз, нуфузли ҳисобланган Тошкент кимё-технология институти ва Тошкент молия институтида – 18 фоиз адабиётлар электрон шаклда.

Шунинг учун, 1 августдан бошлаб олийгоҳларга ўзларининг кенгашлари тавсиясига кўра, хорижий давлатлардан ўқув ва илмий адабиётларни тўғридан-тўғри харид қилиш ваколати берилади.

Йиғилишда хориждан олиб келинадиган ўқув ва илмий адабиётларни божхона тўловларидан озод қилиш бўйича таклиф киритиш, йил якунигача 102 та олий таълим муассасалари кутубхона фондидаги 4 миллионга яқин адабиётларни тўлиқ электрон шаклга ўтказиш ва мутахассислик ўқув дарсликларини 2 бараварга кўпайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Шунингдек, 1 сентябрга қадар барча олийгоҳлар кутубхоналари ягона тизимга уланиб, талабалар ва тадқиқотчилар учун туну кун фойдаланиш имконияти яратилади.


👉 @xushnudbek 👈

158 comments

Show 40 more comments
Gʻoyalarni oʻgʻirlashlarini bilibsilar bu yaxshi shu paytgacha prafessorlar moqola yozdi kitob chiqardi u kitoblarni kim tekshiradi oʻsha kitob boʻshqa bir davlatdagi prafessor ishlaridan oʻgʻirlanmaganligini kim tekshiradi silar aytishlaring mumkin endi tekshirishadi deb oldin tekshirishmadimi bundan keyin ham tekshirishmaydi bu haqiqat
Yana bitta achiq haqiqat bor oʻsha bir nechta kitoblardan oʻgʻirlab yoʻzilgan kitobni egasi oʻsha kitobda nima yozilganini oʻzi bilmaydi 😔😔
Edit name
Xushnudbek aka bu yil sheklanmagan migdorda oliygohlarga hujjat topshirsh mumkin degan fikirga aniqlik kiripitip otsangz albatta kanalda berip borsangiz shunki bu narsani hali hesh Kim aniq bilmayapti oldinnan rahmat
To'g'ridan-to'g'ri kitob sotib olish Buhoro tibbiyot institudagi dvijeniye boshqa OTMlarda xam bo'lmasligiga kim kafolat beraoladi?
Milliy sertifikat masalasi bir ikki kun gapirildi, endi keyingi safar yana shunaqa holat kuzatilsa shunda gapiriladi. Shu holatda davom etaveradimi? Futbol mavzusi, ta'lim mavzusi..... og'riqli
Mutasaddilardan foydali va to'g'ri qarorlar kutamiz.
Bu kutubxonalani elektronlashtirish ĝoyasini òylab yaxshi qilishibdi. Nuqul kutubxonaga borsa nima kitob sòrasen yo diyishadi. Dissertatsiyalani kòrishga ham ruhsatnoma qoĝoz sòrashadi. Shunda 5-10 daqiqaga kòrishga berishadi. Elektron bòsa foydalanishga qulaylik yaratiladi
Б.Б.Б
Қирғистонда укияптурганларни кучириш масаласи куриб чикилдими
Mana shu gaplarning amaldagi natijalarini kutamiz
Assalamu alaykum chet eldan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalardan qanday hujjatlar qabul qilinadi
Plagiatlik nima digani o‘zi
🇺🇸🇺🇸𝔸𝕤𝕒𝕕𝕓𝕖𝕜 𝕀𝕤𝕝𝕠𝕞𝕠𝕧🇨🇦🇨🇦
Gʻoyalarni oʻgʻirlashlarini bilibsilar bu yaxshi shu paytgacha prafessorlar moqola yozdi kitob chiqardi u kitoblarni kim tekshiradi oʻsha kitob boʻshqa bir davlatdagi prafessor ishlaridan oʻgʻirlanmaganligini kim tekshiradi silar aytishlaring mumkin endi tekshirishadi deb oldin tekshirishmadimi bundan keyin ham tekshirishmaydi bu haqiqat Yana bitta achiq haqiqat bor oʻsha bir nechta kitoblardan oʻgʻirlab yoʻzilgan kitobni egasi oʻsha kitobda nima yozilganini oʻzi bilmaydi 😔😔
To'g'ri. Tekshirib xato topmasliklari uchun kitobning oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro'yhatiga 10 varoq prezident asarlari, qarorlari, farmonlarini yozib qo'yishadi. Koshki o'sha qaror va farmonlardan kitobning biror nuqtasida foydalangan bo'lsa, yoki yozilgan kitobga o'sha qaror va farmonlarning zarracha aloqasi bo'lsa. Asl maqsad yangilik yaratish va uni omma e'tiboriga havola qilish bo'lsa, shunday qilish kerak, maqsadni unutmasdan. Bu shaxsiy fikrim.
Махбуба Жураевна ЖУМАЕВА
ИИБ,ДХХ ХАРБИЙ болаларидан лиготалар олиб ташлансин илтимос,нима бизлар оддий Халк бу́лганимиз учун болаларимиз гунохкорми, нега у́тган йил мени болам 187 балл Билан контракт лекин ИИБ боласи 149 балл Билан грандга у́кияпти кани хакикат,АДОЛАТ кани
Hojiyev To'xta
Darsliklarni o'zbek tiliga tarjima qilinsa juda yaxshi ish bo'lardi.
Show next 97 comments