❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
TERDUdaxam hozir yakuniy imtihonlarga kirgizmaymiz deyapti
QarDUda ham shunaqa
Shakhnoza Nazarova
Assalomu alaykum menimcha qancha tirashib bu yerda unday bunday deb yozmaylik ozgarish bolmaydi deb oylayman bizdan oldingilar ham bizdan kyn ham qogozbozlik bilan bitirilyapti deb oylayman men TTYESIda magistraturani bitiryamman 24 iyunda zashitam lekin mendan hech kim desertatsiya soramayapti faqat praktika, prezentatsiya, hujjatlaringni yig', taqrizga qol qoydir, ikki tomonlama shartnomani qilib kel bakalavrlarga dars otganingni rasmini chiqar hullas men hozir shular bilan ovvoraman ammo bitirib ketaman va magistrlik darajasiga erishaman Ana haqiqiy oqish😊
$ F E R U Z A O M I L O V N A $
Bitiruvchi kurs bosachi uyam 1- iyulgacha tolash keremi 10- iyunda davlat imtixoniku.maslaxat berila
JizPI daham huddishu holat
نيلوفر
TDPU da ham shu ahvol
Abdullayeva
Assalamu alaykum avvalo juda yaxwi mavzu ko'tarilgan katta rahmat wu mavzuni olib chiqqaniz uchun juda hursand boldik bizni ham o'ylaydiganlar bor ekan deb.Hammani dardi ichida ekan oz dardini aytyapti lekin bu gaplar faqat wu yerda qolib ketmasmikin deb o'ylab qoldim.... Hamma OTM lar talabalarni ham o'ylawi kerak... Besh qo'l barovar emasku kimdur to'lay olgan kimdur esa yoq wu qaror aniq bolsa talabalar ham o'z imtiyozlarini talab qilib oliwlari kerak
Oilaviy sharoit tufayli hali kontraktimni 25 %ini toʻlolmaganman. Har kuni institutda gap eshitaman, 1 iyungacha toʻlamasang oraliqlarga kirmaysan, yakuniylarga umuman qoʻyilmaysan kredit ham toʻplay olmaysan deyishyabdi. Ozgina sharoitimizni tushunishsa boʻladiku baribir toʻlaymizku qolib ketmaaydikuu.........
Mansur Eshquvvatov
++++++
Assalomu aleykum men ham shu fikrdaman talabalar usha kontraktini to‘laydi lekin hammada har xil vaziyat bo‘ladi hozir buni albatta usha qaysi OTM da muammu bulayotgan bo‘lsa sharoit qilib berishi kerak ayniasa bitiruvchi kurs talabalariga yengilroq sharoit qilib berishi kerak deb o‘ylayman
Айбану Амангелдиева
Qoraqalpoq davlat universiteti
Nammti da ham shu xolat
ToshPMI da uchratdim shu holatni
Айбану Амангелдиева
Nukus davlat pedagogika instituti
Guliston davlat universiteti ishlab chiqarish fakulteti
TerDu da xam shu axvol. Yakuniylarga kiritmaymiz deyishyabdi. Ikkinchi mutaxassislikda oʻqisakda boshqa sirtqilardan koʻp kontrankt toʻlasakda yana janjal yakuniyga kirmaysan deb.😭😭😭😭
Show next 100 comments