❗️Мантиқсизлик ҳақида: абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак?
#abituriyent

Вазирлар Маҳкамасининг 13.05.2019 йилдаги 395-сонли қарорининг 2-бандига кўра, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб қуйидаги даражалар акс этган сертификатлар бўлганда, чет тилидан энг максимал балл берилади ва абитуриент чет тилидан тест ишламайди:

инглиз тили учун — IELTS 5,5 (бунда Тошкент давлат юридик университети учун writing модулидан 5,5 балл), TOEFL IBT 72, CAE FCE ҳамда миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

япон тили учун —JLPT №2 ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

немис тили учун — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

француз тили учун — DELF, TCF4 ёки ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

бошқа тиллар учун — миллий сертификат ёки халқаро имтиҳон тизимлари бўйича В2 ва ундан юқори даража.

‼️ ХУЛОСА: бу дегани жорий йилда фақат B2 даражадаги сертификати борларгина тестдан озод қилиниб, максимал балл тарзидаги имтиёзга эга бўлади. Ўтган йилдагидек B1 даражага имтиёз берилмайди!

✅ Фақат биргина истисно, 2019 йил 1 январга қадар B1 миллий сертификат олган абитуриентлар, сертификатнинг амал қилиш муддати ўтмаган бўлса, B1 даража билан ҳам максимал балл олишади. Бу қоида фақат ДТМ берган сертификатларга тааллуқли, IELTS ёки бошқа тизимларга алоқаси йўқ.

***

☝️ШАХСИЙ ФИКРИМ: ўтган йили ҳам ушбу қарор қабул қилинганда ўз эътирозларимни айтган эдим. Яъни бакалавр учун имтиёз бериш даражасини B2 га кўтариб қўйиш мантиқсиз иш бўлган.

Биринчидан,
B2 даража ҳатто кўплаб чет тили ўқитувчиларининг ўзида йўқ.

Мактабларда чет тилини ўқитиш даражасини ҳаммамиз яхши биламиз, бу ҳеч кимга сир эмас. Президент Фармони билан тасдиқланган Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясида B1-CEFR даражасида инглиз тилини ўзлаштирган мактаб битирувчилари сонини 2019 йилда 10%, 2021 йилда 20%, 2025 йилда 50% ва 2030 йилга борибгина 100%га чиқариш режа қилинган. Бу ҳали B1 даража ҳақидаги режа. B2 га йўл бўлсин.

Шундай шароитда абитуриентлардан имтиёз учун B2 даража талаб қилиш қай даражада тўғри?

Иккинчидан, 395-сонли ВМ қарорига кўра, магистратура имтиҳонларида ҳам B2 даража бўлса имтиҳонларсиз максимал балл берилади. Энди оддий мантиқни ишга солингда, айтинг, нима учун бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам бир хил билим талаб қилиняпти? Қани мантиқ?

Учинчидан, қарорга кўра хорижий тилларга ихтисослашган йўналишларга (масалан инглиз тили филологияси) ҳам, тилга ихтисослашмаган йўналишларга (масалан пенсия иши ёки статистика) ҳам B2 даража талаб қилинади. Қани мантиқ?

Хорижий тилларга ихтисослашган йўналишлар учун B2 даражани сақлаб қолган ҳолда, қолган барча йўналишларга B1 даража учун ҳам имтиёз бериш керак.

Тўртинчидан, ўтган сафар ҳам айтганимдек, B2 даража ёшлар ўртасида чет тилларини ўрганишга бўлган мотивациясини кескин ўлдиради. Чунки B1 даража талаби бирмунча уддалаш осон бўлгани сабабли минглаб ёшларимиз шу баҳона ёппасига хорижий тилларни ўрганишга урғу бераётган эди. Бу эса жамият келажаги учун жуда муҳим фактор.

Лекин B2 даража кўпчиликнинг ҳафсаласини пир қилади ва улар тинчгина сертификатга эмас ДТМ тестига тайёрланиб қўя қолади. Аммо тестда эшитиш, гапириш, ёзиш кўникмалари шарт эмас, шунинг учун ёшлар фақат тестга тайёрланади холос. Бошқача айтганда тилни чала ўрганади ёки умуман ўрганмасдан тестда таваккал белгилаб чиқади. Бундан кимга фойда? Ундан кўра, сертификатлар учун енгилроқ талаб қўйиб, ёшларни хорижий тилларга қизиқтирган яхши эмасми?

Хуллас, кўриб турганингиздек, ушбу қарорда мантиқсизликлар кўп. Шахсий фикримча, токи халқ таълимидаги сифат талаб даражасига етгунча, бундай баланд талабларни қўймаслик керак.

Шу кунларда қабул жараёнларига оид кўплаб қарорлар ўзгариши кутилмоқда, балки шу фурсатдан фойдаланиб, ушбу мантиқсизликка ҳам чек қўйилса яхши бўлармиди? Нима дедингиз?

👉 @xushnudbek 👈

1044 comments

Show 100 more comments
.
5) Yana shunday toifadagi abiturientlar ham borki karantin sababli b2 sertifikatini ololmadi lekin ular 2019 yilgi qonunda aytib o'tilgani uchun b1 sertifikati ball bermasligi sababligina ushbu sertifikatni olmagan. Agar bir yil oldin b1 ga ham b2 bilan bir xil ball bir xil ball beriladi deb aytilganda ko'plab yoshlar bu sertifikatni qo'lga kiritar edi. 28-29 ta dtm testini yecha oladigan bemalol b1 sertifikatiga erisha oladigan shunday talabalarga endi xujjat topshirishga 5 kun vaqt qolganda b1 ga ham imtiyoz berish haqidagi o'zgarish qanchalik tasir ko'rsatadi. Agar bir yil oldin bu haqida aytilganda bu yoshlar ham b1 sertifikatini olishgan bo'lar ediku. Va huddi shunday biz ham ahmoq bo'lib b2, ielts 5.5+ olib o'tirmay qo'yaverardik, baribir bularni qadri bo'lmasa. Shumi motivatsiaya? Iltimos har qanday o'zgarish imtihondan kamida bir yil oldin qilinsin, hujjat topshirishga 5 kun qolganda emas. 6) Ingliz tili ikkinchi fan bo'lgani uchun unga b1 ham bo'laveradi degan taklif bildirilgan. Lekin ingliz tiliga ham huddi asosiy fanga yaqin yani 93 ball yoki umumiy to'plash mumkin bo'lgan ballning deyarli 50% i berilyaptiku, qanday ingliz tiliga asosiy fan emas deb qarash mantiqan bo'ladi. Axir bir yil oldin ingliz tiliga ham 3.1 ball berilishi aniq bo'lgach biz motivatsiya va harakatimiz bilan b2 sertifikatini oldik, endi hammasi bir pul bo'ladimi? b1 olding nima b2 olding nima c1 olding nima hammasi bir xil degan ta'lim tizimiga o'tish bo'yicha taklif kimni manfaatini himoya qiladi o'zi? faqat b1 talabalarini yuqoriga ko'tarish va qolganlarni kamsitishmi? Mehnatimiz samarasini ko'rishni xohlaymiz. Hozirgi tizim, taklif qilinayotganidan ko'ra adolatliroqku haqiqiy bilimli talabalar uchun Bulardan kelib chiqib sizga takliflarim bor: 1-taklif. Agar cefr b1, ielts 4.5 ga ham imtiyoz berilsa bu ball cefr b2 ielts 5.5 dan sezilarli darajada farq qilsin yani yani b2, ielts 5.5 abiturientlariga ko'proq ball berilsin imtihonda. Shunda hammasi adolatli, mantiqiy jihatdan to'g'ri bo'ladi. Axir xech qaysi xorijiy otm amaliyotida iets 4.5 ga ham ielts 7.5 ga ham bir xil ball berish amaliyoti yo'qku. 2-taklif. Hammasi o'z o'rnida qolsin. Shunda b1 sertifikati olgan talaba haqiqiy bilimi bo'yicha ball olaveradi dtm testi bo'yicha. Marhamat, 30 ta yecha olsa b2 olgan talaba bilan bir xil ball olaversin. Xushnudbek aka fikrlarimni ko'rib chiqasiz va biz kabi abiturientlar manfaatlari haqida ham adolatli fikr yuritasiz degan umiddaman. Oldindan rahmat!
Togdan kevosanmi 4.5=7.5 soliwtrvosan, 5bilan 5.5 bovotti

Qorquvingni adolat gaplarini orqasga berkitma , dangal asoslay olasanmi yoq, duxingam asosng ham yetmidi
optimist
Iltimos Xushnudbek aka barcha abiturientlar manfaatidan kelib chiqib taklif bildiring. B1 sertifikatiga imtiyoz berilishi bizning manfaatimizni himoya qilmayaptiku. abiturientlarning 90 foizidan ortig'ida B1 sertifikati yo'q hozir. B1 ga imtiyoz berilsa qande bizni motivatsiyaga chaqiradi bu taklif? Karantin sharoitida B1 imtihonini topshirish imkonimiz yo'qku hozir. Faqat B1 olib qolganlar uchun foydali xolosku bu taklif. Biz ham olgan bólardik B1 oldinroq bilganimizda. Imtihon 2 ta fandan bo'lgani bu haqiqatdan ham hamma uchun yengillik chunki bundan barcha mamnun, uni ustiga testlar ham osonlashtirildi. Mana hamma uchun tenlik qanday bo'ladi, mana bu haqiqiy adolat. Lekin B1 ga imtiyoz faqatgina hozir B1 sertifikati borlar uchun yengillik xolos. Agar rosttan juda ham bilimli bo'lsa testda isbotlashsin maximum balga loyiqligini. Bu taklifizni mayli 2021 yil uchun kiriting shunda hammada tenglik imkoniyat bo'ladi sertifikat olish uchun
Xushnnudbek aka allaqachon togri fikr yuritgan, qaror ozgartrlmaslgi minglab student lani norozigiga " manaman degan Europa univda oqiganm maqul" degan fikrga olib keladi (hozrgi mantiqsizlik-Dan Wu fikr yaxwroq)
15-iyundgacha xudo hohlasa o'zgarishlar bo'lishi kutilayabti. Sertifikatga oid qaror ham o'zgarishini kutib qolamiz.
Iltimos Xushnudbek aka taklif bilan chiqing bizni nomimizdan: shu yil IELTSdan 5ballni qabul qilishsin hech bo'lmasa 2-blokka. Sabablari:
___5 bu (B1) emas balki (B1+)
___korantin tufayli IELTS imtihon topshirish qiyinlashyapti (joy o'rni tez to'lyapti/ yo'llar yopiq...)
___hech bo'lmasa 2-blokka.
__korantin sababli abituryentlarga istisno tarzda yengillik
___B2 ni so'rash xuddi sizning tabiringiz bilan aytgandek mantiqsizlik.
___o'sha koronavirus pandemiyasi abituriyentlarning tayyorlanishiga ham salbiy tasir korsatdi.Shuning uchun bu yil b1 daraja qabul qilinsa adolatli bolardi
___.............
Xushnudbek aka iltimos 1000 lab abituriyentlar nomidan taklif bilan chiqing
.
5) Yana shunday toifadagi abiturientlar ham borki karantin sababli b2 sertifikatini ololmadi lekin ular 2019 yilgi qonunda aytib o'tilgani uchun b1 sertifikati ball bermasligi sababligina ushbu sertifikatni olmagan. Agar bir yil oldin b1 ga ham b2 bilan bir xil ball bir xil ball beriladi deb aytilganda ko'plab yoshlar bu sertifikatni qo'lga kiritar edi. 28-29 ta dtm testini yecha oladigan bemalol b1 sertifikatiga erisha oladigan shunday talabalarga endi xujjat topshirishga 5 kun vaqt qolganda b1 ga ham imtiyoz berish haqidagi o'zgarish qanchalik tasir ko'rsatadi. Agar bir yil oldin bu haqida aytilganda bu yoshlar ham b1 sertifikatini olishgan bo'lar ediku. Va huddi shunday biz ham ahmoq bo'lib b2, ielts 5.5+ olib o'tirmay qo'yaverardik, baribir bularni qadri bo'lmasa. Shumi motivatsiaya? Iltimos har qanday o'zgarish imtihondan kamida bir yil oldin qilinsin, hujjat topshirishga 5 kun qolganda emas. 6) Ingliz tili ikkinchi fan bo'lgani uchun unga b1 ham bo'laveradi degan taklif bildirilgan. Lekin ingliz tiliga ham huddi asosiy fanga yaqin yani 93 ball yoki umumiy to'plash mumkin bo'lgan ballning deyarli 50% i berilyaptiku, qanday ingliz tiliga asosiy fan emas deb qarash mantiqan bo'ladi. Axir bir yil oldin ingliz tiliga ham 3.1 ball berilishi aniq bo'lgach biz motivatsiya va harakatimiz bilan b2 sertifikatini oldik, endi hammasi bir pul bo'ladimi? b1 olding nima b2 olding nima c1 olding nima hammasi bir xil degan ta'lim tizimiga o'tish bo'yicha taklif kimni manfaatini himoya qiladi o'zi? faqat b1 talabalarini yuqoriga ko'tarish va qolganlarni kamsitishmi? Mehnatimiz samarasini ko'rishni xohlaymiz. Hozirgi tizim, taklif qilinayotganidan ko'ra adolatliroqku haqiqiy bilimli talabalar uchun Bulardan kelib chiqib sizga takliflarim bor: 1-taklif. Agar cefr b1, ielts 4.5 ga ham imtiyoz berilsa bu ball cefr b2 ielts 5.5 dan sezilarli darajada farq qilsin yani yani b2, ielts 5.5 abiturientlariga ko'proq ball berilsin imtihonda. Shunda hammasi adolatli, mantiqiy jihatdan to'g'ri bo'ladi. Axir xech qaysi xorijiy otm amaliyotida iets 4.5 ga ham ielts 7.5 ga ham bir xil ball berish amaliyoti yo'qku. 2-taklif. Hammasi o'z o'rnida qolsin. Shunda b1 sertifikati olgan talaba haqiqiy bilimi bo'yicha ball olaveradi dtm testi bo'yicha. Marhamat, 30 ta yecha olsa b2 olgan talaba bilan bir xil ball olaversin. Xushnudbek aka fikrlarimni ko'rib chiqasiz va biz kabi abiturientlar manfaatlari haqida ham adolatli fikr yuritasiz degan umiddaman. Oldindan rahmat!
Ielts 4.5 bilan ilets 7.5 solishtirilayotgani yoqku.
Iskandar
Ielts 4.5 bilan ilets 7.5 solishtirilayotgani yoqku.
O'zicha bu bola aqllili qilyapti.Undan ko'ra tayyor b2 bor ekan.Bunaqa gapla bilan hammani asabiga tegmasdan matematikasini o'qisin.B1 o'tsin deb biz tog'ri talab qo'yayapmiz.
Ulardan javob kutish befoyda
♡☆Přıňčêšš ☆♡
Ulardan javob kutish befoyda
Hech bolmasa ko'rib chiqar javob yozmasayam,ko'pchilik yozuvurganidan keyin foydasi bolar balkim
Leader
optimist
Iltimos Xushnudbek aka barcha abiturientlar manfaatidan kelib chiqib taklif bildiring. B1 sertifikatiga imtiyoz berilishi bizning manfaatimizni himoya qilmayaptiku. abiturientlarning 90 foizidan ortig'ida B1 sertifikati yo'q hozir. B1 ga imtiyoz berilsa qande bizni motivatsiyaga chaqiradi bu taklif? Karantin sharoitida B1 imtihonini topshirish imkonimiz yo'qku hozir. Faqat B1 olib qolganlar uchun foydali xolosku bu taklif. Biz ham olgan bólardik B1 oldinroq bilganimizda. Imtihon 2 ta fandan bo'lgani bu haqiqatdan ham hamma uchun yengillik chunki bundan barcha mamnun, uni ustiga testlar ham osonlashtirildi. Mana hamma uchun tenlik qanday bo'ladi, mana bu haqiqiy adolat. Lekin B1 ga imtiyoz faqatgina hozir B1 sertifikati borlar uchun yengillik xolos. Agar rosttan juda ham bilimli bo'lsa testda isbotlashsin maximum balga loyiqligini. Bu taklifizni mayli 2021 yil uchun kiriting shunda hammada tenglik imkoniyat bo'ladi sertifikat olish uchun
Rostan ielts 4.5 ball juda pastli qiladi maksimal ball berish uchun.Man birinchi topshirishimda ham 5 ball olganman ieltsdan. ikkinchisida yana mehnat qilib tayyorlanib 6.5 oldim. planka kamida 5.5 qôyilvotgani to'g'ri. 5.5 ballni ham olomagan bola student bo'lishga loyiqligi shubhali aslida. 4.5 ball juda ham onsonku. yoki haqiqatdan ham ball kere bôlsa shu bilimiga yarasha ball berish kere. 4.5 ball olganga ham 6.5 ball olganga ham bir xil maksimal ball bervurmasli kere, chunki bu abiturientla orasida kotta farq bor. Hozi ta'lim tizimi rivojlanvotgan paytda ortga qadam tashlab 4.5 ball o'qishga kirish uchun yetarli qilib belgilash noto'ri aslida. Bu motivatsiyani o'ldiradi. Kim test yechmasdan 100% ball olishshi xolasa kamida 5.5 ball olishi kereda. Aks holda testi yechursin bemalol. Bizani talim tizimimiz rivojlanvotgan sharoitda 4.5 ball pastli qladiku. 4.5 ballga ham 6.5 ball ga ham bir xil 100% testdan ozod bôlaversa hamma 4.5 ballgacha o'qib keyin o'qimi qo'yadi. sababi beztolkligi uchun
Assalom alekom. Chet universitetlariga dokument topshiriq o'qish imkoniyati bormi hozirgi kunda. Xushnudbek, iltimos shu haqida ham xabar bersangiz. Chegaradan o'tish haqida va chet el universitetlari haqida. Iltimos, Fikr bildirsangiz
Xushnud aka iltimos koplab talabalar nomidan shu b1 otishi kk masalasini kerakli joyga murojat qiling. Hozirda nafaqat men balkim koplab yoshlar shu b1 masalasini dep oqiwga kiriwda afasalalari sovib ketti. Shaxsan men 4 yil davomida oqib b1 darajaga eriwdim. Nega aynan 1yanvarda topwirganlatga imtiyoz boru iyunda topwirganlarga bunday emas. Qani bu yerda adolat?
Show next 56 comments