❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 92 more comments
Assalom aleykum sertifikat deyildimi demak bu yil shu qonun kuchga kirishi kerak oliy talim doim bir oy vaqt qolganda qarorlarni ozgartiradi xamma shuning uchun xam bir yil bemalol yurdi yil boshida aytilgandi 1-yil yetarli vaqt edi sertifikat olish uchun menmcha shu qaror kuchga kirsin mutaxassislik fanlaridan xam imtixonlar xaqqoniy bolishi kerak bitta gap aytildimi shu bajarlsn
Bu yil kerasmas edi menimcha. Chunki kopchilik tayyor emas
Fattoyeva Ruxsora Bahodir qizi
Juda yaxshi bo'lgan wu chunki chindan ilm qilmoqchi magistratura õqimoqchi univda qolmoqchi bo'lgan odam albatta harakat qilib IELTS oladi mana men ham doktorantura kiriw uchun sertificat ga harakat qilyapman IELTS talab qilmasa duch kelgan odam kiraveradi magistraturaga
Magistratura òqimoqchi bòlib haqiqatdan ilmni ketidan ketish uchun chet tili juda zarur. Bu qarorni bekor qilmaslik kerak.
Ёдгор Турганов
Oddiy xalqqa majburiyat boʻlsa PQ,PF tamom. Imtiyoz boʻlsa polon yilning piston sanasidan. Kattalarning majburiyati esa surilaveradi . Bu meningcha
Маман Ешмуратов
Ingliz tilidan boshqa yo'nalishlarga keyingi yil qilsa yaxshi bo'lardi
Goʻzal Suyunova
Ассалому алейкум, Хушнудбек сизга бошка йул боглана олмадим. Мени бошка масалада саволим бор Эди. 10-синф укувчиси ОТМ га киришга хужжат топшириши мумкинми. кандай холатда. шу хакда маълумот керак Эди. Илтимос эътибордан колдирмасангиз. Олдиндан рахмат!
Shohi
Abdullayeva G.
Xuddi avval õqishayotgandek)
Oldin ingliz tilini ni orniga imtihonga kirishidan oldin oqishgan
Assalomu alaykum xozircha sertifikat talab qilinishi to'g'ri emas , tanlagan yo'nalishini mustahkam o'rganish kerak iltimos xalqni va talabalarni fikri inobatga olinsin
Agar sertifikat so'ralsa kvota darajasida ham hujjat topshirilmaydi qabul deyarli bo'lmaydi. Viloyatdagi OTM larda deyarli magistratura bosqich talabalar bolmaydi. Bu sertifikatni bitiryotganda talab qilish yaxshi effekt betsa kerak
Ulug'bek Karimov
B2 darajani qanday olsa bo‘ladi
Assalomu Alaykum.
Bu yil xorijiy til yo'nalishiga topshiradiganlarga ijodiy ham bo'ladi deyishgandi. Aniq bo'ladimi? Agar bo'lsa, 189 ballni ichiga, aniqrog'i, 93 ballni ichiga qanday sig'dirishadi. Axir, 30 ta chet tili savoli 3.1 dan 93 bo'lsa,ijodiyni nima qilishadi
Chet tili ijodiy imtihoni haqida ham yozing, iltimos
Ulug'bek Karimov
Abdullayeva G.
5.5 Dan 6.5gacha
Olish tartibi qanday onlinemi
Show next 100 comments