❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 97 more comments
Маман Ешмуратов
Ingliz tilidan boshqa yo'nalishlarga keyingi yil qilsa yaxshi bo'lardi
Goʻzal Suyunova
Ассалому алейкум, Хушнудбек сизга бошка йул боглана олмадим. Мени бошка масалада саволим бор Эди. 10-синф укувчиси ОТМ га киришга хужжат топшириши мумкинми. кандай холатда. шу хакда маълумот керак Эди. Илтимос эътибордан колдирмасангиз. Олдиндан рахмат!
Shohi
Abdullayeva G.
Xuddi avval õqishayotgandek)
Oldin ingliz tilini ni orniga imtihonga kirishidan oldin oqishgan
Assalomu alaykum xozircha sertifikat talab qilinishi to'g'ri emas , tanlagan yo'nalishini mustahkam o'rganish kerak iltimos xalqni va talabalarni fikri inobatga olinsin
Agar sertifikat so'ralsa kvota darajasida ham hujjat topshirilmaydi qabul deyarli bo'lmaydi. Viloyatdagi OTM larda deyarli magistratura bosqich talabalar bolmaydi. Bu sertifikatni bitiryotganda talab qilish yaxshi effekt betsa kerak
Ulug'bek Karimov
B2 darajani qanday olsa bo‘ladi
Assalomu Alaykum.
Bu yil xorijiy til yo'nalishiga topshiradiganlarga ijodiy ham bo'ladi deyishgandi. Aniq bo'ladimi? Agar bo'lsa, 189 ballni ichiga, aniqrog'i, 93 ballni ichiga qanday sig'dirishadi. Axir, 30 ta chet tili savoli 3.1 dan 93 bo'lsa,ijodiyni nima qilishadi
Chet tili ijodiy imtihoni haqida ham yozing, iltimos
Ulug'bek Karimov
Abdullayeva G.
5.5 Dan 6.5gacha
Olish tartibi qanday onlinemi
Xushnud aka shuni bir Oliy taʼlim vaziri bilan bir maslahat qilib ko'ring aka bilimi bor talabalar ham O'zini sohasida magistratura da o'qisin aka. bizda shunday holat bo'lyapti:, chetdagi har qanday narsani ko'r ko'rona olib olyapmiz. Jamoatchilik fikri umuman qiziq bo'lmay qolyapti. Aka toʻgʻri ingliz tilini bilish kerak. Lekin filologiya deganda o'zbek filologiyasi ham borku ular magistraturani bitirib o'zbek tilida dars berishadi chet tilida emas. Nimaga ularga C1 sertifikat kerak ekan
Aka sizga ishondik shu IELTS masalasini bir ko'rib chiqsin aka.
Ulug'bek Karimov
Biror saytga kiriladimi
Abdullayeva G.
Sefr milliy sertifikat yoki ielts sertifikatiga ega bolishingiz kerak
Oʻylab ish qilish kerakda ,hamma oʻzini sohasini oʻrgansin nima qiladi chet tilini qoʻshib
Abdullayeva G.
Aniq, bir yilda bemalol olsa bòladi sertifikat
olgandan keyin ko'zi ochilib chetga o'qigisi kep qoladi
Show next 100 comments