❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum, hurmatli Xushnudbek Aka ! Sizdan so'ramoqchi bo'lgan savolimning javobi ko'pgina talabalar, ayniqsa, magistratura va doktoranturada o'qimoqchi bo'lganlarga juda qiziq va muhimdir. PQ ga ko'ra 2022-2023 o'quv yilidan magistratura yoki doktoranturada o'qimoqchi bo'lganlar chet tilini bilish darajasini ko'rsatuvchi milliy yoki xalqaro sertifikat taqdim etishi belgilangan. Bunda filologik yo'nalishdagi talabalar C 1 darajadagi, nofilologik yo'nalish B 2 darajadagi sertifikat taqdim etishi lozimligi aytilgan.
Deylik, bunda Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili) yo'nalishi talabasi magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo'lsa ( bu filologik yo'nalish bo'lgani uchun) , chet tilidan ( ingliz tilidan emas, balki fransuz, nemis yoki qaysi tilni universitetda o'qigan bo'lsa o'sha tildan) C 1 darajadagi til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lishi kerakmi?
Hozirda ingliz tilida o'qiydigan talabalar orasida magistratura yoki doktoranturaga hujjat topshirish uchun ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi C1 darajadagi sertifikat, chet tilidan ( fransuz, nemis va h.k.) esa B 2 darajadagi sertifikatga ega bo'lish kerak degan tushuncha shakllangan. Shu to'g'rimi?
Savolimni e'tiborsiz qoldirmay
shu bo'yicha mufassal ma'lumot berasiz degan umiddaman. Javob uchun oldindan rahmat!!
Насиб бўлса худди танировкага ёки супер контрактга ўхшаган пуллик қилишиб бизга қулайлик яратиб беради
Assalomu alaykum Xushnudbek aka joriy oʻquv yilidan sertifikatlar joriy qilinsa sport va sa'nat va madaniyat ijodiy imtihon oʻtkaziladigan oliy ta'lim muassasalarida menimcha sertikifati bor bitiruvchi kusr talabalari juda kam bunda kvota va kadrlarga yani magistrlarga boʻlgan ehtiyoj keskin oshmaydimi bakalavrdagi talabalarga kimlar oʻquv mashgʻulot olib boradi
Batafsil @magistrlarofficial kanali yoritiladi magistrlar obyicha ma'lumot
Ассалом алейкум менда савол бореди . Медицинада қанақа булади . Биз ординатурага топширмоқчи эдик. Бу фақат биз учун специализация. Илимий иш қилиш талаб этилмайди бизда. Сентификат талаб этиладими.
Raxmonqulov Temurbek
Hushnud aka bitta statistikani aniqlashtiring iltimos. Ya'ni 2021 yil magistraturaga topshirgan abuturentlarning 50 % ga yaqini mutaxasislikdan o'ta olmagan. Lekin 70 % ga yaqini xorijiy tildan yaxshi natijaga erishgan. Endi savol mutaxasislikni kuchaytirib tilni o'zini xoxishiga qo'ysak shunda rivojlanishimiz yaxshilanmaydimi. Hozirda talabga javob beradigan mutaxasisligi bo;yicha hattoki o'rta darajadagi o'qituvchilar yetishmayotgan bir paytda bu qaror nechog;li o'rinli. Talabalarimizning bilimi sayozlashib ketayotganiga shu o'qituvchilar aybdormasmi.
A.sᴀɪᴅᴀ
Judayam yaxshi bòlgan.👍 shundagina haqiqiy talabalarni olishadi magistraturaga. Bòlmasa tanish bilishchilik bilan kirish oshsa oshardi lekin kamaymasdi.
Ielts niyam tanish bilishchilik yòllarini topishmasa bòldi.
Talabalarni fiktini ham inobatga olishsa yaxshi bolardi
IELTS dan necha ball bo'lishi kk
Eshmurodov Furqatbek
Мен шу йилда рус тилини тугатябман с1 ни кайердан оламиз хали бизнигн вилоятимизга келмади с1 имтихон олувчилар
Гуломжон Муродхужаев
Тартибни узайтириш шарт эмас. Биринчи йил қийин бўлади, лекин ўқиш нияти борлар олдиндан харакат қилади. Сабаби бакалавр дипломи билан барча сохани бирламчи тизимида иш бошласа бўлади. Кейинчалик ўз устида ишлаб магистрликни олса бўлади, агар шарт бўлса
Odina Ibragimova (Oilali)
Keyingi yilgi qoldirilsa va magistrlikni bitirishda shu sertifikat kk boʻlsa zoʻr boʻlardi hozr sertifikat olish uchun ham bir yil vaqt oʻtqizish kk
Физика, кимё учун чет тили нимага кк. Чет элга кетиб колиш учунми :)
Hammani o'zini mutaxasisligi bo'yicha talab qo'ygan ma'qul.
Misol uchun Matematik yoki medik ingliz tilini B2 darajada bilib o'zini yo'nalishini yaxshi bilmasa nima foyda davlatga,odamlarga.
Qandaydir bemor jon beryotganda uni inglizcha gapirishi davolamaydi-yu.
Ingliz tili kimga kerak bo'lsa o'zi harakat qilib o'qiydi-da.
Ёдгор Турганов
Sertifikati yoʻq lar 10/20 barobar toʻlaydigan boʻladida. 😂😂😂😂
Qodir_Bobomurodov
sertifikat kerak lekin mutaxasislik fanlarni hech kim oqimay qoyayabdi.
Hamma magestrda oqiyman deb chet tilini oqiyabdi.
Bir yil bir yarim yil kk sertifikat olish uchun.
091924 𝑴𝒊𝒓𝒗𝒂𝒍𝒊
Bu talab 2022 - 2023 o'quv yilida ijobiy natija bermaydi, ba'zi sohalarda kadrlar yetishmasligiga sabab buladi, yana ko'plab muammolar yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda OTMlarda chet tilidan dars beradigan o'qituvchilarning uzlarida Sertifikat mavjud emas holatda, bakalavr mutaxassisi uchun bunaqa talabni qo'yish mantiqsizlik. Umuman olganda magistratura uchun imtihonlardan voz kechish kerak, sababi bakalavrni tamomlaganda talabani o'rtacha o'zlashtirish baholari mavjud. 100 foiz hisobida. Ushandan kelib chiqib talab qilish lozim, agarda OTM o'zi talabaga berayotgan bilimlariga ishonsa... Bakalavr diplomda o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 72 foizdan yuqori bulsa, magistraturaga hujjat topshirishga ruhsat berish lozim ( meni fikrim) shunda haqiqatga yaqinroq ish tutilgan bo'lar edi.
Show next 100 comments