❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
A.sᴀɪᴅᴀ
Judayam yaxshi bòlgan.👍 shundagina haqiqiy talabalarni olishadi magistraturaga. Bòlmasa tanish bilishchilik bilan kirish oshsa oshardi lekin kamaymasdi.
Ielts niyam tanish bilishchilik yòllarini topishmasa bòldi.
Talabalarni fiktini ham inobatga olishsa yaxshi bolardi
IELTS dan necha ball bo'lishi kk
Eshmurodov Furqatbek
Мен шу йилда рус тилини тугатябман с1 ни кайердан оламиз хали бизнигн вилоятимизга келмади с1 имтихон олувчилар
Гуломжон Муродхужаев
Тартибни узайтириш шарт эмас. Биринчи йил қийин бўлади, лекин ўқиш нияти борлар олдиндан харакат қилади. Сабаби бакалавр дипломи билан барча сохани бирламчи тизимида иш бошласа бўлади. Кейинчалик ўз устида ишлаб магистрликни олса бўлади, агар шарт бўлса
Odina Ibragimova (Oilali)
Keyingi yilgi qoldirilsa va magistrlikni bitirishda shu sertifikat kk boʻlsa zoʻr boʻlardi hozr sertifikat olish uchun ham bir yil vaqt oʻtqizish kk
Физика, кимё учун чет тили нимага кк. Чет элга кетиб колиш учунми :)
Hammani o'zini mutaxasisligi bo'yicha talab qo'ygan ma'qul.
Misol uchun Matematik yoki medik ingliz tilini B2 darajada bilib o'zini yo'nalishini yaxshi bilmasa nima foyda davlatga,odamlarga.
Qandaydir bemor jon beryotganda uni inglizcha gapirishi davolamaydi-yu.
Ingliz tili kimga kerak bo'lsa o'zi harakat qilib o'qiydi-da.
Ёдгор Турганов
Sertifikati yoʻq lar 10/20 barobar toʻlaydigan boʻladida. 😂😂😂😂
Qodir_Bobomurodov
sertifikat kerak lekin mutaxasislik fanlarni hech kim oqimay qoyayabdi.
Hamma magestrda oqiyman deb chet tilini oqiyabdi.
Bir yil bir yarim yil kk sertifikat olish uchun.
091924 𝑴𝒊𝒓𝒗𝒂𝒍𝒊
Bu talab 2022 - 2023 o'quv yilida ijobiy natija bermaydi, ba'zi sohalarda kadrlar yetishmasligiga sabab buladi, yana ko'plab muammolar yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda OTMlarda chet tilidan dars beradigan o'qituvchilarning uzlarida Sertifikat mavjud emas holatda, bakalavr mutaxassisi uchun bunaqa talabni qo'yish mantiqsizlik. Umuman olganda magistratura uchun imtihonlardan voz kechish kerak, sababi bakalavrni tamomlaganda talabani o'rtacha o'zlashtirish baholari mavjud. 100 foiz hisobida. Ushandan kelib chiqib talab qilish lozim, agarda OTM o'zi talabaga berayotgan bilimlariga ishonsa... Bakalavr diplomda o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 72 foizdan yuqori bulsa, magistraturaga hujjat topshirishga ruhsat berish lozim ( meni fikrim) shunda haqiqatga yaqinroq ish tutilgan bo'lar edi.
Asadbek Hamidov
IELTS dan necha ball bo'lishi kk
Nofilolog bo'lsangiz 6+ ball olishingiz kerak agarda ingliz tilida o'qisangiz 7+ ball olishingiz kerak IELTS da
Aptis otadimi magistrga shunga aniqlik kiritib bering
Aniq qoldiriladi,
Yoshi kattalar qanday oladi sertifikatni kerak emas xali tayyor emas ko'pchilik
Sal yoshlarniyyam uylash kerak misol yo'naliwi bowqa arxitektura unda qanaq ielts oladi u sal uylab kurish kerak bu qarorni
Davlatov Asliddin
Sertifikat olganlar bu degani 95 % hammasi magistraturaga kiradi degani chunki qabulda oz kishi topshiradi. kvota esa ko‘p.

Undan ko‘ra uz soxasini chuqur uzlashtirilsin degan buyruq bo‘lsa unda boshqacha bo‘larmidi xozirda uz sozasiniyam yaxshi urganmayapti ko‘p chil.
Show next 100 comments