❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Til bilish darajasini olish oson deb oʻylashadimi shunchalik bilmayman
CHOTA KIMDIR IELTS DA KOTTA BIZNES QILMOQCHI. CHUNKI IMTIHONGA EHHE QANCHA PUL TO'LASH KERAK, HALI O'TA OLADIMI YO'QMI U IMTIHONDAN.
Hech boʻlmasa, boshqa chet tillardan ham til bilish darajasi boʻlsa chet tili imtihonidan ozod qilishsin ingliz, fransuz, nemisga eʼtiborni kuuchli qaratmasdan
Avval chet tili mutaxassislarini sertifikatini 100% qilib keyin boshqa yo'nalishga joriy qilish kerak.Axmoqlik ,doim shu axmoqlik bo'yicha birinchilikni bermaymiz
Kamolaxon Usmoniy
Ситора Мусурмонова
Tog'ri.man o'tgan yili eshitib boshlagandim oktabrdan.oilaliman Rosa harakat qildim lek ielts olishga hali darajam pas chunki vaqt Kam.vaqt oz.
Manam o'tgan yili qaror chuqqanidan boshladim tayyorlanishni. Lekin o'rtada farzandli bo'ldim. Natijada 4-oy o'qiyolmadim. Hozir yana davom ettiryapman. Lekin hali topshirish darajasida emasman. Yana 5-6 oy kerak tayyor bo'lishim uchun. Bunday vaziyatdagilar yana bir yil umrini sarflashi kerakmi bema'ni qaror deb
Kurbanov_001
O'zbekistonda ham o'qib yaxshi bo'lsa bo'ladi bizni ongimizga shunaqa singdirilgan "chetda o'qisang zo'r deb" Aytishadiyu "Xo'rozqand chet elniki desa yotivolib yalaydi deb" Alisher Navoiy,Beruniy,Amir Temurlar ham chet elda o'qimaganu o'zini davlatida o'qigan.
Shu Amir Temur, Alisher Navoiy deydilar ular qaysi davrda òqigan va biz qaysi davrda òqiyapmiz deb savol bergim keladi endi ha deb ajdodlarni aytavermasdan zamon bilan yashash kerak. Hozir ilm fan nimani talab qilyapdi, qanday bilimlarni òzlashtirsak ilmimiz oshib boradi, chet tillarni bilish esa òz soxamizda yuksalishimizda ham turtki bòla oladi hozir mavjud bòlib turgan 4 yil davomidagi bilimlaringizni yana qanday qilib kengaytirishimizni va yangi bilimlarni òrganishimiz lozim bizni talimda qanday kamchilik bòlyapdi biz qanday buni bar taraf etishimiz kerak degan fikrlar ham bòlishi kerak.
Tan olaman shunday studentlar bor òz mutaxassis fanini ham chuqur bilmaydi bularga chet tili nimaga kerak deyishga ammo bilimli insonlar ham bor bular yangidan yangi ilmlarni òzlashtirishi kerak va nofilologlar ham B2 daraja olyapdi.
Tibbiyotdagilar
Patan,Fiza,Anotomiya bilish shartmas
IELTS bolsa bass
Zero kelajakda ular bemorlarga Ingliz tilidan leksiya oqib davolaydi
Mutaxassislik fan ozi nimaga kk😆😅🤣😂
MOHIGUL OCHILOVA TOSHTEMIROVNA
Keyingi yilda ham undan keyin ham kk emas bu narsa undan ko'ra hammadan o'zini sohasini yaxshi mutaxasisi bo'lishini so'rashsin
Xushnudbek siz ham davlatimizda yurist va xalqqa jonkuyar sifatida mashhursiz. Sizdan iltimos Oliy ta'lim vazirligiga bizning takliflarimizni yetkazsangiz. 2022-2023 o'quv yilidan kiritilgan bu o'zgarishni darajasini kamaytirish, yoki faqat chet tillar uchun kiritsin yoki kelasi o'quv yiliga qoldirishsin. Oilali bo'lib boshqa sohada o'qimoqchi bo'lgan ayollargayam shart-sharoit yaratishsin.
Бирдан карор чикармасдан аввал бунга замин тайёрлаш керак менимча. Чунки неча йиллаб репетиторга борганлар хам аранг сертификат оляпти. Бу йил магистратурага хужжат топширувчилар жуда увол булади😥
IELTS bu tilni bilish darajasi. Buni mutaxassislikka umuman aloqasi yoʻq. Til bildi degani oʻz sohasini biladi degani emasku. Tengbole ingliz tili asosiy boʻlmagan yoʻnalishlarga bir tingga qimmat bir varaq qogʻoz.
Boshqa tillardan sertifikati boʻlsa, faqat MAGISTRATURAGA HUJJATnigina topshira olarmish, lekin yana ingliz, fransuz, nemis tilidan ham test topshirarmish. Heech boʻlmasa, oʻsha 15 ta yildan sertifikatga ega boʻlganlarni chet tili imtihonidan ozod qilishsin....
Bunyod Razzakov
O'ZINI SOHASINI BILMASA XAM IELTS BO'LSA KELAJAGI PORLOQDIR !!😁😁😁😁
Ойбек
Shu sertifikatni rus tilidan olsa ham bularmikin yoki faqat inglizdan bolishi shartmi
Mana bizga YANGI O'ZBEKISTON OSMONIMIZ MUSAFFO YASHASIN 👏👏👏👏😠😡
Umuman bazi sohalarga keragi yoq ish boldi. Men masalan energetikman transformatorni oldiga kelib inglizcha gapirmimanku tòkka
Show next 100 comments