❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek siz ham davlatimizda yurist va xalqqa jonkuyar sifatida mashhursiz. Sizdan iltimos Oliy ta'lim vazirligiga bizning takliflarimizni yetkazsangiz. 2022-2023 o'quv yilidan kiritilgan bu o'zgarishni darajasini kamaytirish, yoki faqat chet tillar uchun kiritsin yoki kelasi o'quv yiliga qoldirishsin. Oilali bo'lib boshqa sohada o'qimoqchi bo'lgan ayollargayam shart-sharoit yaratishsin.
Бирдан карор чикармасдан аввал бунга замин тайёрлаш керак менимча. Чунки неча йиллаб репетиторга борганлар хам аранг сертификат оляпти. Бу йил магистратурага хужжат топширувчилар жуда увол булади😥
IELTS bu tilni bilish darajasi. Buni mutaxassislikka umuman aloqasi yoʻq. Til bildi degani oʻz sohasini biladi degani emasku. Tengbole ingliz tili asosiy boʻlmagan yoʻnalishlarga bir tingga qimmat bir varaq qogʻoz.
Boshqa tillardan sertifikati boʻlsa, faqat MAGISTRATURAGA HUJJATnigina topshira olarmish, lekin yana ingliz, fransuz, nemis tilidan ham test topshirarmish. Heech boʻlmasa, oʻsha 15 ta yildan sertifikatga ega boʻlganlarni chet tili imtihonidan ozod qilishsin....
Bunyod Razzakov
O'ZINI SOHASINI BILMASA XAM IELTS BO'LSA KELAJAGI PORLOQDIR !!😁😁😁😁
Ойбек
Shu sertifikatni rus tilidan olsa ham bularmikin yoki faqat inglizdan bolishi shartmi
Mana bizga YANGI O'ZBEKISTON OSMONIMIZ MUSAFFO YASHASIN 👏👏👏👏😠😡
Umuman bazi sohalarga keragi yoq ish boldi. Men masalan energetikman transformatorni oldiga kelib inglizcha gapirmimanku tòkka
@QAHHAROVA @JAMILA @
Ассалому алайкум хар йили хар хил муаммо,магистратурага кириш ун утган йил 56балл туплаганлар хам кирди.аммо сифат кани мен бу йил топширишим керак,аммо конунга каранг хотин кизлар грант укийди факатгина халкаро сертификат олсагина
CHET TILIDAGI MAQOLALARNI O'QIB, CHET TILIDA MAQOLA CHIQARISH UCHUN IELTS BO'LISHI SHART EMAS. O'ZIMNI TAJRIBAMDAN KELIB CHIQIB AYTAYAPMAN. MEN O'SHA SERTIFIKATNI OLISH UCHUN 2 MLNDAN ORTIQ PUL TO'LAB, 1-2 YIL REPITITORGA TAYYORLANISHIM KERAK EMAS, ILM FAN BILAN SHUG'ILLANIB CHET ELGA NUFUZLI JURNALLARGA MAQOLA CHIQARISHIM UCHUN. O'RTA DARAJADA BILSAM HAM YETADI,SERTIFIKATSIZ.
DTM maksimal ballni 280.5 ball qilamiz deganiga 3 yil bo'ldi. Mana 3-yildirki hali hanuz 189 ball bo'lib kelmoqda. Prezidentimizning qarori qayoqqa ketadi. Bunaqa narsalarni foydasi yo'q baribir mas'ullar bajarishmaydi tooshiriqlarni.
DTM maksimal ballni 280.5 ball qilamiz deganiga 3 yil bo'ldi. Mana 3-yildirki hali hanuz 189 ball bo'lib kelmoqda. Prezidentimizning qarori qayoqqa ketadi. Bunaqa narsalarni foydasi yo'q baribir mas'ullar bajarishmaydi tooshiriqlarni.
Ingliz tilini rivojlantirsin, qarshiligim yoʻq, lekin oʻz ona tilimizga ham oozroqqina eʼtibor qaratishsin, ingliz xalqiga dars oʻtmaymiz-ku va yo inglizni davolamaymizku. Toʻgʻri, xalqaro aloqalar uchun chet tili kerak, lekin faqat ingliz, nemis, fransuz tili xalqaro til emas-ku, boshqa chet tillar ham bor-ku!
Show next 100 comments