❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Bu yerda uqib yurgandan kura chet tilini mukkamal bilgandan so'ng chetda topshirgani yaxshi emasmi magistirni.Masalan men magistirni Uzbekistonda topshirmayman Amerikami Turkiyagami topshirmoqchiman
Qarorda faqat chet tili deyilibdi. Lekin bunga qaysi tillar ekanligi no'malum. Misol uchun, koreys tilida TOPIK daraja yoki CEFR C1 serifikati bilan topshirsa bo'ladimi?
IELTSi bor odam Oʻzbekistonga magistrga topshirmaydi
Kimdir aytdi: - "Chet tilidan sertifikati bo'lsa ham, xujjat topshirishi mumkin lekin ingliz tilidan imtihon topshiradi"- debdi. Nimaga Ingliz tili tilu boshqa tillar unaqamasmi?
Mr.Magistr
Assalomu alaykum, qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislarga nima keragi bor,hamma oʼzi uchun oʼrganaversa.Shartmas edi.
бутун дунё қишлоқ хўжалиги вертикал равишда ўсаётганда бизда хануз горизонтал экилвоткани учун ўрганиб янги қирралани ўрганиш учун керак
@QAHHAROVA @JAMILA @
Ха нима булишидан катьий Назар насиб иншооллох магистратурага кириб бу йил укийман магистрантка буламан. насиб оллохим хохласа
Abdullaev
Magisturaga topshirish uchun aynan IELTS bo'lishi kkmi rus tili yonalishiga topshirmoqchi bo'lsa C1 ham boladimi
tovba hamma sohani rasvo qilishdi nima xohlaydi DTM ozi ona tili chet tili qildi yana 4 oy qolganda abt ham odam topshirguncha turdosh bolgan yonalishni pervotda noturdosh qildi . Ana endi unversitetga qolamn magistra topshirib desam Ielts dedi insof bormi. Super bolsa hamma narsa mumkin chetnikiday imtihon qilsin pervot qilmoqchi bolganlarni super qilguncha Toshqulov umuman Oliy Ta'limni qiyin qildiz 50million tolab kirgan unverimda kochirguncha biznes qilamn. Hamma narsani pul qildila oddiy xalq qayerdan olsin ,olaylik.
C1 bo'lsa bo'lsin
Chet tilini bilgandan keyin hamma chetga ishlashga ketadiku Uzbekistonni 2 million yoki 3 million oyligi uchun yurmaydiku bora bora hamma Uzbekistondan chiqib ketadi 😐
Agar menda 7 ielts bolsa vawwi oqimiman magistr o'zbekistonda
Mahkamova Feruza
Assalomu alaykum sizga savolim bor edi.Men boquvchimni yqotga man.Qaramogʻimda 3nafar farzandim bor .Katta farzandim Yuridik universitetida shartnoma asosida oʻqiydi.Ikkinchi farzandim bu yil 11sinfni taʼmomlayapti.Ayollarga berilayotgan imtiyozlardan foydalanish uchun kimga murojaat qilishim kerak .Mahallaga murojaat qilsam bizda bu haqida maʼlumot yoʻq deyishdi.Iltimos yoʻl yoʻriq koʻrsatsangiz
Bu qarorga bosqichma
-bosqich o‘tish kerak edi. Qaror-ku to‘g‘ri biroq, 2-3yil ogohlantirib tayyorlab borish kerak edi. Ba‘zi yo‘nalishlarga hech kim hujjat topshira olmasa keraaak!
Abdullaev
IELTS deguncha o'zbek tiliga shunday sertifikat qilsin o'zbek tilini rivojlantiramiz deydilar ielts deydi yana misol uchun ona tili yonalishiga o'qiydigan talaba ingliz tilini o'rganadi Magistratura kirish uchun mutaxasislik fani qolib ketadi yana rus tiliga o'qiydiganlar rus tili qolib ingliz tilini o'rganadi yo davlat tilini ingliz tili qilsin
Sertfikat uchun tayyorlanishga bunday kam vaqt yetmaydi.
Show next 100 comments