❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
tovba hamma sohani rasvo qilishdi nima xohlaydi DTM ozi ona tili chet tili qildi yana 4 oy qolganda abt ham odam topshirguncha turdosh bolgan yonalishni pervotda noturdosh qildi . Ana endi unversitetga qolamn magistra topshirib desam Ielts dedi insof bormi. Super bolsa hamma narsa mumkin chetnikiday imtihon qilsin pervot qilmoqchi bolganlarni super qilguncha Toshqulov umuman Oliy Ta'limni qiyin qildiz 50million tolab kirgan unverimda kochirguncha biznes qilamn. Hamma narsani pul qildila oddiy xalq qayerdan olsin ,olaylik.
C1 bo'lsa bo'lsin
Chet tilini bilgandan keyin hamma chetga ishlashga ketadiku Uzbekistonni 2 million yoki 3 million oyligi uchun yurmaydiku bora bora hamma Uzbekistondan chiqib ketadi 😐
Agar menda 7 ielts bolsa vawwi oqimiman magistr o'zbekistonda
Mahkamova Feruza
Assalomu alaykum sizga savolim bor edi.Men boquvchimni yqotga man.Qaramogʻimda 3nafar farzandim bor .Katta farzandim Yuridik universitetida shartnoma asosida oʻqiydi.Ikkinchi farzandim bu yil 11sinfni taʼmomlayapti.Ayollarga berilayotgan imtiyozlardan foydalanish uchun kimga murojaat qilishim kerak .Mahallaga murojaat qilsam bizda bu haqida maʼlumot yoʻq deyishdi.Iltimos yoʻl yoʻriq koʻrsatsangiz
Bu qarorga bosqichma
-bosqich o‘tish kerak edi. Qaror-ku to‘g‘ri biroq, 2-3yil ogohlantirib tayyorlab borish kerak edi. Ba‘zi yo‘nalishlarga hech kim hujjat topshira olmasa keraaak!
Abdullaev
IELTS deguncha o'zbek tiliga shunday sertifikat qilsin o'zbek tilini rivojlantiramiz deydilar ielts deydi yana misol uchun ona tili yonalishiga o'qiydigan talaba ingliz tilini o'rganadi Magistratura kirish uchun mutaxasislik fani qolib ketadi yana rus tiliga o'qiydiganlar rus tili qolib ingliz tilini o'rganadi yo davlat tilini ingliz tili qilsin
Sertfikat uchun tayyorlanishga bunday kam vaqt yetmaydi.
Abdullaev
Men rus tiliga oqiyman 4 kurs endi IELTS olguncha bir yil kk Magistratura topshirib bolmasa
Abdullaev
Oliy ta'lim biznes bo'lib ketdi
Mardon Bozorov
Qarorni kuchga kirishini kechiktirish kerak. Kamida 1 yilga hammada ham IELTS sertifikati yuqda.
KINĞ
Shu yilga ham olib tashlasin daraja keragi yoq aytinglar oliy talim vazirligi qayta korib chiqsin
Bu qaror hamma uchunmi qizlarga ham tegishlimi
Taklif berilar bu yil bumasin tayorlanib olaylik magistraturani bitirib mutaxasisligimiz buyicha iwlemizku ingliz tili bilanmasku
Hamma filolog boʻlib ketadi bu turishda, IELTS 7 lar UZBdagi davlat tashkilotlarida 8 milliondan kam boʻlgan oylikka ishlamayptikuuu, qani bunga yaratib berilgan imkoniyat uchun davlatga bergan fidoyiligi, filolog oʻzini ishini qilsin, tarixchi oʻzini, iqtisodchi oʻzini ishini qilsin. Agar shunaqa bo'lsa, juda og'ir tabaqalanish kutib turibdi.

Chet el sertifikatideb bu yil magistratura vakantlari yarimi ochiq qolib ketishi aniq.
Show next 100 comments