❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum, Xushnud Xudoyberdiyev! Shu paytgacha Siz faqat talabalar tomonda bo‘lib,ularning yonini olgansiz, ularni tushuna olgansiz! Mazkur qonun amalga joriy qilingunicha magistratura uchun ilmiy faoliyati yaxshi bo‘lgan abituriyentlar qabul qilingan. Bu qaror ijrosi esa ilmiy faoliyati yaxshi,ammo sertifikati yo‘q abituriyentlarni imkoniyatini ancha cheklab qo‘yadi. Shu masalani ham yechimi bo‘lsa,ilmiy faoliyati yaxshi abituriyentlarga ozroq imkon berilsa,yaxshi bo‘lar edi.Shu masalada yordam qila olasizmi?
Salimov Sayyodjon .....
Abdullayeva G.
Chet tiliga quyidagilar: Ingliz tili, nemis tili va fransuz tili
Shuni asoslovchi qarori bormi man 10 ta til deb eshitdim.
Венера
Assalomu alaykum, Xushnud Xudoyberdiyev! Shu paytgacha Siz faqat talabalar tomonda bo‘lib,ularning yonini olgansiz, ularni tushuna olgansiz! Mazkur qonun amalga joriy qilingunicha magistratura uchun ilmiy faoliyati yaxshi bo‘lgan abituriyentlar qabul qilingan. Bu qaror ijrosi esa ilmiy faoliyati yaxshi,ammo sertifikati yo‘q abituriyentlarni imkoniyatini ancha cheklab qo‘yadi. Shu masalani ham yechimi bo‘lsa,ilmiy faoliyati yaxshi abituriyentlarga ozroq imkon berilsa,yaxshi bo‘lar edi.Shu masalada yordam qila olasizmi?
Жудаям яхши таклиф, акалли укиш давомида яхши укиган талабаларга хам топшириш имконяти куриб чикилса уринли булади бу борада купчилик булиб карор кабул килиш керак, биз булса бирорта олийгохга келиб талабалар фикрларини ешитганлари (котаконлар) ни курмадик хам
Вохидовна
Урток Аъзамов хеч булмаганда мана шу каналга хатосиз ёзсангиз булар эди,чунки Хушнудбекни каналини неча йиллардан бери кузатаман бирор марта бирорта сузда хеч булмаса адашиб хам хато бн ёзилмайди,Нима учун биласизми,чунки у бизни яъни обуначиларини каттик хурмат килгани учун...биз хам албатта хурматни хурмат бн кайтаришимиз керак.Сиз айтгандек аклий салохияти кучли болалар уз она тилларида хатосиз ёзишлари шарт.
Mutaxasislik fanlar boyicha nima boladigan bolyapti
Qoldirilsa yaxshi boʻladi
Imtixon bolishi aniqmi yoki olib tashlanarkanmi Xushnud aka
Xushnudbek bitta savol juda qiziq nofilologik yo'nalishga 5.5o'tarkanu lekin yuridik unversitetga o'tmaskan yuridik unversitetga kurish uchun 6 ball eng qiziqi writingdan ham 6 ball talabi qo'yilgan bu menimcha mantiqsizlik.shunga nima deysiz
qishloq sharoitidagilar qanday tayyorlanishlari mumkin
Assalomu alaykum! Xayrli kun barchaga. Ushbu qarorni oqilona tahlil qiladigan bo‘lsak, bu o‘qishga topshiradiganlarni huquqini cheklash bo‘lib qolyapti. Magistraturaga davlat organlarida ishlaydiganlar ham topshiradi. Ular nima qiladi? Ularni ish vaqti tushlik qilishga vaqti yo‘q, qanday qilib tayyorlanadi. CHet tilini zo‘r biladiganlar bor, lekin sertifikat olishga imkoniyati yo‘qlar qancha. Shuncha yaxshi mutaxassislar bor ularni huquqlari cheklanyapti. Biz faqat chet tili bilan o‘z sohamizni yetuk mutaxassisi bo‘lmaymizku. Til mutaxassisligi bor universitetlar uchun sertifikatlarni majburiy qilsin, chunki ularning mutaxassisligi, biroq nomutaxassislik sohalari uchun majburiy qilish.........
Sertifikati yo'q talabalarni magistraturada óqishini cheklash noórin deb óylayman. Sababi, oddiy kursdoshlarimdan misol qilsak yónalishda 64ta talabadan 15tasi magistraturada óqish niyatida ammo 5yoki 6tasi chet tilni óqiyotkan(yónalishdagi fanlarni ózlashtirmaydi ular umuman). Hamma sertifikat olmoqchi bólganlar chetga ketadiku
Tugri qaror bulgan keyingi yilga qoldirish xato shu yildan qolmaslik kk chunki inson ogir vaziyatda yaxshi shakillanadi agar shuni 2025-yil qilib quyganda Usha yili ham huddi shunaqa norozichilik buladi til bu yaxshi narsa insonni salohiyati bilim saviyasini ancha kutaradi Xushnudbek aka rahmat sizga xabardor qilganinggizdan
Buyogi nima boladi endi sertifikati bólgani bn spes fanni bilmasa nimaga kerak unday kadrni
Bu bugun chiqib qolgan qarormasku uzining kelajagiga befarq bulmagan inson ertaroq uqishni boshlash kk edi
Milliy sertifikat masalasi juda sust ketyapti. Hozir to‘xtadi ham. Xalqarosiga kamida bir yil o‘qish kerak. Umuman hamma ingliz tilini bilishi shartmi,masalan, ona tili o‘qituvchisi.Undan ko‘ra o‘zbek tilini mukammal o‘rgatuvchi metodikani o‘rgansin...
Assalomu alaykum! Turk tili Tomer serfikati o‘tarmikan???
Fikriz tugri lekin siz inglis tilini urganing keyin boshqacha xulosaga kelasiz oddiy rivojlangan mamlakatlarda boshlangich talim qandey nega ular rivojlangan etiborli bulin bir tilni yaxshlab uqisangiz 2yil yetadi keyin boshqa til bn solishtirsangiz yaxshiroq natija olasiz
Ассаломалайкум битта саволим бор эди
Qanaqa
Informatiklarga sertifikatlar kerakmikan? Agar kerak desangiz magistr o‘qib nima qiladi sertifikat bilan chetga chiqib ketadiku IT sohasida ishlagani
Show next 100 comments