❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
qishloq sharoitidagilar qanday tayyorlanishlari mumkin
Assalomu alaykum! Xayrli kun barchaga. Ushbu qarorni oqilona tahlil qiladigan bo‘lsak, bu o‘qishga topshiradiganlarni huquqini cheklash bo‘lib qolyapti. Magistraturaga davlat organlarida ishlaydiganlar ham topshiradi. Ular nima qiladi? Ularni ish vaqti tushlik qilishga vaqti yo‘q, qanday qilib tayyorlanadi. CHet tilini zo‘r biladiganlar bor, lekin sertifikat olishga imkoniyati yo‘qlar qancha. Shuncha yaxshi mutaxassislar bor ularni huquqlari cheklanyapti. Biz faqat chet tili bilan o‘z sohamizni yetuk mutaxassisi bo‘lmaymizku. Til mutaxassisligi bor universitetlar uchun sertifikatlarni majburiy qilsin, chunki ularning mutaxassisligi, biroq nomutaxassislik sohalari uchun majburiy qilish.........
Sertifikati yo'q talabalarni magistraturada óqishini cheklash noórin deb óylayman. Sababi, oddiy kursdoshlarimdan misol qilsak yónalishda 64ta talabadan 15tasi magistraturada óqish niyatida ammo 5yoki 6tasi chet tilni óqiyotkan(yónalishdagi fanlarni ózlashtirmaydi ular umuman). Hamma sertifikat olmoqchi bólganlar chetga ketadiku
Tugri qaror bulgan keyingi yilga qoldirish xato shu yildan qolmaslik kk chunki inson ogir vaziyatda yaxshi shakillanadi agar shuni 2025-yil qilib quyganda Usha yili ham huddi shunaqa norozichilik buladi til bu yaxshi narsa insonni salohiyati bilim saviyasini ancha kutaradi Xushnudbek aka rahmat sizga xabardor qilganinggizdan
Buyogi nima boladi endi sertifikati bólgani bn spes fanni bilmasa nimaga kerak unday kadrni
Bu bugun chiqib qolgan qarormasku uzining kelajagiga befarq bulmagan inson ertaroq uqishni boshlash kk edi
Milliy sertifikat masalasi juda sust ketyapti. Hozir to‘xtadi ham. Xalqarosiga kamida bir yil o‘qish kerak. Umuman hamma ingliz tilini bilishi shartmi,masalan, ona tili o‘qituvchisi.Undan ko‘ra o‘zbek tilini mukammal o‘rgatuvchi metodikani o‘rgansin...
Assalomu alaykum! Turk tili Tomer serfikati o‘tarmikan???
Fikriz tugri lekin siz inglis tilini urganing keyin boshqacha xulosaga kelasiz oddiy rivojlangan mamlakatlarda boshlangich talim qandey nega ular rivojlangan etiborli bulin bir tilni yaxshlab uqisangiz 2yil yetadi keyin boshqa til bn solishtirsangiz yaxshiroq natija olasiz
Ассаломалайкум битта саволим бор эди
Qanaqa
Informatiklarga sertifikatlar kerakmikan? Agar kerak desangiz magistr o‘qib nima qiladi sertifikat bilan chetga chiqib ketadiku IT sohasida ishlagani
.
Fikriz tugri lekin siz inglis tilini urganing keyin boshqacha xulosaga kelasiz oddiy rivojlangan mamlakatlarda boshlangich talim qandey nega ular rivojlangan etiborli bulin bir tilni yaxshlab uqisangiz 2yil yetadi keyin boshqa til bn solishtirsangiz yaxshiroq natija olasiz
Сиз тил дейсиз хеч ким йомон демаяпти чет тилини, жахон тиллари ва шунга ухшаш олийголарга мажбурий килиш керак лекин заводларда йохуд ишлаб чикаришларда сохани билмаса тилни билгани йордам бермайди, бошка йуналишдаги олийгохларга ноурин танланган бу йул биз шуни назарда тутяпмиз
Кириш бали 189 бал деган гап хакикатми
Агар шундай булса ташки переводни бали 94 балдан пастга тушармикан
Муслима Даминова
мактабгача таълим йуналишлари учун хам керак буладими ёки факат тил сохаларигами.
94 балдан паст булсин деб каерга мурожат килсак булади
Бошлангич талим йуналиши
Tgdan yoziylar lichka savollaring bulsa
Solijonova Mohina
Men filologiyada o'qiyman bu yil tugataman o'zbek tilida.
Bizga bu qarori bn C1 deyapti.
Hozirda OTM o'qituvchilarini o'zida ham C1 yo'q ku.
Nega bunday qilishadi.
Avval ilm beruvchidan zo'r qilib talab qilib olsin
189 бални неччи фоизи буларкан а
Show next 100 comments