❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Qoldirilsa yaxshi bõlardi
Assalomu alaykum.Sertifikat olish oson emas.Ingliz tilida o'qiydigan va dars beradiganlar ham necha yil o'qib ololmayabdi buni.Faqat sertifikat, til deyishni o'rniga mutaxassislikni talab qilish kerak menimcha,ingliz tilini o'rgansinmi,o'z yo'nalishining yetuk kadri bo'lsinmi????
Juda bo'lmasa o'z tilimizdan ayrim me'yorlarni qo'yishsin,faqat bizga begona bo'lgan chet tilini talab qilmasdan,ayrim talabalar,pedagoglar o'z tilimizda xato yozishadi va husnixat esa juda achinarli,buning ustiga krill alifbosida yozishadi yana.
Assalomu alaykum, bilamizki chet tili sertifikatlari muddatli bo'ladi. Muddati imtihondan bir necha oy oldin o'tgan sertifikatlar ham qabul qilinadimi?
Norminov Jurabek Qarshi Davlat unversiteti talabasi
Oliy talim vaziringning eng axmoqana qarori MEN AGAR ILTS OLSAM O'ZINI SOHANI TASHLAB CHEGA KETGAN BO'LARDIM SABAB KATTA OYLIK BERADI IELT OLGAN TALABALAR MENIMCHA UZINI SOHASIGA QAYTMASA KERAK
Ha,IELTS sertifikati bor odam,o'z yo'nalishida qolishi qiyinroq menimcha,ayniqsa xalqimiz tili bilan aytganda "pastroq"yo'nalishda o'qiydiganlar bo'lsa,berilayotgan maosh ham qondirmaydi bunday imkoniyati bor odamni
Mamatqulova Nargiza
Нечи йиллар ишлаган чет тиллар ўқитувчиси хам хозир курсларда сертификат учун ўқияпти бошқа йўналишларга хали анча бор деб ўйлайман
Юсуф Жабборов
Умуман керакмас нарса
Jonga tegdi shu sertifikatlar, karonavirusga sertifikat, magistraturaga sertifikat, sertifikati borlar chetga ishlagani ketyapti. 5,5 ielts bor bollar umuman qomidi bu yerlarda, ketadi hammasi oyligi tuzuk joylarga. Til bilish kerak , lekin chet tilini bilmasa magistraturaga hujjat ham topshirib bo‘lmasmish.
Bizda o'zi geografiyani qisqartirishga kurash ketayotgan bo'lsa,yana uni ustiga sertifikat so'rashadi
Noto'g'ri qaror. Ingliz tilini hamma o'zi uchun ya'ni chet davlatda malaka oshirish uchun o'rgansin. KIRISH ICHUN MAJBURIY QILISH XATO
Solijonova Mohina
Men filologiyada o'qiyman bu yil tugataman o'zbek tilida. Bizga bu qarori bn C1 deyapti. Hozirda OTM o'qituvchilarini o'zida ham C1 yo'q ku. Nega bunday qilishadi. Avval ilm beruvchidan zo'r qilib talab qilib olsin
Улар проста кимгадир буйсинади холос, бизда узи кимдир узини фикри билан охиригача бораолмайдику хаммаси узини позитсиясини уйлайди
Assalamu alaykum, davlat stipendianti bo'lgan talabalarga ham magistraturaga topshirish uchun til sertifikati talab qilinadimi? Mana shu savolga javob topa olmayapmiz
Assalomu alaykum.Magistiratura uchun talab qilinayotgan chet tili sertifikati faqat ingliz tilidan bo'lishi shartmi? Turk tiliga tayyorlanayotgan tanishlarimiz bor, Magistiraturaga turk tilini sertifikati ham o'tadi deyapti.Shundaymi??
OTM ga kirishda xotin qizlarga beriladigan imtiyoz uchun qayerga hujjat topshirish kerak??
Assalomu alaykum Cefr imtixonlari qachon o'tkaziladi kimda malumotlar bo'lsa yozsin.
Filologiya yonalishiga topshiradiganlarga menimcha tadbiq qilish kerak. Sababi ular tilni orgatadi, qolgan yonalishlarga shartmas menimcha. Yana kim biladi. Bu qarorni kiritganlar hamma tomonini oylashgandir. Bizga nomalum tomonlari ham bordir.
Show next 100 comments