❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Noto'g'ri qaror. Ingliz tilini hamma o'zi uchun ya'ni chet davlatda malaka oshirish uchun o'rgansin. KIRISH ICHUN MAJBURIY QILISH XATO
Solijonova Mohina
Men filologiyada o'qiyman bu yil tugataman o'zbek tilida. Bizga bu qarori bn C1 deyapti. Hozirda OTM o'qituvchilarini o'zida ham C1 yo'q ku. Nega bunday qilishadi. Avval ilm beruvchidan zo'r qilib talab qilib olsin
Улар проста кимгадир буйсинади холос, бизда узи кимдир узини фикри билан охиригача бораолмайдику хаммаси узини позитсиясини уйлайди
Assalamu alaykum, davlat stipendianti bo'lgan talabalarga ham magistraturaga topshirish uchun til sertifikati talab qilinadimi? Mana shu savolga javob topa olmayapmiz
Assalomu alaykum.Magistiratura uchun talab qilinayotgan chet tili sertifikati faqat ingliz tilidan bo'lishi shartmi? Turk tiliga tayyorlanayotgan tanishlarimiz bor, Magistiraturaga turk tilini sertifikati ham o'tadi deyapti.Shundaymi??
OTM ga kirishda xotin qizlarga beriladigan imtiyoz uchun qayerga hujjat topshirish kerak??
Assalomu alaykum Cefr imtixonlari qachon o'tkaziladi kimda malumotlar bo'lsa yozsin.
Filologiya yonalishiga topshiradiganlarga menimcha tadbiq qilish kerak. Sababi ular tilni orgatadi, qolgan yonalishlarga shartmas menimcha. Yana kim biladi. Bu qarorni kiritganlar hamma tomonini oylashgandir. Bizga nomalum tomonlari ham bordir.
Nofilologlar uchun B2 bo'lish kerak bunga ozroq o'zgartirish kerak ya'ni B2 uchun ingliz tilidan 100foiz B1 uchun 50 foiz berish kerak (nofiloglar uchun) shunda adolatli bo'ladi chunki B1 olish ancha oson va magistiraturaga kirish uchun hammada imkoniyat bo'ladi B2 ni olgan 100 foiz qo'shib beriladi shunda adolatli bo'ladi B1 ni oldi degani ingliz tilidan uncha muncha ingliz tilidagi maqola va jurnallarini tarjima qilaoldi degani o'zi sertifikatni olishni maqsadi ham shu ediku(ingliz tilidigi maqolalarni o'qib va tarjima qilish)six ham kabob ham kuymasdi Xushnud aka bu commenti o'qib ko'rib tegishli joyga yetkazishingizni so'rardim oldindan raxmat
Qabul online boladimi bu yil ham?
Usmonova O'. M.
Assalomu aleykum. Sizga qanday bog'lansam bo'ladi.
Assalom aleykum, kvotalarni ham joylang, iltimos
1.5 milion oylik uchunmi bular hammasi. Haqiqat shuki tilni B2 darajasida biladigan odam uzbda qolgisi kelmaydi
Muhammadjonov
1.5 milion oylik uchunmi bular hammasi. Haqiqat shuki tilni B2 darajasida biladigan odam uzbda qolgisi kelmaydi
Albatta to‘ppa to‘g‘ri gap faqat aqillilar garang qilmasin biz ham uzb ni kelajagini o‘ylaymiz albatta lekin bizni ham kelajagimizni o‘ylash kk
Bu qanaqasi 4yil ingliz tilida oʻqib ham talabalar 7:5,8 ololmaydi B2 darajasi toʻgʻri emas man rus tili filologiyadai man 6:5dan yuqori ololmayman bu menimcha adolatli emas
Умида Камолова
Assalomu alaykum! Xorijiy til sertifikatining talab qilinishi ijobiy holat, chunki ilmiy jarayonda ham kerakli. Biroq o'zbek tilida talab darajasida gapirish, faoliyat yuritish keyingi o'rinlarda qolayotgandek, nazarimda. Aksariyat yo'nalishlarda ilmiy ish har qanday manbadan o'rganiliahidan qat'iy nazar, o'zbek tilida yoziladi. Shunday ilmiy ishlar borki, na gap qurilishi joyida, na mazmuni joyida. Men hech kimni qoralamoqchi emasman. Shaxsiy mulohazam shundaki, avvalo, o'zbek tilida ish yuritishni takomillashtirish shart. Chet tilidan sertifikatning talab etilishi ......xullas, bilmadim.
Assalomu alaykum, avvalo,maktabda chet tili ta'limiga qat'iy talab qoyilsa,keyinchalik hech kim,bolalik,oilaliklar,ishlaydiganlar ham qiynalib til o'rganaman Deb bosh qotirmaydi.
SItora
Salom
Show next 100 comments