❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Bu umuman bo‘lmaydi .Bu tilni o‘rganishga majburlashku. Hammami sharoiti har xilku. Sertifikat olish uchun ham kamida 1 yo 2 yil kerak bo‘ladi.
Dilnoza
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudayberdiyev! Magistratura boʻyicha toʻliqroq va aniqroq javob bersangiz, IELTS olish majburiymi shu yildan? Va mutaxassisligi boshqa boʻlib ham boshqa universitet magistraturasiga hujjat topshirsa boʻladimi? Barcha universitetlarga IELTS qaysi darajadagi serfitikatlari oʻtadi? Shular haqida maʼlumot bersangiz iltimos.
Gavhar Usmonova
Assalomu alaykum, Xushnudbek. Imtihonga 3 oy qolganda ona tili - adabiyot fakultetlariga chet tilidan imtihon qo'yishdan maqasad nima? Ona tili o'qituvchisi chet tilida dars olib bormasa.
Tarix imtihoni foydali edi. Adabiyot o'qituvchisi tarixiy asarlarni tarixdan olgan bilimlariga suyanib tushuntirar edi. Endi nima bo'ladi? ,,Yulduzli tunlar", ,, Ulug'bek xazinasi"... kabi asarlarni yetkazishda ingliz tiliga suyanadimi? Xalqimizga savodsizlikning yangi ko'rinishi muborak!!! Nega bunaqa qarorlar muhokamaga qo'yilmaydi. Vazirlikning maqsadi nima? Iltimos, yetkazing.Bu- eng noto'g'ri, ma'naviyatimizga bolta urgan qaror bo'ldi. DTMni 3 yillab tarix yodlab tirsak chiritgan minglab aboturiyentlarning uvoli tutmaydimi?
@magistrlarofficial kanali magistrlar kanali hisoblanadi obuna bop qoyila
🦋Shahnoz🦋
Assalomu aleykum tasviriy san'at yo'nalishiga hali.milliy sertifikat yo'qku bu qanday bo'ladi
Iltimos javob qoldirng. Raxmat.
Lekin qarorga kirib qaralsa ozgrtirish kiritilayapdi deb yozilgan
Soralmasligiham mumkinmi?
Ma'rifat Kenjamatova
Temur
Sertifikat shart emas
Prizident qaroriga soslanb davlat test markazdegla tilivizorda aytshdiku man ewitdm, siz nimaga asoslanb aytyapsz
Zulayho
Assalomu alaykum Xushnudbek Hudoyberdiyev chet tilidan sertetifikat faqat ingliz tili uchunmi yoki boshqa tillarda ham olsa bo'ladimi.
Konchilik sohasida oʻqiyman bizda hechkimda sertifikat yoq bor bosayam bitta chiqar 10ta magistr olishi kk kim kiradi unga😁
Бу тизимини узини оклашига анча вакт керак.
Институтда француз тили укиб, сертификат инглиз тилидан булса хвм булаверадими
psixologiya yonalishlariga ham kerakmi sertifikat
Assalom aleykum Chet tili dganda faqat ingliz tili sertifikati kiradimi bowqa til sertifikati bomaydimi masaln kares tili
1-kun qolganda aytadi kerak kerak emas deb
Keyingi yildan kuchga kirsa yaxshi edi
Assalomu alaykum Men institutda uqiyman 1 kursman savolim shundan iboratki yana oʻqishga topshirsam bo'ladimi oldingi oʻqish joyimga taʼsir qilmaydimi.
Umuman togri qaror emas. Hosh oz yonalishini yaxshi bilganalar nima qilishi kk shet tilin organishga pul yoqlar nima qilish kk. Afsus bizda xato ustiga xato qilinadi.
Show next 100 comments