❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Miracle
Yaxshi qaror chiqarishibdi-yu ammo ayni vaqtda bu talabga hamma javob bermasa kerak
Тектакми булар чет тилидан илмий иш қилмайдику, сертификат нимага керак, шундоқ ҳам камайиб кетган илмий тадқиқотларни биратула кўмишарканда, 2012 да бир марта чичворишганди, 3 марта диссертация ёзгандик, ўйлаб иш қилиш керак,мамлакатини иқтисодий, технологик ривожлантириш айнан илмий тадқиқот ишларини кўлами, самарадорлигига боғликку
Sertifikati bor talaba uzbda qolarmikan chetga topshiradiku bu talab yaxshi oylangan ammo asta sekinlik bn yòlga qoygan maqul deb oylayman
Karamatov Urol
2 yil oldin aytish kerak edi. Bu yil topshiradigan talaba qanday qilib 6.5 yoki B2 daraja olishi mumkinligi aqlga sigmaydi. Mutahassislik fanlarni o'qisinmi yoki chet tilinimi. Bularga o'z sohasi mutaxassisi kerakmi yoki chet tilidagapiradigan ko'rsavodlarmi.
Bunaqa qonunlarni tomdan tarasha tushganday chiqarmaslik kk.
Yoki davlat IELTS bilan shartnoma qildimi. Yoki davlat tomonidan imtihon olinib beriladimi kamroq pul evaziga. Soqqa yo'q juda ko'pchilikda, bunaqa yo'qchilik ketidan professorlikka loyiq insonlarni umrini chet tili deb sovurmaslik kerak. Balki professor ham bo'lmas ammo aql zakovati yuqori bo'lgan talabalar uvol ketadi umri, boshqasi. Med institut talabalarini aytmasa ham bo'ladi.

P.S.: Magistraturaga kirsam qishlog'imda shifokor va ingiliz tili o'qituvchisi bo'laman.
G'oya uchun minnatdorman.
Qahhor Yoqubov
Bir tarafdan yaxshi bo'ldi shu bohona ingiliz tilini ham o'rganib olamiz
Ha zor boldi 5 yildan keyin doktorga borsez sizga ingiliz tilidan dars berib chiqarvoradi.

P.S. Keyin hafa bo'manglar lekin, o'zinglar aybdorsilar. Men aytudim shu tepalikka chiqmaylik deb.
Bitta gap aytaymi hammaga yoqadi.
Yo mutaxasislik fanidan ma'lumoti yo'q inglizzabonlar o'qiydi. Yo magistraturaga ajratilgan o'rinlar to'lmay ochib yuboriladi.
_Alimjanova_
M.Mohinur
aynan shu yerda manfaat bolmaydi Ilts imtixonlarida xech qanaqa korrupsiya bolmaydi oz bilim darajayzni chiqarb beradi bu aniq iltsni pulgayam sotvolshni iloji yoq
İlojisi bor, chunki hamma yerda bir kunda ielts imtihoni boʻladi, soati vaqti bilan farq qiladigan davlatlar bor, soati bizadan oldin boʻlsa demak bizdan oldinroq IELTS topshiradi va javoblarini sotishi mumkin, bunday holatlarni yoʻq yoki boʻlmaydi boʻlmagan deb aytib boʻlmaydi
_Alimjanova_
Tepadagilarni hammasida bormikan sertifikat, oldin shulardan boshlash kerak edi yoki hammasida bormikan sertifikat (rus tilidan tashqari)

Birdaniga bunaqa qaror qabul qilish notoʻgʻri deb oʻylayman, bosqichma bosqich qilishsa, yoki bir kallasini ishlatib koʻrib keyinroqqa surishsa yaxshi boʻlardi,

Hozir IELTS topshirish ham 2 mln, undan tashqari shuncha pul toʻlab oʻqiydi, qisqa vaqt ichida sertifikat olaman deb individualni darslaga borib tayyorlansayu lekin kutilgandek natija ololmasa, bekorga shuncha pul ketgan boʻladi


Agar keyinroq 1-2 yildan keyin qilsa shungacha yaxshilab tayyorlansa boʻladi vaqt ham koʻp boʻladi bemalol oʻqib oʻrganib kutilgandek ielts olish mumkin boʻlar edi

Shaxsiy fikrim shunday, kim qanday tushunadi bilmadim, bu yildan qarorni kuchga kirishi notoʻgʻri deb oʻyliman)
Karamatov Urol
15 ta til bolgani bilan ularni faqat 4 tasidan imtixon oldinda qolgani otib ketgan
Show next 46 comments