O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.

Olimpiada ishtirokchilari kimyo fani bo'yicha bahslashadilar.

- 1-o'rin sohibi 5.000.000 so'm va diplom;
- 2-o'rin sohibi 3.000.000 so'm va diplom;
- 3 - 8-o'rin sohiblari 1.000.000 so'mdan va diplom;
- barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Olimpiadada akademik litsey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib:
- 18 tasi o'rta va o'rta maxsus ta'lim mavzulari;
- 5 tasi oliy ta'lim mavzulari;
- 2 tasi olim Tillayev R. S. hayoti va ijodi yuzasidan bo‘ladi.

Ishtirok etish niyatidagilar 25-maygacha
moziy.edu.uz saytida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Onlayn olimpiada 30-may kuni soat 8:00 da boshlanadi. Jarayon borishi haqida batafsil ma'lumot berib boriladi.


Kanalga ulanish

144 comments

Show 80 more comments
Sabina Hayitova
Kim biladi javoblari qanchalik tugri ekanligini
Ogabek
Sobirova Shaxrizoda
Ogabek
Olimpiadaga qatnasholmadim
Ogabek
Qanday qo‘shishni bilmadim
NBYni qandoq topilardi iltimos aytvorina
testqachon bo‘larkan
Salom
Kechagu test haqqoniy emas
Qizlar qoqonlik bollar chotkiy deb yozilar
JASUR ORIFOV
Yana qachon bularkan
Man ro‘yxatdan o‘tolmadm
Qanaqa qilib ro‘yxatdan o‘tish kerak
Qanaqaqilib
Show next 43 comments