O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.

Olimpiada ishtirokchilari kimyo fani bo'yicha bahslashadilar.

- 1-o'rin sohibi 5.000.000 so'm va diplom;
- 2-o'rin sohibi 3.000.000 so'm va diplom;
- 3 - 8-o'rin sohiblari 1.000.000 so'mdan va diplom;
- barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Olimpiadada akademik litsey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib:
- 18 tasi o'rta va o'rta maxsus ta'lim mavzulari;
- 5 tasi oliy ta'lim mavzulari;
- 2 tasi olim Tillayev R. S. hayoti va ijodi yuzasidan bo‘ladi.

Ishtirok etish niyatidagilar 25-maygacha
moziy.edu.uz saytida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Onlayn olimpiada 30-may kuni soat 8:00 da boshlanadi. Jarayon borishi haqida batafsil ma'lumot berib boriladi.


Kanalga ulanish

144 comments