Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Yaxshi taklif ,hozirgi sharoitda ,👍👍👍
Bu notori iw. Cunki oqwga Aniq kiraman dgan abiturient ucun bu hc nmamas. Agar yo'q qilinsa oqimagan tentak kelib test topwrb ko'radi. Bu narsani keregi yo.
Алҳамдулиллаҳ 🕋
Judayam toʻgʻri taklif, Alloh rozi boʻlsin 👍🏻
110ming som topolmagan kantraktni qanday qilib toliydi ?????
Xushnud aka gapingiz to'g'ridir balki. ammo masalan testga pul to'lanmasa hamma narsa buyruq bilan bajariladi, ya'ni binolar ijarasiga pul to'lanmaydi, texnik qurilmaga ham xuddi shunday, eng asosiysi nazoratchi ustozlar ham xuddi oldingiday pul olmasalar oldingi vaziyatga qaytib qolmaymizmi. Ustozlar birinchidan bosimga olinmaganidan ikkinchidan moddiy rag'bat uchun test tizimi ancha yaxshilandi menimcha.
Zebowkaaa ✿
Qimmat qilishsiiiiiiinnnnnnnnnnnnn
Nega unday deysiz? Faqat òzizi manfaatizi òylamen
😎😎😎
Zebowkaaa ✿
Tugri lekn tayyorlanmaganlayam topwirib vaqtni oladi. Undan kura qimmatroq qiliwi kk. Xushnudbek aka iltimos narxini kutarishsin
Siz tõlay olishiz mumkin lekin tõlay olmaydigan oilalar nima qilishadi?Farzandi uchun topib beradi lekin qiyinchiliklar evaziga!
Behzod Botirovich
Xushnud aka zo‘r taklif. Kimdir shunaqa deb xalqni dardini olib chiqmasa bu ketishda yurgan qadamimizga shagomer qo‘yishadi shungayam pul to‘lashimizga to‘g‘ri keladi.
Agar pulsiz qilib qo`yishsa 700 ming emas, bir yarim million abiturient hujjat topshiradi. Xarajat yana barobariga oshib ketadi. Ayrimlar institutga faqatgina "institutga topshirib yiqildim" deyish uchun topshiradi!
Abiturientga juda yordam berish zarur bo`lsa boshqacha mexanizm o`ylab topish kerak!
Xushnutbek sizni fikrlarizni doim qo'llab quvvatlab kelaman. Adolat haqida gapirasiz, xalqni yonini olasiz. Biroq siz aytyotgan adolatni o'rnatish uchun texnika va texnologiya soz bo'lishi kk. Uning uchun katta pul kk. DTM dagi xodimlarni bilaman. Kechasi bn tinmay ishlashadi ularga moddiy yordam va qog'ozlar uchun nazorat qilish, yangi texnologiyalar. Bularni hammasi juda katta pul turadi. Oldingi xolatda faqat 1-avgust bo'lgan da mayli edi? Albatta postimni o'qiysiz degan umiddaman.
Maruf Tojiyev
Tugri taklif beribsiz Xushnudbek aka. Bu yil ko'proq yengillik berish kerak bu borada. Abiturentlar uchun yaxshi taklif beribsiz.
Kontrakt masalasini ham koʻrib chiqishsa yaxshi boʻlardi
Taklif: DTM bu 115 ming so'm to'lovni majburiy emas, balki ixtiyoriy deb belgilasin. Ya'ni imkoniyati bor abiturient davlatga yordam ma'nosida ixtiyoriy to'lov qilsin. Imkoniyati yo'q abiturientlardan hech qanday cheklovlarsiz hujjat qabul qilinsin. Bizni xalq yuksak ma'naviyatli xalqdir. Imkoniyati bor oila davlatga og'irim tushmasin deb ixtiyoriy ravishda bemalol to'lovni amalga oshiradi. Men bunga ishonaman. Faqat buni targ'ibotini to'g'ri amalga oshirish kerak.
Shani
1 oy!!!
demak 24 kg go'sht 1 yilga yetarkanda )))))
To'lovni yo'q qilib qo'yishsa abuturentman deydiglar ko'payib ketadi o'qimagan ham xujjat topshirdi bu esa xozirga vaziyatga to'g'ri kelmsa kerak deb o'ylayman kirman deb yurgan abuturent uchun bu pul hech nima
Муҳаммад Юсуф
Barchinoy Xalilova
Men bitta narsaga qiziqaman shu yozgan hamma kommentni Xushnudbek aka o'qirmikanlar.
Сизникини ўқиши аниқ. Чунки хамма деярли бир хил фикр ёзган. Фикрлариз ажралиб турибди "бошқача рангли кийимда" 😀😀Эътиборни тортади
Show next 100 comments