Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
😎😎😎
Zebowkaaa ✿
Tugri lekn tayyorlanmaganlayam topwirib vaqtni oladi. Undan kura qimmatroq qiliwi kk. Xushnudbek aka iltimos narxini kutarishsin
Siz tõlay olishiz mumkin lekin tõlay olmaydigan oilalar nima qilishadi?Farzandi uchun topib beradi lekin qiyinchiliklar evaziga!
Behzod Botirovich
Xushnud aka zo‘r taklif. Kimdir shunaqa deb xalqni dardini olib chiqmasa bu ketishda yurgan qadamimizga shagomer qo‘yishadi shungayam pul to‘lashimizga to‘g‘ri keladi.
Agar pulsiz qilib qo`yishsa 700 ming emas, bir yarim million abiturient hujjat topshiradi. Xarajat yana barobariga oshib ketadi. Ayrimlar institutga faqatgina "institutga topshirib yiqildim" deyish uchun topshiradi!
Abiturientga juda yordam berish zarur bo`lsa boshqacha mexanizm o`ylab topish kerak!
Xushnutbek sizni fikrlarizni doim qo'llab quvvatlab kelaman. Adolat haqida gapirasiz, xalqni yonini olasiz. Biroq siz aytyotgan adolatni o'rnatish uchun texnika va texnologiya soz bo'lishi kk. Uning uchun katta pul kk. DTM dagi xodimlarni bilaman. Kechasi bn tinmay ishlashadi ularga moddiy yordam va qog'ozlar uchun nazorat qilish, yangi texnologiyalar. Bularni hammasi juda katta pul turadi. Oldingi xolatda faqat 1-avgust bo'lgan da mayli edi? Albatta postimni o'qiysiz degan umiddaman.
Maruf Tojiyev
Tugri taklif beribsiz Xushnudbek aka. Bu yil ko'proq yengillik berish kerak bu borada. Abiturentlar uchun yaxshi taklif beribsiz.
Kontrakt masalasini ham koʻrib chiqishsa yaxshi boʻlardi
Taklif: DTM bu 115 ming so'm to'lovni majburiy emas, balki ixtiyoriy deb belgilasin. Ya'ni imkoniyati bor abiturient davlatga yordam ma'nosida ixtiyoriy to'lov qilsin. Imkoniyati yo'q abiturientlardan hech qanday cheklovlarsiz hujjat qabul qilinsin. Bizni xalq yuksak ma'naviyatli xalqdir. Imkoniyati bor oila davlatga og'irim tushmasin deb ixtiyoriy ravishda bemalol to'lovni amalga oshiradi. Men bunga ishonaman. Faqat buni targ'ibotini to'g'ri amalga oshirish kerak.
Shani
1 oy!!!
demak 24 kg go'sht 1 yilga yetarkanda )))))
To'lovni yo'q qilib qo'yishsa abuturentman deydiglar ko'payib ketadi o'qimagan ham xujjat topshirdi bu esa xozirga vaziyatga to'g'ri kelmsa kerak deb o'ylayman kirman deb yurgan abuturent uchun bu pul hech nima
Муҳаммад Юсуф
Barchinoy Xalilova
Men bitta narsaga qiziqaman shu yozgan hamma kommentni Xushnudbek aka o'qirmikanlar.
Сизникини ўқиши аниқ. Чунки хамма деярли бир хил фикр ёзган. Фикрлариз ажралиб турибди "бошқача рангли кийимда" 😀😀Эътиборни тортади
Taklifingizga qo'shilaman, o'qish ga topshirish hamma vaqt bepul bo'lishi kerak, oldingidek.
Assalomu alaykum. Bu habarni hozir ko'pchilik tarqatishni boshladi.lekin ba'zi kanallar ma'lumotni o'ziniki qilish harakatiga tushishgan. Xushnudbek ismini esa Xushnudabek qilib qo'yishibdi. Bunday savodsizlar kanal ochgancha imlo qoidalarini o'rgansalar bo'lar edi.
Meni fikrimcha tekin qilmaslik kerak. Lekin arzonroq qilsa bo'ladi masalan 60 ming atrofida
Shuhrat Xo'ja
Davlatimiz bunday og'ir vaziyatda tadbirkorlarga bir nechta imtiyozlar berayotgan vaqtda xalq uchun xam shunga oxshash imtiyozlar bersa adolatdan bo'lar edi.
Yaxshi fikir 👍👍👍👍Ammo meni taklifim olish kerak faqat hamma un bir xil 50 ming so'madan mi ??
Chunki hozirgi vaziyatda Davlat budjetidan ham ozmuncha xarajalar bo'layotgani yo'q
Zebowkaaa ✿
Abdukarim Ismoilov
Nega unday deysiz? Faqat òzizi manfaatizi òylamen
Manam abituriyentman. 3 yildan buyon yiqilaman. Tayyorlanmay topwirib tayyorlanganlani vaqtni olgandan kura qimmat qiliwsa harsa uzini olib topwirmas. Bu yerda tayyorlanmaganlar haqida gap ketayapdi
Xushnutbek sizni fikrlarizni doim qo'llab quvvatlab kelaman. Adolat haqida gapirasiz, xalqni yonini olasiz. Biroq siz aytyotgan adolatni o'rnatish uchun texnika va texnologiya soz bo'lishi kk. Uning uchun katta pul kk. DTM dagi xodimlarni bilaman. Kechasi bn tinmay ishlashadi ularga moddiy yordam va qog'ozlar uchun nazorat qilish, yangi texnologiyalar. Bularni hammasi juda katta pul turadi. Oldingi xolatda faqat 1-avgust bo'lgan da mayli edi? Albatta postimni o'qiysiz degan umiddaman.
Show next 100 comments