Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Bitta o'ringa 500 bazida 1000 lab Abiturientlar o'qishga topshiradi, tabiiyki 499 va 999 ta bola kelsi testgacha kutadi. O'sha to'planadigan pullar evaziga qabul kvotalarini oshirib, oqitish sifatiga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish taklifini beraman: ya'ni to'lov bo'lgani ma'qul!
Yaxshi fikr xushnudbek ko'rib chiqaman😜
Litsenziyasi ko'rsatilmagan ekan.
Sport
Qoshilaman
Haa rahmat.
Tog`risiyamdaa
Assalomu aleykum Xushnudbek yuqoridagi fikringizga men qòshilaman.
Bunday narsalar davlat budjetidan qilinishi kk
Uzi nima uchun abuterint davlatga pul toʻlashi kerak shu savol meni qiynaydi. Uzi qiynalib uqisa bir joyga ishlap pul topmasa yana nimasidan davlatga tulov qilishi kerak.
Barchinoy Xalilova
"Abiturent " so'zini tub manosi abiturent bb bildim ya'ni "yerga urilgan" "kamsitilgan""odamlar safidan chiqarilgan" desa ham bo'ladi so'znimanosi esa "robot","askar" dgani cunki hozir online darslarimiz 05:00 da boshlanadi shu bilan kuni bilan dars dars dars robotday dars qilamiz iftorlikda 1soat bo'shmiz undan keyin 00:00gacha dars saharlikka 02:30 da turamiz keyin yana dars
Davlatga foydamiz tegmayapti degan sal kallani ishlating davlatga biz soliq tòlayapmiz,davlat byudjetidagi jamiki pul xalqniki
❤️❤️❤️❤️❤️
Shaxsan man bu fikrga qarshiman pulli boʻlsin davlatimiz byujetiga yordam boʻladi. Toʻgʻri hammani ham sharoiti koʻtarmaydi lekin byujetga ham bizning ozgina boʻlsa ham foydamiz tegsa yaxwi boʻlardi
Биз бюджетга ёрдам берамиз лекин у бюджетини еб ётганлар бор экан ҳаммма ёрдамиз бир пул,давлат ҳалқга қийин кунда ёрдам бермаса қачон беради.
Вазиятга фақат давлат ходими бўлип қарамачлик КЕРАК
Qo'shilaman fikringizga ammo tavakkalchi abituriyentlar yana ko'payib ketadi. Avvallari hujjat topshirish bepul bo'lgan paytlarda ko'chadan o'ta turib tavakkal hujjat topshirar edi. Hozirda shu pulni tavvakkalchilar nazarimda tavakkaliga sarflashni xoxlashmaydi bu tarafini ham o'ylab ko'rish kerak
Равшан_ _Актамов
Behzod Botirovich
Abdulatif Safarov
agar ajratilsa 100% davlat budjetidan ketadi. davlatimiz juda og'ir paytda qiynab qo'ymaymizmi. har birimizdan 100 ming qanchayu davlatdan butun xarajat qanchaga tushadi.
To‘g‘ri gapiz hozirgi damda davlat boshiga katta tashvish tushgan prezidentimizning tashabbusi bilan juda katta ishlar bo‘lyapti. Hammasi xalq uchun. Lekin shu pullarning barchasi budjetga tushgani bilan ayrim uddaburonlar foydalanib qoladi shu puldanam. Masalan sizni maoshiz turmush tarziz a'lodir mendayam yetarli lekin qancha inson (bilimlilar) oilam qiynalmasin deb chetga ketadi mardikorlik qiladi. Qorni to‘qning och bilani ishi bo‘lmay qolyapti ohirgi vaqtlarda
.albatta lekin umuman tõlov olmaslikmas summani sal kamaytirish kerak deb õylayman.Chunki bu davlatimizga ham ôzimizga ham qulayliklarni tuģdiradi
Gòzal & Odina
Yahwi bolardi. Qiynalgan oylalar qanca owalar kimdan qarz oladi. Hozi kimda pul bor qarz bergani.
Show next 100 comments