Таклиф: жорий йилда абитуриентлардан тўлов олмаслик керак

Пандемия шароитида жуда кўп соҳаларда молиявий енгилликлар берилмоқда. Сабаби оддий - халқнинг даромадлари кескин камайди, айримларники бутунлай йўқолди, десак ҳам бўлади. Бунақа вазиятда давлат турли молиявий кўмак дастурларини амалга оширмоқда.

Хабарингиз бор, ўтган йилидан бошлаб аввалги йилларда тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун ярим "минималка" миқдорида (101 минг сўм) тўлов ундириш йўлга қўйилган эди. Ўтган йили ушбу тизим орқали абитуриентлардан 70 млрд сўмдан кўпроқ маблағ тушгани хабар қилинган эди.

Жорий йилда бу тўлов 111,5 минг сўм бўлади. Тахминан 700 минг атрофида "эски абитуриентлар" ҳужжат топшириши кутилмоқда.

Бироқ аҳолининг иқтисодий ҳолатини эътиборга олиб, жорий йилда тест синовлари учун ҳеч қайси абитуриентлардан тўлов олмасликни таклиф қиламан.

Худди 2019 йилгача бўлгани каби, тестларда қатнашиш бепул бўлиши керак ва кириш синовлари билан боғлиқ барча харажатлар давлат бюджетидан қопланиши лозим. Йўқса, ҳозирги мураккаб шароитда мана шу 111 минг сўмни ҳам топа олмасдан, кўпчилик ёшлар ўқишга ҳужжат топшириш фикридан қайтиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ушбу таклифни тегишли тартибда кўриб чиқиб, имкон қадар абитуриентлар учун фойдали қарор қабул қилишади, деган умиддаман.


👉 @xushnudbek 👈

922 comments

Show 100 more comments
Sport
Qoshilaman
Haa rahmat.
Tog`risiyamdaa
Assalomu aleykum Xushnudbek yuqoridagi fikringizga men qòshilaman.
Bunday narsalar davlat budjetidan qilinishi kk
Uzi nima uchun abuterint davlatga pul toʻlashi kerak shu savol meni qiynaydi. Uzi qiynalib uqisa bir joyga ishlap pul topmasa yana nimasidan davlatga tulov qilishi kerak.
Barchinoy Xalilova
"Abiturent " so'zini tub manosi abiturent bb bildim ya'ni "yerga urilgan" "kamsitilgan""odamlar safidan chiqarilgan" desa ham bo'ladi so'znimanosi esa "robot","askar" dgani cunki hozir online darslarimiz 05:00 da boshlanadi shu bilan kuni bilan dars dars dars robotday dars qilamiz iftorlikda 1soat bo'shmiz undan keyin 00:00gacha dars saharlikka 02:30 da turamiz keyin yana dars
Davlatga foydamiz tegmayapti degan sal kallani ishlating davlatga biz soliq tòlayapmiz,davlat byudjetidagi jamiki pul xalqniki
❤️❤️❤️❤️❤️
Shaxsan man bu fikrga qarshiman pulli boʻlsin davlatimiz byujetiga yordam boʻladi. Toʻgʻri hammani ham sharoiti koʻtarmaydi lekin byujetga ham bizning ozgina boʻlsa ham foydamiz tegsa yaxwi boʻlardi
Биз бюджетга ёрдам берамиз лекин у бюджетини еб ётганлар бор экан ҳаммма ёрдамиз бир пул,давлат ҳалқга қийин кунда ёрдам бермаса қачон беради.
Вазиятга фақат давлат ходими бўлип қарамачлик КЕРАК
Qo'shilaman fikringizga ammo tavakkalchi abituriyentlar yana ko'payib ketadi. Avvallari hujjat topshirish bepul bo'lgan paytlarda ko'chadan o'ta turib tavakkal hujjat topshirar edi. Hozirda shu pulni tavvakkalchilar nazarimda tavakkaliga sarflashni xoxlashmaydi bu tarafini ham o'ylab ko'rish kerak
Равшан_ _Актамов
Behzod Botirovich
Abdulatif Safarov
agar ajratilsa 100% davlat budjetidan ketadi. davlatimiz juda og'ir paytda qiynab qo'ymaymizmi. har birimizdan 100 ming qanchayu davlatdan butun xarajat qanchaga tushadi.
To‘g‘ri gapiz hozirgi damda davlat boshiga katta tashvish tushgan prezidentimizning tashabbusi bilan juda katta ishlar bo‘lyapti. Hammasi xalq uchun. Lekin shu pullarning barchasi budjetga tushgani bilan ayrim uddaburonlar foydalanib qoladi shu puldanam. Masalan sizni maoshiz turmush tarziz a'lodir mendayam yetarli lekin qancha inson (bilimlilar) oilam qiynalmasin deb chetga ketadi mardikorlik qiladi. Qorni to‘qning och bilani ishi bo‘lmay qolyapti ohirgi vaqtlarda
.albatta lekin umuman tõlov olmaslikmas summani sal kamaytirish kerak deb õylayman.Chunki bu davlatimizga ham ôzimizga ham qulayliklarni tuģdiradi
Gòzal & Odina
Yahwi bolardi. Qiynalgan oylalar qanca owalar kimdan qarz oladi. Hozi kimda pul bor qarz bergani.
ПУлли бўлсин унда фақат ярим эмас чорак пул тўлатсин! Майли ҳаракат қиламиз топширишга
Otabek Nabijonov
Abituriyentlani o'ylabsiz lekin studentlachi? Ulagayam biror yengillik bo'ladimi axir hammada pul muammosi bor, studentlagayam biror yengillik qilishsin
Студентлар насип булса ДИПЛОМни хал киб койишти пашти
Бу йогига йотиб олиб "укиш" эмас ишлаш керак ишлаш. Карантин бусаям онлайн ишла хеч тухтагани йок. Аксинча ривожланди! СТУДЕНТ БУГАНГА ЯРАША АБИТУРИЕНТДАН ФАРК КИЛИШ КЕРАГЕЙЙЙ
...Abdullayeva...
me
Қорни оч билан қорни тўқни иши йўқ дегани шу бўлса керак. Қишлоқда одамлар маблағсиз қолди ,ИНСОФ бўса шуларниям ўйлаб гапиринг агар бўлса!
Insof haqida gapirishdan oldin uylab kuring tekin bulsa uwa tavvakalchilar davlatga insof qilib wunchaki hujjat topwirib abuterintlar sonini oshirib dtmdagilarini ortiqcha ovvora qilmaylik deb uylarmikan🤔
Jasur
Juda ham yaxshi ish bolardi
Bir kunda 30 ming topish uchun 8 soat dalada mehnat qilayotgan oila bekalarini bilaman. Davlat byudjetiga foyda keltirishni istayotgan abiturientlar marhamat qilib o'shalarning farzandlarining o'rniga ham tölab qöyishsin unda.
Davlat byudjetini o'ylayotganlar! Agar siz bu pullarning bari davlat byudjetiga ketadi va bunga isbotim bor deb hisoblasangiz ham , sizdan iltimos, boshqa taraflarini ham o'ylab fikr bildiring! Shu og'ir sharoitda qo'shni davlatlar ham xaqiga og'ir sharoitda ma'lum summada pul tarqatdi. To'g'ri balki juda katta summa emasdir. Lekin o'sha ozgina mablag'ga ham o'ta zarur insonlar ro'yhati bor bo'lgani uchun ham shunday qilindi. Bizda esa yo'q. Mayli, bunga hech kim norozilik bildirmayapti. Juda bag'rikengmiz va oddiy xalqdan ham oldin davlat byudjetini o'ylaymiz ekan. Kommentlardan buni bildik. Lekin mana shu 115ming so'm ham hozirgi sharoitta abiturentni o'zida qolishi kerak deb o'ylayman!
Show next 100 comments