This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ижара азоби

Дўстимиз Феруз Муҳаммад ижара азоблари ҳақида яхши репортаж тайёрлабди. Ўзим қатнашганлигим учун яхши демаяпман. Аксинча, мен асосан ҳуқуқшунос сифатида ўз фикримни айтганман холос.

Лекин машҳур диний уламо Саййид Раҳматуллоҳ Термизий, маҳоратли журналист Нозима Воҳидова, маърифий чиқишлари билан танилган Абдукарим Мирзаев, актёр Аҳрор Қўшматов, "Азон китоблари" нашриёти бош муҳаррири Ҳусан Мақсуд каби юртдошларимиз ижарада туриш қийинчиликлари, ўз бошидан ўтган ибратли воқеалар ва фойдали насиҳатлар билан ўртоқлашган.

Ушбу репортажни ижара берувчиларга ҳам, ижарада турувчиларга ҳам кўришни тавсия этаман.

👉 Тўлиқ видео: https://youtu.be/ZH1W2P_YTCo

224 comments

Show 97 more comments
Alisher Saadullayev doimgidek Jim.Rasul Kusherboyev Va Hushnud aka silardan talabalarni va xalqni umidi
olloh hammamizga sabr toqat bersin, bu qiyinchiliklar balkim bir sinovdir, lekin agar biz demokrtokik davlat qurmoqchi bo'lsak, bu yerda inson yashash un hamma sharoitlarga erisha olishi kerak, fantastik yo'l bilanmas faqat. aytadiku qancha pior qilsang shu trendga chiqadi, keling nenga o'xshagan musofirlar, bir trendga chiqarsakda, Prezidentgacha yetib borsa, huddi oshni kovlagandek oyogini osmondan keltirsak, nima deysizla......
Salom. Tushlik vaqti vedioni ko‘rib qoldim. Ayni haqiqat. Haqiqatan ijara yashash qiyin. Juda qiyin. Bu ba‘zi oilalarning buzilishigacha olub kelgan hollari bo‘lgan. Kim tasavvur qila oladi. O‘rtacha besh milion ish haqi oladigan kishi necha yilda o‘z uyiga ega bo‘lishi mumkin. Hech qachon. Mayli. Shuni 10 milion qilib ham hisoblab ko‘raylikchi....
@@@@@@@@
Talaba bo'lib kvartirada turish hech qanday azob emas menimcha ota onasi ta'minotchi ularga, oila bilan ijarada turish ham moddiy ham ruhiy azob videoda shu haqida gap ketayapti
Ota ona 12 mln kontraktga to'lasinmi yoki 50$(oyiga) kvartiraga, stipendiya hatto kvartiraga ham yetmidi. Hammayoq chet el standartlariga moslanmoqda faqat oylik (stipendiya) lar emas😥
Alloh hammamizni yaxshilik bilan siylasin
Oylik bir yarim million so'm. Ijara ham xuddi shu narx. Oylik zagruska bo'lgandan ijarachiga clik qilamiz😁😁😁
Juda ajoib gaplar bólibti. Ofarin.
Prezdentimiz viloyatlar bilan ham qiziqsinlar. Ayniqsa Navoiy viloyati Zarafshon shahrida. Juda ko'pchilok kelyapdi. Lekin uy-joy yetishmaydi. Ijara narxlari osmonda. Kreditga uy olamiz desak ijaradan orttirolmaymiz
Juda dolzarb mavzu ko'tarilibdi, biz ham talabalik paytimiz ijarama ijara yurardik, ayniqsa o'quv yilini boshida kvartira topish juda qiyin bo'lardi, ko'chimizni olib ko'p sarson bo'lardik, video ko'rib talabalik davrim esimga tushib ketdi, juda qiyin davrlar edi, hamma ijarada turgan talabalarning yuragi ezilgandir bu videoni ko'rib, barcha talabalarga yotoqxona qilib berilsa edi bunaqa sarsongarchiliklar bo'lmasdi, talabalar ham hotirjam o'qishardi, moliyaviy tarafni o'ylamasdan, uy egasining qosh qovog'iga qaramasdan... Bu mavzuda gapirsa gap ko'p, talabalarning eng og'riqli nuqtasi...
Ha...bir ustozim aytganidek, Toshket ko'z yoshlarni kechirmaydi...
Sanjay juda to'gri gapirgan uy egalari ijarachiga tupurgan
Hatto karantin, ish yo'q. Uyda hammamiz. Shunda ham ijarachi insof qilmadi. E olloh yo'lida yarmini kech hammasidan kechmasang ham
Ijara eng qiyin vaziyat olloh ularga sabr bersin
Бу масала жуда долзарб.
Жисмоний шахс мулкини ижарага берса, солик идорасида шартнома тузилиб, руйхатдан утилади.
Шартнома аввалги шартномалардан фарки йук, купрок ижарага берадиган томонни манфаати инобатга олинган.
Яна бир масала тадбиркорлар ижара шартномаси тузиб, шартномада курсатилган маблагни утказади ва яна кушимча пул беришади.
Демак, 1.5 минг доллар огзаки ижара хаки келишилса, шартномага асосан 2-3 млн тулайди колган кисми доллар хисобида тулайди.
Доллар хисобида туланган пул хеч кандай хужжатда акс этмайди.
Бу кушимча туланган пулни биз нима деб атасак булади, пора дебми, еки билмадим.
Энг кизиги бу туловлар келишилади икки томондан.
Агар ижарага олувчи рози булса, ижарага жой олади, шу сабабдан бу нарсалар деярли хеч кандай органга мурожжат булмайди.
Тадбиркор кушимча доллар хисобида тулаган ижара хакини энди узининг бухгалтериясида хам акс эттирмайди, демак солик кам тулашга олиб келади.
Давлат солик кумитаси кандай килиб яшил йулакка киритишади, бу масалани хал килмасдан.
Яна бир масала:
Узбек тили, Она тилим, Миллат тили
Ахир Давлат тилику, сохталикдан воз кечайлик.
Salom. Ha, gapingiz to‘g‘ri. Men misol tariqasida keltirgandim xolos. Chunki men ham qariyb 10 yil ijara yashadim. Ko‘z yumib ochguncha ijara haqqini to‘lash vaqti keladi. Daromadingizni aasosiy qismi ijaraga ketganidan keyin qolgan qismini ruzg‘orga amallab etkazish ham bir san‘at desa xato bo‘lmasa kerak. Ijara yashashning eng yomoni boshqa uy topish va ko‘chish
Qanchadan narsalar esimga tushib ketdi😭😭😭asablar tamom Bolishiga sal qolgandi .Ertalab uyg'onib qo'limni ishlatolmay qolardim.Doxtirlar hammasi asabdan degandi Alhamdullilah hozir uyimdaman yaxshi niyat qilib Allohdan soraylar albatta beradi .Hammaga uyli bolishi chin Dildan tilayman.
Anvar Xudaykulov
Exx talabalik yillarim, ijarada turish, uy egasini qovog'iga qarash nimaligini, barcha viloyatliklaruu, tumanda yashovchilar judaaa yaxshi bilishadii, menimcha.
Ziyodullayeva O‘g‘iloy
Yangi kelinlik davrim esimga tushib ketdi.Hatto non olishga pulimiz ham yoq edi. O'shanda ollox bizni juda sinagan ekan.. Ham xomilador edim erimga yegim keladigan narsalarni ham ayta olmas edim. Sababi puli yoq edi. Topgani kvartir puli bilan yeb ichishimizdan ortmas edi. Alhamdullilah... hozir hammasi yaxshi...Qizim tugilib hammasi yaxshi bolib ketdi... Kvartirada turadiganlarga faqat sabr tilaymannnnn....Kutish kk oldinda u kutgandanda yaxshi kunlar kelishigaaa...
Show next 100 comments