❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
#abituriyent
Гарчи бугундан ДТМ сайтида онлайн рўйхатга ўтиш очилган бўлса ҳам, лекин ҳали бу чала, чунки муҳим маълумотлар аниқ эмас. Бу охирги 2 йилги сценарийни ёдимга солмоқда.
☝️Сизларга дўстона маслаҳатим шуки, 3-4 кун давомида сабр қилиб ҳужжат топширмай туринг.
Бугун ҳужжат топширганларда эртага муаммо чиқиш эҳтимоли йўқ эмас. Бундан ташқари қабул параметрлари, йўналишлар рўйхати, тиллар кесимидаги квоталар ҳам ҳали тасдиқлангани йўқ.
«Шунчаки синаш учун топшириб кўряпман, кейин таҳрирлаб оламан» дейдиганларга ҳам унча маслаҳат бермайман. Ҳали кўп нарса маълум бўлмаган пайтда таваккал қилиш эртага тестга кириш пайтида муаммо чиқариши мумкин. Хуллас, сабаблари кўп.
Бу шунчаки дўстона маслаҳатим. Истанг бунга амал қилинг, истанг йўқ. Барчага омад тилайман!
👉 @xushnudbek 👈
19 iyun 2021.
Ha qatnasha oladi. Buning uchun siz o'rta ta'lim (maktab, kollej yoki litsey)ni tamomlagan diplomingizni pdf shaklida abitur.dtm.uz saytiga yuklagan holatda abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tishingiz va imtihonlarda qatnashishingiz mumkin.
Shu bilan bir vaqtda o'qiyotgan oliygohingizdan transkript (yoki reying daftarchasi)ni pdf shaklida transfer.edu.uz saytiga yuklab o'qishni ko'chirish uchun ham ariza topshirishigiz va imtihonlarda ishtirok etishingiz mumkin.Sizda bir vaqtning o'zida ikkita imkoniyat mavjud va buni hammaga e'lon qilishingiz shart emas. Katta ehtimol bilan imtihonlaringiz bir kunga va bir vaqtga to'g'ri kelib qolmaydi, bundan xavotirlanmang.
AGARDA:
👉 Abituriyent sifatida talaba bo'lsangiz - o'z xoxshingizga binoan o'qiyotgan oliygohingizdan akademik ta'til olasiz (yoki talabalar safidan chetlatilasiz) va o'rta ma'lumot hujjatlaringizni olib ketasiz. Bu hujjatlarni o'qishga kirgan oliygohingizga taqdim etasiz. Ularga bu haqida aytishingiz shart emas, kerakli hujjatlarni taqdim etsangiz kifoya.
👉 O'qishni ko'chirish uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tsangiz - abituriyent sifatida imihonlarda qatnashganingizni shunchaki unutasiz va hech narsa bo'lmagandek 2-kursdan o'qishingiz ko'chirgan oliygohda tahsilni davom ettirasiz.
👉 Bir vaqtning o'zida ikkila imtihondan ham muvaffaqqiyatli o'tib qolsangiz - ikkisidan birini tanlashingizga to'g'ri keladi, aks holda vaqti kelib ikkalasidan ham quruq qolishingiz mumkin. Ikkala OTM ham o'rta ma'lumot diplomingizning asl nusxasini talab qiladi. Siz esa bir vaqtning o'zida bir hujjatni ikki joyga taqdim etolmaysiz. Nimadir yo'lini qilsangiz ham keyinchalik baribir birini tanlashingizga to'g'ri keladi.
☝️Agarda siz O'zbekistonda turib o'qishingizni ko'chirmoqchi va abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lsangiz unda aniq ikkisidan ham quruq qolasiz. Sababi sizning pasport ma'lumotlaringiz bazadan talaba sifatida chiqib kelaveradi. Agarda ma'lumotlaringiz talabalar bazasida mavjud bo'lmasa imtihonlargacha yetib borasiz, lekin undan keyingi holatda baribir ma'lumotlaringiz chiqib kelaveradi.Shu sababli bir vaqtning o'zida ikki joyga hujjat topshirish xorijiy oliygohlarda o'qiyotgan talabalar uchun foydaliroq hisoblanadi. Yana bir gap bu harakatlaringiz noqonuniy hisoblanmaydi.
Shu ma'lumotlar qanchalik qonuniy Xushnud aka?
VA kerakli hujjatlarni qayerga topwiriw kerak