❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
#abituriyent

Гарчи бугундан ДТМ сайтида онлайн рўйхатга ўтиш очилган бўлса ҳам, лекин ҳали бу чала, чунки муҳим маълумотлар аниқ эмас. Бу охирги 2 йилги сценарийни ёдимга солмоқда.

☝️Сизларга дўстона маслаҳатим шуки, 3-4 кун давомида сабр қилиб ҳужжат топширмай туринг.

Бугун ҳужжат топширганларда эртага муаммо чиқиш эҳтимоли йўқ эмас. Бундан ташқари қабул параметрлари, йўналишлар рўйхати, тиллар кесимидаги квоталар ҳам ҳали тасдиқлангани йўқ.

«Шунчаки синаш учун топшириб кўряпман, кейин таҳрирлаб оламан» дейдиганларга ҳам унча маслаҳат бермайман. Ҳали кўп нарса маълум бўлмаган пайтда таваккал қилиш эртага тестга кириш пайтида муаммо чиқариши мумкин. Хуллас, сабаблари кўп.

Бу шунчаки дўстона маслаҳатим. Истанг бунга амал қилинг, истанг йўқ. Барчага омад тилайман!


👉 @xushnudbek 👈

442 comments

Show 68 more comments
MMMMM🌸💮🌸💮
Рахмат доим тугри маслахат тугри фикрлар чикади
E nima qildiykun shu paytgacha bu dtm tayyor qilib qöymidmikina kvotalariyam tastiqlanmagan hali itni kiyingi oyogiga o'xshab
⚡️Xorijda o'qiyotgan talaba bir vaqtning o'zida ham o'qishni ko'chirish uchun ham abituriyent sifatida imtihonlarda qatnasha oladimi?
19 iyun 2021.
Ha qatnasha oladi. Buning uchun siz o'rta ta'lim (maktab, kollej yoki litsey)ni tamomlagan diplomingizni pdf shaklida abitur.dtm.uz saytiga yuklagan holatda abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tishingiz va imtihonlarda qatnashishingiz mumkin.
Shu bilan bir vaqtda o'qiyotgan oliygohingizdan transkript (yoki reying daftarchasi)ni pdf shaklida transfer.edu.uz saytiga yuklab o'qishni ko'chirish uchun ham ariza topshirishigiz va imtihonlarda ishtirok etishingiz mumkin.Sizda bir vaqtning o'zida ikkita imkoniyat mavjud va buni hammaga e'lon qilishingiz shart emas. Katta ehtimol bilan imtihonlaringiz bir kunga va bir vaqtga to'g'ri kelib qolmaydi, bundan xavotirlanmang.
AGARDA:
👉 Abituriyent sifatida talaba bo'lsangiz - o'z xoxshingizga binoan o'qiyotgan oliygohingizdan akademik ta'til olasiz (yoki talabalar safidan chetlatilasiz) va o'rta ma'lumot hujjatlaringizni olib ketasiz. Bu hujjatlarni o'qishga kirgan oliygohingizga taqdim etasiz. Ularga bu haqida aytishingiz shart emas, kerakli hujjatlarni taqdim etsangiz kifoya.
👉 O'qishni ko'chirish uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tsangiz - abituriyent sifatida imihonlarda qatnashganingizni shunchaki unutasiz va hech narsa bo'lmagandek 2-kursdan o'qishingiz ko'chirgan oliygohda tahsilni davom ettirasiz.
👉 Bir vaqtning o'zida ikkila imtihondan ham muvaffaqqiyatli o'tib qolsangiz - ikkisidan birini tanlashingizga to'g'ri keladi, aks holda vaqti kelib ikkalasidan ham quruq qolishingiz mumkin. Ikkala OTM ham o'rta ma'lumot diplomingizning asl nusxasini talab qiladi. Siz esa bir vaqtning o'zida bir hujjatni ikki joyga taqdim etolmaysiz. Nimadir yo'lini qilsangiz ham keyinchalik baribir birini tanlashingizga to'g'ri keladi.
☝️Agarda siz O'zbekistonda turib o'qishingizni ko'chirmoqchi va abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lsangiz unda aniq ikkisidan ham quruq qolasiz. Sababi sizning pasport ma'lumotlaringiz bazadan talaba sifatida chiqib kelaveradi. Agarda ma'lumotlaringiz talabalar bazasida mavjud bo'lmasa imtihonlargacha yetib borasiz, lekin undan keyingi holatda baribir ma'lumotlaringiz chiqib kelaveradi.Shu sababli bir vaqtning o'zida ikki joyga hujjat topshirish xorijiy oliygohlarda o'qiyotgan talabalar uchun foydaliroq hisoblanadi. Yana bir gap bu harakatlaringiz noqonuniy hisoblanmaydi.


Shu ma'lumotlar qanchalik qonuniy Xushnud aka?
Solomalakum aka nogironligi bo'lsa bujeta kirishka imtiyoz bormikan
Ulugbek
Ассалому алайкум. ОТМ дан академик таътил олиш оилавий шароит туфайли мумкинми масалан ТАТУ Фаргона филиалидан
Assalom alaykum katta rahmat sizga
Ergashova Muxayyo
Hoz pulini tòlab keyinroq ròyxatdan òtsa ham boladimi
Yoʻq boshiga regtratsiya qilasiz yoʻnalish tanlaysiz eng oxirida ish bitganidan keyin serya raqami bor pul toʻlashga usha hisob raqamga toʻgʻov qilasiz faqat u eng oxirida chiqadi
Dilobar
Ha togri
Ergashova Muxayyo
Òtgan yilgi ballarni qanday korsa bòladi
🎓Karomat 🕊
Azamat 💓Alirizo
Solomalakum aka nogironligi bo'lsa bujeta kirishka imtiyoz bormikan
Bor alohida nogironligi bo‘lgan shaxslarga kvotalar beriladi.
Azamat 💓Alirizo
Solomalakum aka nogironligi bo'lsa bujeta kirishka imtiyoz bormikan
Ха брат отган йил 2 фан болганлиги боис 56 баллдан отканлар окишга кириш бахтига еришдилар.Имтиёзга ега йошларга давлат томонидан грант ажратилади.
Maxramov_S_
Rahmat aka shunday malumotlarni ko'proq tashab turing
Sportchilarga Respublika g'oliblariga bu yil ham imtiyoz bomi
VA kerakli hujjatlarni qayerga topwiriw kerak
Xa bujjet manam eshitdim de
Show next 100 comments