Раҳматли Худойберди Тўхтабоев ҳақида гап кетса, шубҳасиз, «Сариқ девни миниб» асарини ёдга оламиз. Бу асар ўзбек адабиётида бестселлер даражасига чиқа олган, мактаб дарслигига ҳам киритилган, бадиий фильм суратга олинган, Ҳошимжон ва Сеҳрли қалпоқча трендга айланган.

Унинг мантиқий давоми бўлган «Сариқ девнинг ўлими» ҳамда «Ширин қовунлар мамлакатида» асарлари ҳам бор.

Лекин Худойберди Тўхтабоев ижодидаги «Беш болали йигитча» асарини, шахсан мен ҳеч иккиланмай, ҳар бир ўзбек ўқиши керак бўлган ТОП-10 асарлар рўйхатига қўшган бўлардим.

Айниқса, қийинчиликлар ва ҳаёт ташвишлари олдида дарров таслим бўладиган ёшлар бу асарни ўқишлари керак. Сабр-қаноат, матонат, ака-ука, опа-сингилларига меҳр-муҳаббат ва ўзаро аҳиллик нималигини болалигидан тушунишлари учун ҳам фарзандларимизга шу китобни ўқитишимиз зарур.

Бу асарни ўқиганда ҳам мириқиб куласиз, ҳам бўғзингизга нимадир тиқилиб йиғлайсиз, якунда Аллоҳга шукроналар айтасиз.

Балки кўпчилик ўқигандир, мабодо ўқимаганлар бўлса, тавсия қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 100 more comments
Сабоатхон
Мен ҳам ёшлигимда шу иккала асарни ӯқиганман. Жуда яхши асарлар сизларга ҳам тавсия қиламан.
Komila
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida gaplaringizga qo‘shilaman.
Bu asarni o‘qiganimdan keyin o‘z jigarlariga dunyolarcha mehr bergan yoshgina yurakda juda katta jasorat borligi menga judayam ta‘sir qilgan. Xudoyberdi To‘xtaboyevni Olloh o‘z rahmatiga olsin.
MIRSANOVA MOXIRA👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓
Joylari jannatdan bo'lsin!
Albatta fikrlaringizga qoʻshilaman Xushnud aka.
Xudoyberdi Toʻxtaboyevni Alloh oʻz rahmatiga olsin 😢
MIRSANOVA MOXIRA👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓
Besh bolali yigitchani men ham o'qiganman juda yaxshi asarlaridan biri.
Niyozova Oygul_df_303guruh
Joylari jannatdn bolsin 🤲🤲🤲
Xurshida
Ilohim, joylari jannatdan boʻlsin.Ularning aziz va buyuk xotirasi doimo biz bilan birga barhayot yashaydi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun..
Joylari jannat, yotgan joylari obod bo'lsin..
Шахноза Саидовна
Joylari jannatdan bolsin ilohim 🤲
Инна лиллахи ва Инна илайхи рожиун
2-м САТТАРОВА МУХАРРАМХОН УИБДУ
"Беш болали йигитча" асарини хар гал кузимда ёш билан укийман.Адибнинг охиротлари обод булсин.
Ha haqiqatan judayam chiroyli asar, bolalarni badiiy adabiyotga kirishi aynan Xudoyberdi To'xtaboyev asarlaridan boshlanadi. Man ham bu insonni asarlarini yoshligimda mazza qilib o'qiganman. Ilohim joylari jannatda bo'lsin
Shaxsan men ham o'qiganman ushbu badiiy kitobni,menga yoqqan👌
Yaxshi inson edilar joylari jannatdan bo'lsin
Ilohim joylari Jannatdan bolsin
Bu asarni har safar oqiganimda yigliman
Men bu asarni ancha yillar avval ko'zimda yosh bilan ta'sirlanib o'qigandim. Oxiratlari obod bo'lsin. Xudoyberdi To'xtaboyev bizning xotiramizda umrbod yashaydilar u kishining ovozlari qulog'imda xuddi hozir gapirgandek tuyulyapti xuddiki o'z bobomizdek yaqin bir insondek doim yonimizda yurgandek edilar. Hozir hech ishongim kelmayapti bu dunyodan o'tganlariga. Xuddiki doim bizga ibratli gaplari va qiziqarli hikoyalari bilan nasihat qilib turadigandek...... Olloh rahmatiga olgan bo'lsin sizni bobojon....
O‘tganmilar??? Oxiratlari obod bo‘lsin .Joylari jannatdan bo‘lsin ilohim.
Kamolova Zilola
Joylari jannatda bo'lsin ilohim oxiratlari obod bo'lsin.
Joylari Jannatdan oxiratlari obod bo'lsin!
Show next 74 comments