Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
11 yil maktabda o‘qib oliy ta'limga kira olmaydi. Kirish uchun yana maktab darsliklardan tayyorlanadi.
Amallab o‘qishga kiradi. Oliy ta'limda yana deyarli ozgina yangilik bo‘lmasa yana boshidan boshlaydi.
Aytmoqchi bo‘lganim
BILIMNI BILIM USTIGA QURAYLIK.
Islohotni asosan maktabdan boshlang. Maktablarda erkak o‘qituvchilar kam.
Chunki oylik kam. Oylikni ko‘taring mazza qilib ta‘lim beraylik😊
Abduqodir aka ta‘lim berish uchun chetdan ha deb yanglik olish kerakmas, o‘zimizning sistemamiz yetarli(Meni fikrim).
Sistema ishlashi kerak.
Adolat bo‘lishi kerak.
(Sinfdan qolish, axloq tuzatish koloniyasi va shu kabilar bizdan yaxshi bilasiz bu ishlamaydigan qolunlarni).
Oliy ta'limga ko‘pchilik yaxshi fikr aytibdi Qo‘shimcha qilib
Stipendiyani ko‘tarish kerak.
Tayanch doktorantlarni yarim puli bo‘lsa.
Talaba yana pul topishim kerak deb o‘qishni aralashtirmaydi.
Turar joy masalasi Yotoqxonasi ko‘paytirish kerak. Hamma talaba siqsin.
2. Domla qanaqa dars o'tyapti, bu dunyo standartiga javob beradimi bu masala ham eng dolzarbdir. (DUNYO STANDARTI - O'ZBEK STANDARTI EMAS!!!)
3. Talabaga sharoit yarating, 100% emas dars qilishga yetsa bo'ldi. Talabaman kvartira 250$, kontrakt 10-14 ming dollar. Men nima qilaman, albatta, ishlayman topdingiz!!! Yotoqxonani ko'paytiring, talabalarni kvartirantlar (hammasiyam emas!!!) mol deb hisoblashadimiey bilmadim. Qisqasi bunga sharoit yaratmadingizmi, Ilon Mask, Nyuton, Bill Gatesga o'xshagan umuman hech kimni kutmang, faqat qo'ylarni kutishingiz mumkin bizdan.
4. Poraxo'rlik. Perevod desa barchamizning hayolimizga "soqqa" kelsa kerak. Aytmasam ham bilasiz...
5. Talabadan darsga kel deb tanbeh berishlar tugatishini so'rardim. Xohlasang kel, xohlamasang yo'q, ammo imtixonda sendan hamma narsani so'rab olamiz. Kutubxonaga kirganlarning bahosi ko'tarilsin, buni aniqlash uchun kerak bo'lsa turniket qo'yilar institutga.
6. Stipendiya. Akalar talabaga 100% sharoit yaratmang, ammo hozirgidek yerga urib "bulg'ab" ham tashlamang. Hech bo'lmasa bahomizga yarasha stipendiya olaylik. 60 ming qo'shishingizni aytmayapman. Anavi institut tomonidan berilishi kerak bo'lgan (beriladi 3 yoki 4 kishiga) stipendiyani gapirmang. O'zlari bilishadi ular kimga berganini biz hech qaysimiz xabardor emasmiz. Qisqasi samarasiz, korrupsiyaga bulg'anish ehtimoli katta bo'lgan usul bu institut tomonidan berilishi.
Yotoqxonalar sig'imi orttirish kerak, ayniqsa toshkent oliygohiga kirgan aksariyat talaba yotoqxonasiga pul topish uchun sarson bo'ladi.
Kompyuter savodxonligi oshirish, o'zi sohasini IT'ga ulab pul topishni real o'rganish kerak.
- Ya'ni zo'r Psixolog bo'lsa oddiy ijtimoiy tarmoqlarda savol-javob qilib ham yaxshi daromad olish mumkin.